Ii bob. Mavzuni ishlanganlik darajasi


Download 179.58 Kb.
bet1/8
Sana30.04.2023
Hajmi179.58 Kb.
#1414528
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nafisa 212


MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………….……....3
I BOB. SAVOD O‘RGATISH DAVRI YOZUV DARSLARIDA O‘TKAZILADIGAN DIKTANTLAR.
1.1 Savod o‘rgatish davri…………………….…......…………………...5
1.2 Yozuv darslarida diktant turlari……………………………......………...18
II BOB.MAVZUNI ISHLANGANLIK DARAJASI.
2.1 Kontrol diktant kontrol yoki tekshiruv daktanti…………………...24
2.2 O‘qish va yozuv darslarining o‘ziga xos xususiyatlari……….…....29
XULOSA…………………………………………………………………………31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………….……….32


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar:
a) talaffuzi va yozilishida farq qilmaydigan so‘zlarda tovush bilan harfning mosligini;
b) so‘zlarni alohida yozishni, ya’ni yozuv vositasida so‘z ma’no birligi sifatida ajratishni;
v) so‘zning satrga sig‘may qolgan qismini keyingi qatorga bo‘g‘inlab ko‘chirib yozishni, bunda bo‘g‘in hosil qilgan bir unli harfni qatorga ko‘chirib yozib bo‘lmasligi;
g) gap boshida, shuningdek, kishilar ismida, hayvonlarga qo‘yilgan nomlarda bosh harfning ishlatilishini amaliy tarzda o‘rganadilar. Mavzuning ishlanganlik darajasi. Diktant ko‘chirib yozishdan eshituv uquvi orqali qabul qilinishi bilan farq qiladi.
O‘zbek tili orfografiyasi qoidalari faqat fonetik prinsip asosidagina emas, balki juda ko‘p so‘zlar morfologik prinsip asosida ham yozilishi sababli faqat diktant orqali o‘quvchilarni savodxon qilish mumkin emas. Uslubchilar o‘zlarining dikkat e’tiborlarini diktantni orfografik mashqlarning foydali turiga aylantirishga qaratib, uning juda ko‘p turlarini ishlab berdilar.
Tadqiqotning obyekti. Diktant O‘quvchilarni yozma nutqini o‘stirishda katta ahamiyatga ega, diktant uchun matn tanlash muhim masaladir. Dastlab kichik matnlar tanlanadi. U sintaktik va leksik jihatdan sodda va tushunarli bo‘lishi zarur. Diktant uchun tanlanadigan matnlar mazmun jihatidan asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Birinchi sinfda diktant yozishda mo‘ljallangan matn to‘rt - besh gapli bo‘ladi. O‘qituvchi matnni bir marta sekin va ifodali o‘qiydi. Har bir so‘zni diktovka qilib yozdiradi. Har bir gap tugagandan so‘ng takrorlab o‘qiydi. O‘quvchilarga yangi gap bosh harflar bilan boshlanishini va oxirida nuqta qo‘yilishini ham o‘rgatiladi.Tadqiqotning predmeti. Kontrol diktant mustaqil diktant
deb ham nomlanadi. Chunki o‘quvchi qandaydir vazifani mustaqil bajarishda o‘z kuchini sinaydi, o‘zi bilgan qoidani o‘qituvchi diktovka qilgan matnga tadbik qiladi. Kontrol diktant o‘qituvchiga u yoki bu qoidaga oid mavzuni o‘quvchilar qay darajada o‘zlashtirganligi xaqida ma’lumot beradi va keyingi mashg‘ulotlarni to‘g‘ri rejalashtirishga imkon beradi. O‘qituvchi butun sinf ayrim o‘quvchilar nimani o‘zlashtirmagani nimani takrorlash kimga qanday yordam berish qanday mashqlar ishlatish kerakligini aniqlab oladi.


Download 179.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling