Ii-bob. Menejment nazariyasi takomillashishi


Islom Karimov – yangi boshqaruv tizimining asoschisi


Download 64.56 Kb.
bet6/8
Sana24.12.2022
Hajmi64.56 Kb.
#1058420
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
99menejmet nazariyasi (2)

2.2. Islom Karimov – yangi boshqaruv tizimining asoschisi.
O‘zbekiston Demokratik huquqiy davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidan dadil qadamlar bosib bormoqda. Shu maqsadlar sari mamlakatimizda adolat mezonlarini qaror toptirish va buning uchun qonun ustuvorligini ta’minlash talabi aniq va ravshan belgilab olingan.
O‘zbekiston demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidan borar ekan, bunda inson ma’naviyati beqiyosdir, chunki ma’naviyat – insonning ulg’ayish va kuch – qudrat manbaidir.
Ana shunday fazilatlarga ega bo‘lgan insonlar jamiyatidagina adolat, qonun ustuvor bo‘ladi. Bugungi kunda mazkur yo‘nalishda respublikada maqsadli bosqichma-bosqich islohotlar olib borilmaqda.
O‘z navbatida fuqarolarni turmush tarzida adolat mezonlari o‘z aksini topib borishi uchun
ularni manfaatlari davlatning faoliyatida adekvat ravishda o‘z aksini topishini va doimo mustahkam qo‘riqlanib borilishini taqozo etadi. Aynan shu maqsadlarga mos holda O‘zbekistonda islohotlarni muhim yo‘nalishlari etib hokimiyatni bo‘linish tamoyilini amalga oshirishni ta’minlash, jamiyatni siyosiy tizimida parlamentni rivojlantirish, sud hokimiyati rolini oshirish kabi masalalar belgilab olingan.
Prezidentimiz shu uchta yo‘nalishdagi islohotlar yuzasidan quyidagi fikrni bildiradi: “mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining asosiy tamoyillari aniq ifodalab berildi, davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘linishi eng muhim tamoyil sifatida belgilandi”, “Davlat va jamiyat qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar natijasida mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatali parlamentga aylantirildi”, “sudlarni jazolovchi va faqat davlat manfaatlarini himoya qiluvchi organdan qonun ustuvorligini va inson huquqlari himoyasini ta’minlovchi organga aylantirishga qaratilgan yaxlit sud hokimiyati tizimini shakllantirish vazifasi qo‘yildi va muvaffaqiyatli hal etildi”.
Huquqiy demokratik davlat qurish xalqimizning asosiy strategik maqsadlaridandir. Unga olib boradigan ustuvor tamoyillaridan biri esa – hokimiyatning konstitusiyaviy asosda bo‘linishi tamoyili hisoblanadi. Dunyodagi barcha taraqqiy etgan demokratik mamlakatlarda davlat hokimiyati ana shu tamoyil asosida tashkil etiladi va faoliyat yuritadi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Yurtimizda umumxalq referendumi o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra, ikki palatali parlamentni shakllantirish asosi yaratildi. 2002 yilning 27 yanvarida o‘tkazilgan ana shu referendum natijalariga mos holda 2003 yil 24 aprelda O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy qonuni qabul qilindi. Unga binoan Konstitusiyaga tegishli tuzatish va qo‘shimchalar kiritildi. Parlament vakolatlarining kengaytirilishi, hukumat vakolatlari va mas’uliyati, hokimiyat turli tarmoqlarining bir-birini nazorat qilish mexanizmining kuchaytirilishi shular jumlasidandir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi “Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizasiya va isloh etishdir” nomli ma’ruzasida mamlakat ijtimoiy – iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari, jumladan, hokimiyat bo‘linishiga ham jiddiy e’tibor qaratildi. Ma’ruzada “... boshqaruv sohasidagi eng muhim vazifa bu – qonunchilik hokimiyati bo‘lmish parlamentning roli va ta’sirini kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o‘rtasidagi yanada mutanosib va barqaror muvozanatga erishishdan iborat” ekani qayd etildi.
Bunda, Prezidentimiz ba’zi vakolatlarini parlamentning yuqori palatasi – Senatga va hukumatga o‘tkazish, professional, doimiy asosda ishlaydigan quyi – Qonunchilik palatasini shakllantirish, uning vakolat va huquqlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan. Hozirning o‘zidayoq bu boradagi sa’y – harakatlarning amaliy samarasi ko‘rinib turibdi. Shu paytgacha Prezident Bosh vazirni tayinlab, tasdiq uchun uning nomzodini Oliy Majlisga kiritgan bo‘lsa, endi u faqat Bosh vazir lavozimiga nomzodni muhokama qilish va tasdiqlash uchun Oliy Majlis palatalariga kiritadi. Shu tariqa Bosh vazir lavozimiga tasdiqlash Parlament vakolati bo‘lib qoldi.
Hukumatni boshqarish Bosh vazirga yuklanishi, Prezidentning Vazirlar Mahkamasi raisi lavozimidan holi bo‘lishi, hukumat a’zolarini lavozimga tayinlash uchun taqdim qilish vakolati Bosh vazirga berilishi hukumat faoliyatining kengayishiga hamda ma’suliyatining oshishiga olib keladi. Bu davlat organlari faoliyatini qonuniy asosda chegaralash, ularning vakolatlarini aniqlashtirishga xizmat qiladi.
Doimiy asosda ishlaydigan quyi – Qonunchilik palatasi ko‘ppartiyaviylik, muqobillik asosida shakllantirilishi demokratiyaning yorqin ifodasi bo‘ldi.
Qonunchilik palatasi deputatlarining ma’lum qismi avvalgi parlamentda faoliyat yuritgan xalq vakillaridir. Parlament maktabini o‘tagani sababli ularning bilimi, to‘plagan tajribasi yangi parlament faoliyatiga ijobiy ta’sir etishiga shubha yo‘q.
Professional asosda doimiy ishlaydigan parlament O‘zbekiston tajribasida ilk bor shakllantirilib, hozirgi kunda samarali faoliyat yuritmoqda. Albatta, uning tajribasi ham, ish samaraligi ham borgan sari ortib, yangi-yangi vazifalarni bajarish salohiyati yuksalib boradi. Prezidentimiz tomonidan qonunchilik palatasi vakolat va huquqlarini kengaytirish masalasi ilgari surilayotgani ham bejiz emas.
Bundan tashqari, Prezident tomonidan asosiy vazifalar qatorida sud hokimiyati mustaqilligi va erkinligini mustahkamlashga qaratilgan izchil chora-tadbirlarni shuningdek, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari vakolatlarini aniq belgilash, ular o‘rtasidagi muvozanatning mutanosibligi va barqarorligiga erishish imkonini yaratdi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz boshqaruv tizimida demokratik davlatlar tajribasida sinalgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari o‘rtasida barqaror muvozanat, bir-birining faoliyati ustidan nazorat qilish va o‘zaro chegaralab turishni ta’minlovchi mexanizmlar shakllantirildi. Bu mexanizmlar Konstitusiya va qonunlarimizda mustahkamlangan. Masalan, qonunchilik organi - Oliy Majlis qonunlar qabul qilish orqali barcha davlat hoqimiyati idorali faoliyatini belgilovchi huquqiy asoslarni yaratadi. Prezident, Vazirlar Mahkamasi, sud organlari va barcha idoralar Parlament qabul qilgan qonunlar asosida ish yuritishga majbur.
Shuningdek, Parlament Bosh vazirni lavozimga tayinlash, hukumatni zimmasidagi vakolatidan soqit qilish haqidagi arizasini qabul qilish, Konstitusiyaviy sud, Oliy sud, Oliy Xo‘jalik sudi raislari va sudyalarini saylash bilan ular faoliyatiga ta’sir o‘tkazadi.
Prezident, davlat boshlig’i sifatida, qonunchilik va sud hokimiyati organlari faoliyatiga kuchli ta’sir etadi. Davlat rahbari qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. U Parlament qabul qilgan qonunlarni imzolab, e’lon qiladi. Zarur hollarda, deylik, muayyan qonun loyihasiga nisbatan e’tiroz tug’ilgan taqdirda Prezident uni imzolamasligi va takror muhokama qilish uchun Parlamentga qaytarishi mumkin. Prezidentning sud hokimiyati faoliyatiga ta’sirini Konstitusiyaviy sud, Oliy sud, Oliy Xo‘jalik sudi raislari va sudyalarini lavozimga saylash uchun Senatga taqdim qilish, quyi pog’ona sud raislari va sudyalarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish huquqiga ega ekanida ko‘rish mumkin.
Ijro hokimiyatini amalga oshiruvchi Vazirlar Mahkamasi qonunlar ijrosini ta’minlar ekan, turli vositalar orqali qonunchilik jarayoniga ham ta’sir qiladi. Bunday ta’sirning eng samarali usullaridan biri – Respublika hukumatining qonunchilik tashabbusi huquqiga ega ekanidir. Bu huquqdan foydalanib, Vazirlar Mahkamasi qonunchilik organi faoliyatiga, qonunlar mazmuniga ta’sir qiladi.Hukumatning bu boradagi faoliyati hokimiyat tizimida mutanosiblikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Sud hokimiyatini amalga oshiruvchi sud organlari ham hokimiyat munosabatida mutanosiblikni ta’minlashda ishtirok etadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xujalik sudi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega ekani tufayli qonunchilikka ta’sir etadi. Konstitusiyaviy sud faoliyati alohida o‘rin t utadi. U Konstitusiyaga asosan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari, davlatlararo shartnoma va boshqa majburiyatlarning O‘zbekiston Konstitusiyasiga mosligini aniqlaydi; Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitusiyasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, O‘zbekiston qonunlariga muvofiqligi to‘g’risida xulosalar beradi; O‘zbekiston Konstitusiyasi va qonunlari me’yorlariga majburiy kuchga ega bo‘lgan sharhlar beradi.
O‘zbekistonda ikki palatali parlamentni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish siyosatining mantiqiy davomi va demokratik taraqqiyotining yangi bosqichi sifatida baholash maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekistonda ikki palatali parlamentni tashkil etish zarurati ijtimoiy taraqqiyot talablaridan kelib chiqadi. Mustaqillikning dastlabki yillarida xalqimiz o‘tish davrining qiyinchiliklarini yengish bilan band bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotimizda barqarorlik qaror topib, keng ko‘lamli rivojlanish pallasiga qadam qo‘ymoqdamiz. Demak, endi bizga o‘tish davri uchun emas, balki barqaror rivojlanish davri talablariga javob beradigan mukammal qonunlar yaratilishi zarur.
Bu haqida parlament islohotlarini o‘tkazish tashabbusini ilgari surgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov shunday degan edi: “Ikki palatali parlamentni shakllantirishdan maqsad:
Birinchidan – parlament o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirishi, har tomonlama asosli va puxta qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro muvozanat va cheklovlar tizimini yaratish.
Ikkinchi – Qonunchilik palatasi o‘z faoliyatini doimiy professional tarzda olib borishini nazarda tutgan holda, parlamentning qonun ijodkorligi borasidagi ishining sifatini keskin oshirish.
Uchinchi – Senat, asosan, mahalliy Kengashlar, hududlarning vakillaridan iborat bo‘lishini hamda vakillik vazifasini bajarishini inobatga olib, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish.
To‘rtinchi – aholining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki ko‘lamini yanada kengaytirish.
Aynan shu maqsad yuqori palata – Senatning viloyat, shahar va tuman vakillik organlari deputatlaridan saylanishi zamirida ham mujassam”.
Yurtboshimiz sud-huquq tizimini isloh qilish va yanada liberallashtirish sohasida sudlarning haqiqiy mustaqilligi va erkinligini ta’minlash bilan bog’liq bo‘lgan vazifalarni ikki guruhga ajratib ko‘rsatib berdi:
1) o‘tgan yillar mobaynida amalga oshirilgan ishlar tahlili;
2) hali yechimini kutib turgan jiddiy muammolar.
Sud-huquq islohotlarining asosi 1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida mustahkamlangan qoidalarda o‘z ifodasini topdi. Konstitusiya inson huquqlarining sudlar tomonidan himoya qilinishi, sudlarning ixtisoslashuvi, ya’ni Konstitusiyaviy, Xo‘jalik sudlarining tashkil etilishi tamoyillarini o‘zida mujassam etdi.
Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolmoqda.
Aynan shuning uchun ham biz mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab islohotlarning mazkur yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratganimiz bejiz emas. Ana shunday yondashuv tufayli bu boradagi ishlarning ko‘lami, miqyosi va samaradorligi keyingi o‘n yillikda nihoyatda kengayib, yangi bosqichga ko‘tarilganini ko‘p-ko‘p misollarda ko‘rish mumkin.
Birinchi navbatda sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini ta’minlash, uni sobiq tuzumda bo‘lgani kabi qatag’on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat qiladigan tom ma’nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Hokimiyatlar bo‘linishiga oid konstitusiyaviy prinsipni izchil amalga oshirish maqsadida “Sudlar to‘g’risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi, shuningdek, bu davrda jinoyat-prosessual, fuqarolik-prosessual qonunchiligiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu esa o‘z navbatida sud tizimini ijro etuvchi hokimiyat organlari nazorati va ta’siridan chiqarish imkonini berdi.
Ayni paytda sudyalik lavozimiga nomzodlarni taqdim etish, sudyalarning vakolatini to‘xtatish va muddatidan oldin tugatish, ularga nisbatan intizomiy ish yurituvni qo‘zg’atish vazifalari Adliya vazirligi vakolatidan chiqarilgani ham bu borada muhim qadam bo‘ldi. Bundan tashqari, sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash, xususan, sud tizimi uchun kadrlar masalalari bilan shug’ullanish vazifasi maxsus organ – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasiga yuklatilgandi. Fuqarolarning sud orqali himoyalanish kafolatlari jiddiy tarzda kuchaytirildi, ushbu kafolatdan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishni ta’minlash bo‘yicha katta ko‘lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shuni alohida qayd etish lozimki, jinoiy-huquqiy sohadagi siyosatni takomillashtirishda jinoyat va jinoyat-prosessual qonunchiligini yanada liberallashtirish va insonparvarlik tamoyillariga muvofiqlashtirish eng muhim yo‘nalishga aylandi.
Ushbu sohada amalga oshirilgan chora-tadbirlar, xususan, 2001 yilda “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g’risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning qabul qilinishi ulkan sotsial va ijtimoiy-siyosiy ahamiyat kasb etganini ishonch bilan ta’kidlash lozim.
Mazkur qonunga ko‘ra, jinoyatlarning tasnifi o‘zgartirildi. Buning natijasida og’ir va o‘ta og’ir toifadagi jinoyatlarning qariyb 75 foizi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og’ir bo‘lmagan jinoyatlar toifasiga o‘tkazildi.
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlari bo‘yicha qamoq va ozodlikdan mahrum etish jazolari o‘rniga jarima shaklidagi iqtisodiy sanksiyani qo‘llash imkoniyati ancha kengaytirildi. Jinoiy jazo tizimidan insonparvarlik tamoyillariga mutlaqo zid bo‘lgan mol-mulkni musodara qilish tarzidagi jazo turi chiqarib tashlandi.
Ma’lumki, O‘zbekistonda 2008 yilning yanvaridan boshlab o‘lim jazosi bekor qilindi va uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo turi joriy etildi. O‘zbekistonda esa umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi bo‘lib, faqat ikki turdagi jinoyat, ya’ni javobgarlikni og’irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirish va terrorizm uchun tayinlanadi. Ushbu jazo turi bizning mamlakatimizda xotin-qizlarga, jinoyat sodir etgan paytda 18 yoshga yetmagan shaxslarga va yoshi 60 dan oshgan erkaklarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.
Huquqni qo‘llash va sud amaliyotiga 2001 yildan boshlab yarashuv instituti kiritildi va u samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Yarashuv institutining talabiga ko‘ra, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoiy qilmishni sodir etgan shaxs jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni to‘liq qoplab bergan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
Mazkur institutning samaradorligi hamda o‘zbek xalqining rahmdillik va kechirimlilik kabi ko‘p asrlik an’analariga mosligi uning izchillik bilan kengayib borishiga asos bo‘ldi. Hozirgi kunda 53 ta jinoyat tarkibi bo‘yicha yarashuv institutini qo‘llash imkoniyati nazarda tutilgan.


Download 64.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling