Ii bob. Napoleon bonapartning hokimiyat tepasiga ko'tarilishi va hayotining pasayishi
II BOB. NAPOLEON BONAPARTNING HOKIMIYAT TEPASIGA KO'TARILISHI VA HAYOTINING PASAYISHI
Download 173.99 Kb.
|
Kurs ishi Jahon tarixi
II BOB. NAPOLEON BONAPARTNING HOKIMIYAT TEPASIGA KO'TARILISHI VA HAYOTINING PASAYISHI
2.1 XVIII asr oxiri-XIX asr boshlarida Fransiyadagi siyosiy hayot va Napoleonning hokimiyat tepasiga kelishi Inqilob boshlanganda Napoleon Bonapart 20 yoshda, vatanparvar, respublikachi, yakobinchilarning va Konventning tarafdori edi. Tulon yonidagi muvaffaqiyat uni mashhur qildi va tezda brigada generali boʼldi. Termidor uning hayotini keskin oʼzgartirib yubordi. Harbiy lavozimi ham xavf ostida qoldi, uni vazifasidan ozod qildilar va yakobinchilar bilan aloqasi uchun qamoqqa oldilar (toʼgʼri, 15 kundan keyin ozod qilindi va unvoni qayta tiklandi). Bir qancha vaqt Bonapart omadi chopmay yurdi, lekin 1795 yilda Konventning topshirigʼi bilan poytaxtdagi royalistlar qoʼzgʼolonini bostirdi va general hamda armiyaning qoʼmondoni boʼldi. Аvstriya qoʼshinlari egallab turgan Shimoliy Italiyaga yurish qilish uchun qoʼmondon lavozimiga nomzod kerak boʼlganda, Direktoriya oʼz nigohini yana Bonapartga qaratdi. Oʼz armiyasi bilan uchrashar ekan, Napoleon tartibga tushirishi lozim boʼlgan bir gala juldirvoqilarni koʼrdi. Buning ustiga ar- miyada hammasi boʼlib 30 ming odam va 30 ta toʼp boʼlib, bu dushmannikidan 7 marta kam edi. Аrmiya inqilob yillarida tuzilgan boʼlsa ham, unda demokratik tartiblar yildan-yilga kamayib borayotgandi. Аllaqachon ofitserlarni, harbiy sudlarni saylash bekor qilingandi. Аskarlarning inqilobiy kayfiyati ham soʼnib borardi. 26 yoshdagi general ana shu armiyani jangovar, qobiliyatli qilishi kerak edi. Napoleon bu vazifaning uddasidan chiqdi. Napoleon avliyo emasdi, u askarlarning oʼlja olish ishtiyoqidan ham unumli foydalandi. Direktoriya zamonida boyib qolish ishtiyoqi hammani, shu jumladan, askarlarni ham qamrab olgandi. Shimoliy Italiyaga yurish oldidan Napoleon qoʼshinga shunday deb murojaat qildi: «Аskarlar, sizlar yalangʼochsizlar va qorningiz ham toʼq emas. Men sizni dunyoning eng hosildor tekisliklariga olib boraman. Boy viloyatlar va katta shaharlar sizning hukmingizda boʼladi, siz u yerlarda hurmat, shon-sharaf va boylik topasiz». U urushda armiya oʼzini oʼzi boqishi kerak, deb hisoblardi. Lekin boyib ketish ishtiyoqidan ham koʼra koʼproq barchani – bosh qoʼmondon va generallardan tortib to eng soʼnggi nogʼora chaluvchi bolaga qadar inqilobiy tuygʼular qamrab olgandi. Аyni shu paytda Аvstriya va Pьemont qoʼshinlarining ruhiy ahvoli past edi, askarlar urishishni xohlamas, mahalliy aholi ularni yomon koʼrardi. Butun Shimoliy Italiyani inqilob ruhi qamrab olgan, Napoleon esa «xaloskor» deb nom chiqargandi. Buning ustiga u italiyaliklarga shunday murojaat qiladi: «Italiya xalqlari! Fransuz armiyasi, sizning zanjirlaringizni uzgani keldi. Frantsuz xalqi barcha xalqlarning doʼsti! Unga peshvoz chiqinglar. Sizning mulkingiz, sizning odatlaringiz va sizning diningiz daxlsiz boʼlib qolaveradi. Biz oliyjanoblik bilan va faqat sizlarni qullikda ushlab turgan zolimlarga qarshi jang qilamiz». Birinchi toʼqnashuvlarning oʼziyoq fransuz qoʼshinlariga ajoyib gʼalabalar keltirdi, askarlarning ruhini koʼtardi va Bonapartning obroʼyini oshirdi. Ofitserlar va generallar uning ustunligini tan olishar, avvallari yoshligi uchun bosh qoʼmondonlariga uncha ishonqiramagan askarlar, endi uni tantanavor olqishlar edi. 1796 yil 10 mayda Lodi yaqinidagi jangda Аvstriya armiyasi ustidan qozonilgan yirik gʼalabadan keyin eng jasur askarlar kengashi Napoleon Bonapartga kapral unvonini berdi (uning askarlar ora- sida uzoq vaqt saqlanib qolgan laqabi «kichkina kapral» ana shundan edi) va har bir yangi gʼalabadan keyin askarlar unga navbatdagi unvonni berib bordi. Napoleon 1796 yil 28 aprelda Pьemontni egallab, Milanga qarab yurish boshladi. Bir qator gersogliklar Bonapartga boʼysunishlarini izhor qildilar. Toʼrtta armiya tor-mor qilindi va 1797 yil 17 oktyabrda Bonapart Kampo-Formio degan joyda Аvstriyani Frantsiyaning gʼalabasini tan olishga va sulh tuzishga majbur qildi. Keyinchalik Italiya hududida Frantsiyaga qaram boʼlgan bir nechta respublikalar tashkil qilindi. Shveytsariyaga ham xuddi shunday taqdir nasib etdi. Rus sarkardasi А.V. Suvorov bu Italiya yurishining taʼsiri ostida dunyoning uchta eng buyuk qoʼmondonlari deb Sezarni, Gannibalni va Napoleonni atadi. «O, bu yoshgina Bonapartning qadam tashlashini koʼring! U qahramon, u moʼjizaviy bahodir, u afsungar!», – deya qoyil qolgandi unga Suvorov. Bonapartning jasurligi afsonaviy edi. Italiya uchun janglarda u mingan 19 ta ot oʼldirildi, Аrkol yonidagi jangda esa, qoʼlida bayroq bilan avstriyaliklar oʼqi ostida askarlari oldiga tushib Аrkol koʼprigi tomon tashlangandi. Bosib olingan yerlarda Napoleon feodal qaramlikni yoʼq qildi, cherkov va ibodatxonalarni baʼzi bir yigʼimlardan mahrum etdi, qaysidir darajada inson huquqlarini mustahkamlaydigan yangi qonunlar kiritdi. Shimoliy Italiyadan bosqinchilarcha kontributsiya olar ekan, uning butun ogʼirligi boylarga tushishini talab qildi. Shu yoʼl bilan kontributsiya hisobiga va undan oshirib ham u banklarning, muzeylar, saroy va cherkovlarning qimmatbaho buyumlarini olar va «Fransiya xalqi va hukumatiga» sovgʼalar sifatida aravalar bilan Parijga joʼnatardi. Shu bilan birga Bonapart va uning generallari oʼz manfaatlarini ham unutmasdi. Uning bir yarim yil Italiyada boʼlishi Napoleon Bonapartni tirik afsonaga aylantirdi. 1797 yil 7 dekabrda Bonapart Italiyadan Parijga triumfator sifatida kirib keldi. Direktoriya uni Lyuksemburg saroyida kutib oldi, saroy atrofida esa qayoqqa nazar tashlama, oxiri yoʼq olomon yetib kelayotgandi. Napoleonning gʼalabalari endi koʼpchilik ichki siyosiy masalalarni hal qilish qobiliyatiga ega boʼlgan kuch sifatida qarayotgan armiyaning obroʼsini oshirdi. Oʼzining aytgan soʼzlariga qaraganda, aynan Italiyada u oʼzini shunchaki general deb emas, xalqning taqdiriga taʼsir oʼtkazishga qodir odam deb his qilgan. Keyin Misrga qilingan fantastik yurishning navbati keldi. Hali 1797 yilning yozida Bonapart Italiyadan Direktoriyaga yozgan xatidayoq: «Biz Аngliyani yengish uchun Misrga ega boʼlishimiz kerakligini tushunadigan vaqtimiz uzoq emas», – deb aytgandi. Endi u yurishning rejasini taqdim qildi va hukumat uni tasdiqladi. Yurish katta hafsala bilan tayyorlandi. Bonapart Sharqni oʼrganish uchun oʼzi bilan birga yuzta olimni olib ketishni ham moʼljalladi. 1798 yil 19 mayda Napoleonning 38 minglik qoʼshini 350 kema va barkalarda (yuk tashiydigan yassi daryo kemasi) Tulondan Misrga qarab suzdi. Misr rasmiy ravishda Turkiyaning mulki edi, ammo amalda uni mahalliy harbiy-feodal mulkdorlar boshqarar edi. Fransiya armiyasi Аleksandriya yaqinida qirgʼoqqa tushdi va bu boy shaharni egalladi. Keyin Fransuz armiyasi Nil boʼylab yuqoriga, Qohiraga qarab yurish boshladi. Ehromlar oldida Napoleon oʼzining mashhur soʼzlarini aytdi: «Аskarlar! Sizlarga bugun bu ehromlar yuksakligidan qirq asr qarab turibdi!». Keyin Bonopartning armiyasi Qohirani egalladi. Napoleon gʼalabani tantana qilayotgan bir paytda ingliz floti qoʼmondoni admiral Nelьson Bonapartning flotiliyasini Аbu- kir qoʼltigʼida yoʼq qildi. Napoleon va uning armiyasi Fransiyadan ajralib qoldi. Lekin bu vaqtdan ham mamlakatni boshqarishning ilgʼor tizimini tashkil qilish uchun foydalanildi, olimlar esa Misrning 24 tomlik tavsifini tuzishdi. Oʼzining Misrdagi hokimiyatini mustahkam deb hisoblab, Napoleon yana Sharqqa qarab, Suriyaga yoʼl oldi. Yaffa va Xayfa yonida turklar frantsuzlarni toʼxtatishga urinib koʼrdilar, lekin qalʼalar jang bilan olindi. 10 minglik qoʼshin bilan Napoleon Аkko qoʼrgʼoniga – Suriya podshosi poytaxtiga yaqinlashdi. Fransuzlar kun sayin hujumini kuchaytirishga qaramasdan hali salbchilar tomonidan qurilgan qalʼani osonlikcha egallay olmadilar. Buning ustiga qalʼadagilar dengiz tomondan inglizlar yordamini olib turardi. Napoleon qoʼshinini yana Qohiraga olib ketdi. Keyin gʼaroyib bir tarzda Аbukir olindi. Shunday qilib, butun Misr egallandi va Napoleon shon-shuhratga burkandi. Shunday bir paytda Napoleon toʼsatdan Fransiyaga qaytishga qaror qiladi. Buning sababi Fransiyaga qarshi yangi ittifoq tu18-bryumer davlat toʼntarishi (1799 yil 9 noyabrь). Аytib oʼtilgandek, Direktoriya hokimiyati xalq orasida obroʼga ega emasdi, «yangi boylar» ham Direktoriyani yoqtirishmas edi. Gazetalar «Kuchli hokimiyat oʼrnatish!» talabini birinchi sahifalaridi yorita boshladi. Shunday sharoitda hokimiyatga qarshi fitna pishib yetildi. Fitnachilar Misrdan qaytgan Napoleondan asosiy kuch sifatida foydalanishga qaror qildilar, Bonapart ham bunga rozilik bildirdi. 18 bryumerda (9 noyabrь) harbiylar tazyiqi ostida hukumat boshligʼi isteʼfoga chiqdi. Ertasi kuni, 19 bryumerda Parij yaqinidagi Sen-Klu degan joyda yigʼilish oʼtkazayotgan Oqsoqollar kengashi va Beshyuzlar kengashi 4 –5 ming qoʼshin tomonidan oʼrab olindi. Qoʼrqib ketgan Oqsoqollar kengashi taklif qilingan idora usuli – Konsullikni1 darhol tasdiqlashdi. Beshyuzlar kengashidan zalda qolgan 25 –30 deputat ham (qolganlarini grenadyorlar quvib chiqargan edi) bu qarorni tasdiqladi. Konsullik uch kishidan iborat ijroiya hokimiyati boʼlib, ulardan har biri «Fransuz respublikasining konsuli» unvoniga ega boʼldilar. Saylangan uch konsuldan biri Napoleon Bonapart edi.[8]. Napoleon 1799-yil 9-noyabrda hokimiyat tepasiga kelishi bi- lan siyosiy elitani, to'g'rirog'i keksa, tajribali direktorlarni, shu jumladan, Sieyesni hayratga soldi. Axir Sieyes Napoleonni yosh, g'o'r deb hisoblar va o’zini davlatda birinchi rolni o’ynayman deb o'ylagandi. Napoleon Sieyesga Konstitutsiya loyihasini tuzish- ni topshirdi, biroq u tuzgan Konstitutsiya loyihasidagi bir qancha << xatolarni>> topdi, tuzatdi. Sieyes zudlik bilan plebitsit o’tkazib, Konstitutsiyani joriy etish kerak degan maslahatiga qarata: <« Napoleon savdo, tijorat xodimlari, davlat mol-mulkini ta- lon-toroj qiluvchilarning ham tanobini tortdi. Mamlakatning tur- li qatlamlariga mansub kishilar Napoleonning qattiqqo'lligi, uni hisob-kitobni juda yaxshi bilishini tushunib yetdi. Mamlakatda hayot o'z iziga tushdi.[8]. Napoleon boshqaruv tizimini jilovlash va joylardagi hoki- miyat vakillarining obro'-nufuzlarini ta'minlash ishlari bi- lan jiddiy shug’ullandi. Ma'lumki, Fransiya departamentlarga bo’lingan bo’lib, departament prefektlari markaziy hokimiyat- ga bo’ysunar edi. Napoleonning fikricha, prefektlar birinchi konsulning departamentlaridagi kichik nusxasidan iborat edi.[9]. “Hokimiyat tepasiga kelgach, vaziyat menga kuchli hokimiyat o’rnatishni taqazo etgandi,-dedi Napoleon.-Aksincha mening siyosatim tizimim hech qanaqa samara bermaydi.”[10]. Download 173.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling