Ii bob. Napoleon bonapartning hokimiyat tepasiga ko'tarilishi va hayotining pasayishi
Download 173.99 Kb.
|
Kurs ishi Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi
- I BOB. NAPOLEON I BONAPARTNING TARJIMAI HOLI VA HOKIMIYAT TEPASIGA KELISHI
- II BOB. NAPOLEON BONAPARTNING HOKIMIYAT TEPASIGA KOTARILISHI VA HAYOTINING PASAYISHI
- Xulosa
- Buyuk fransuz inqilobi (1789-1799)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI “GUMANITAR FANLAR” FAKULTETI “TARIX” KAFEDRASI JAHON TARXI FANIDAN Kurs ishi MAVZU: NAPOLEON BONAPART DAVRIDA FRANSIYA Bajardi: Izzatova Ra’no Ulug‘bekovna Ilmiy rahbar: Doniyev Sardor ixtiyor o’g’li Chirchiq – 2023 MUNDARIJA Kirish...............................................................................................................3-5 I BOB. NAPOLEON I BONAPARTNING TARJIMAI HOLI VA HOKIMIYAT TEPASIGA KELISHI……………………….........………...6-14 1.1. Napoleon Bonapartning hokimiyat tepasiga kelishidan oldin hayotining gullab yashnashi……………………………………………………………..…6-9 1.2. Napoleon Bonapartning o’qish davrlari va inqilob yillaridan avvalgi faoliyatlari…………………………………………………………………....10-13 II BOB. NAPOLEON BONAPARTNING HOKIMIYAT TEPASIGA KO'TARILISHI VA HAYOTINING PASAYISHI ………..………….....14-35 2.1 XVIII asr oxiri-XIX asr boshlarida Fransiyadagi siyosiy hayot va Napoleonning hokimiyat tepasiga kelishi ………………………….…..........15-21 2.2. Napoleon Bonapartning Imperatorligi davrida Fransiya va milliy rahbar sifatidagi faoliyati………………………………………….…………...…….22-35 Xulosa………………………………………………………………………..36-37 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati ……………………………………….37-38 Kirish Mavzuning dolzarbligi: Napoleon Bonapart butun Yevropaga ta'sir ko'rsatgan va Fransiya inqilobiy urushlari paytida Frantsiyani boshqargan qo'mondondir. U urush va to'qnashuvlarning aksariyatida g'alaba qozongan, 1815 yilda yakuniy mag'lubiyatga uchraguniga qadar tezda Yevropa qit'asi ustidan nazoratni qo'lga kiritdi. Tarixdagi eng muhim qo‘mondonlardan biri bo‘lgan Napoleonning urushlari butun dunyo harbiy maktablarida o‘qitiladi va u Yevropa tarixidagi eng mashhur va bahsli siyosiy arboblardan biridir. Napoleon Bonapart yoshligidayoq toblanib, hayotning ko`p sinovlarini boshdan kechirib, kichik zobitlik darajasidan mamlakat hukmdori, Fransiyaning Birinchi Konsuli va imperatorligiga ko`tarildi. Uning yoshligi Fransiyada o'n yildan ko`proq davom etgan Buyuk fransuz inqilobi (1789-1799) davri bilan uzviy Bu inqilobda minglab fransuz va yevropaliklar halok di, ana shu qurbonliklar evaziga Fransiya va, umuman, Yevropa davlatlarida siyosiy tizimlar butunlay o`zgarib ketdi. Inqilobiy to`ntarishlar tufayli Fransiya o’rta asrlar sharoitidan sanoatlashgan jamiyat sari qadam qo`ydi, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy nuqtayi nazardan tom ma'nodagi markazlashgan davlatga aylandi. Parijda «Ma'rifatparvarlik» deb nom olgan va butun Yevropaga yoyilgan jarayon ham aynan Fransiyada boshlangandi. Napoleon Bonapart hokimiyat tepasiga kelgach, Buyuk fransuz inqilobi g`oyalarini dastlab G’arb mamlakatlariga, keyinchalik dunyoning boshqa hududlariga yoydi. Shu o`rinda: xo`sh, uning tarixiy xizmatlari nimalardan iborat edi, degan savol tug'iladi. Avvalo, u o'n yildan ko`proq davom etgan inqilob bilan bogliq boshboshdoqlikka chek qo`ydi, kuchli ijro hokimiyatiga asoslangan davlat tizimini shakllantirdi. Ikkinchidan, Buyuk fransuz inqilobi tufayli yuzaga kelgan taraqqiyparvar g`oyalarning butun Yevropaga yoyilishiga sababchi bo’ldi. Uchinchidan, Napoleon olib borgan ichki va tashqi siyosat tufayli fransuz xalqida milliy ong yuksaldi, milliy g`oya va milliy anglash tuyg’usi shakllandi. Uning o`z so`zi bilan aytganda, fransuzlar «Buyuk millat»ga aylandi. Download 173.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling