Ii bob. Mashina detallari yuzalariga ishlov berish sifati


-rasm. Yuzalarning turlari


Download 369.57 Kb.
bet2/6
Sana01.04.2023
Hajmi369.57 Kb.
#1317304
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ишлов бериш сифати

1.1-rasm. Yuzalarning turlari.

a) b)
1.2-rasm. Tigli kesuvchi asbob bilan ishlov berishda yuzada notekisliklarning paydo bo’lish sxemasi:
a)-yuzada muntazam ko‘ndalang kesimni hosil bo‘lishi;
b)-yuzadan qirindi ajralishda plastik deformatsiya profiling buzilishi. 1,2- mos ravishda yuzada muntazam ko‘ndalang kesimni hosil bo‘lishi va plastik deformatsiya profiling buzilishi; 3-keskich; S-notekisliklar qadami – surish (uzatish) qiymati.
Gadir-budirlik deb, bazaviy uzunlikda nisbatan qadami uncha katta bo‘lmagan mikroizlar majmuiga aytiladi.
Tolqinsimonlik deb, g‘adir-budirlikni o‘lchash uchun qabul qilingan bazaviy uzunlikdan qadami sezilarli katta bo‘lgan, davriy ravishda navbatma-navbat keluvchi notekisliklarga aytiladi.

1.3-rasm. G‘adir–budirlik parametrlari.
G‘adir–budirlik uch parametr Ra, Rz va Rmax, ikkita qadam parametri S, Sm va tp mikroprofil nisbiy tayanch uzunligi bo‘yicha baholanadi. Ra-profilni o‘rtacha arifmetik og‘ishi deb ataladi. (1.3-rasm).
yoki taxminan (2.52)
Rz parametr – o‘nta nuqta bo‘yicha notekisliklar balandligi – bazaviy uzunlik oralig‘ida, profil bo‘rtiqlarining beshta eng katta balandliklari va botiqlarining beshta eng katta chuqurliklari o‘rtacha absolyut qiymatlarini yig‘indisini bildiradi;
(2.53)
G‘adir–budirliklarni balandlik parametrlarining (Ra, Rz va Rmax)
korrelyatsion bog‘liqligi mavjud.
Yassi balandlik va pardozlov – mustahkamlovchi ishlov berish uchun o’rtacha Rmax = 5,0∙Ra , Rz = 4,0∙Ra;
yo‘nish, randalash, frezalash uchun Rmax = 6,0∙ Ra, Rz = 5,0 ∙Ra;
qolgan ishlov berish usullari uchun Rmax = 7,0 ∙Ra, Rz = 5,5∙Ra.
G‘adir–budirlikni baholash uchun oltita parametr kiritilishining asosiy mazmuni shundan iboratki, ular yordamida detallarni xizmat vazifalariga va foydalanish sharoitiga bog‘lab, g‘alir-budirlikni reglamentlashtirish mumkin.


Download 369.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling