Ii bob. Napoleon bonapartning hokimiyat tepasiga ko'tarilishi va hayotining pasayishi


Download 173.99 Kb.
bet3/7
Sana05.02.2023
Hajmi173.99 Kb.
#1167560
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Jahon tarixi

Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish, ikkita bob, to’rtta paragraf, xulosa, shuningdek foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
I BOB. NAPOLEON I BONAPARTNING TARJIMAI HOLI VA UNING faoliyati.
1.1. Napolion Bonapartning tarjimai holi va yoshlik davrlari
Napoleon Bonapart 1769-yilning 15-avgustida Korsika orolida dvoryanlar ga mansub bir oilada dunyoga keldi. Bonapartlar oilasida to'ng'ich farzand Jozef dunyoga kelgan 1768-yilda Korsika oroli fransuzlar tomonidan egallangan edi. Napoleon tug'ilgan 1769-yilda orolga fransuz qo’shinlari kiritildi. Aynan Napoleon tug'ilgan 15-avgustda Fransiyaga qarshi qo’zg’olon ko'targan aholi yengilganliklarini tan olish haqida bayonnomaga imzo chekdilar.
Bonapartlar oilasi sakkiz farzand besh o'g'il va uch qiz: Jozef, Napoleon, Lusyen, Eliza, Lui, Polina, Karolina va Jerom dan iborat edi. Napoleon bolaligidan Korsika mustaqilligi uchun kurash ruhida tarbiya topdi. Uning otasi yosh Karlo qo’zg’olonchilarning vatanparvar, afsonaviy yo'lboshchisi general Paskuale Paoli adyutanti bo’lib, barcha korsikaliklar kabi ko'p farzandli bo’lishni orzu qilar edi. Korsikaliklar ko’proq janublik, tog’li aholi sifatida mag'rur xalq bo’lib, har bir haqorat, kamsitish uchun o'sha joyning o’zidayoq o'ch olishar, qo’llariga xanjar olib dushmanning ko’ksiga sanchishardi. O’ch olish avloddan avlodga, O’rta asrlar bo'yi davom etardi. Shu sababli avlodni davom ettirish uchun serfarzand bo’lish lozim edi. Jozefdan oldin tug'ilgan ikki farzand bolaligidayoq olamdan ko'z yumgandi.
Napoleonning otasi Karlo Buonaparte uzun bo’yli, qaddi qomati kelishgan, istarasi issiq yigit bo’lgan. U Italiyaning Rim va Piza shaharlarida ta'lim olib, yurisprudensiyani chuqur o'rgangan. Zamondoshlarining aytishicha, u o'ta aql-zakovatli, jismonan baquvvat, tinib-tinchimas, uzoqni ko'ra oladigan yetuk inson bo’lgan, notiqlikda ham nom qozongan. Yigirma yoshli Karlo Korsika taqdiri to’g’risida gap ketganda, orol qurultoyida so’zlagan mazmunli va ehtirosli nutqida Korsikaning Fransiyaga qo'shilishi g’oyasini yoqlab chiqqan. Keyinchalik ko'pchilik korsikaliklar uning nomzodini orolning Fransiyadagi deputatligiga saylanishini qo'llab-quvvatlashgan[1].
Napoleonning onasi Letitsiya Ramolino Korsikada tengi yo'q sohibjamol ayol bo’lgan. Aqli raso, qat'iyatli, kuchli xoti-raga ega bo’lgan bu ayol oilaga sadoqatli, pul sarflashda o'ta ehtiyotkor, bolajon bo’lgan. 16 yoshida ilk farzandini dunyoga keltirgan Letitsiya 34 yoshida, besh o’g’il va uch qizning onasi bo’lish sharafiga muyassar bo’ldi. Aslida, bu bolalaridan tashqari yana besh farzandi bolaligidayoq hayotdan ko'z yumishgan edi. Napoleon otasidan boy tasavvur va topqirlikni, onasidan mag'rurlik, jasorat va ishda aniqlikni, har ikkalasidan oilaga sadoqatni meros qilib olgan edi.[2].
Yuqorida aytganimizdek, Napoleon tug'ilgan maskan - O’rta yer dengizida joylashgan Korsika oroli. Orol tog’lardan iborat bo’lib, ular o’rmonlar bilan qoplangan. Tog’lar etagidagi vodiylarda dastro'molchalardek tekis yer parchalari mavjud. Bu kichik-kichik yerlarni poliz ekinlaridan tashqari, zaytun va eman daraxtlari egallagan. Korsikaning tabiati go’zal, biroq orol meva-chevalar, sabzavot va don-dunlarga unchalik boy emas. Shu sababli bu yerda hamma narsa hisob-kitobli, odamlari tejamkor. Shunga qaramasdan korsikaliklar fe'li keng, sodda, mehmondo'st xalq. Ular yoshligidan mag'rur, qat'iyatli, hayotdan nolishni yoqtirmaydilar. Korsikaliklar dushmanga nafrat, ishq-u muhabbatda barqarorliklari bilan ajralib turadilar. Tog' etaklarida va janubda istiqomat qilganliklari uchun biroz qiziqqon, ammo adolatsizlik, haqorat va kamsitishlarga chiday olmaydilar, o’sha zahotiyoq ular dushmandan o'ch oladilar. 1769-yil 15-avgustda Letitsiyaning ko'zi yoridi, bolaga Napoleon deb ism qo’yishdi. Bundan bir yilcha oldin Karloning amakilaridan biri Korte yaqini da Korsika istiqloli uchun bo’lgan jang- da mardlarcha halok bo’lgan edi. O'sha amakisini xotirlab, uning nomini yangi tug'ilgan chaqaloqqa qo’yishdi. Fransuzlardan farqli o'laroq, korsikaliklar spartancha hayot kechirar edilar, fransuz zodagonlari kabi ular bolalarni erkalatmas, aksincha, hayot sinovlariga chiniqtirib kun kechirardi. «Men, deb eslagan edi keyinchalik Napoleon o'z bolaligi to’g’risida, bola bo’lganman». Napoleonning bolaligi endi barham topgan paytga to’g’ri keldi. Korsikaliklar hali mustamlakachilikning oqibatlarini hazm qilishga ulgurmagan edilar. Napoleonning otasi Karlo fransuzlarga «qo'shilish partiyasi» tarafdori bo’lsa, bolakay Napoleon Vatan himoyachisi Paskuale Paolining Korsikadan haydab yuborgan fransuzlarga nafrat ko’zi bilan qarardi. Napoleon bolaligidan tinib-tinchimas, jangari, sho'x bola bo’lib o’sdi. «Men atrofimdagi bolakaylarni nazar-pisand qilmas edim. Ular bilan tortishish, mushtlashishni xush ko'rar edim. Birini do'pposlasam, ikkinchisini urib og'iz-burnini qonatar edim. Shu sababli hamma mendan qo'rqardi. Bu do'pposlashlardan ko’proq akam Jozef aziyat chekardi. Men uni ham urar edim, edim. Shunga qaramasdan u ko'proq onamdan va boshqalardan tanbeh eshitar edi, chunki u to o'ziga kelguncha men uning ustidan onamga arz qilib ulgurardim. Mening hiyla-yu nayranglarim menga juda qo'l kelardi. Shunday qilmaganimda onam Letitsiya meni jazolashi turgan gap edi». Bir guruh faylasuflarning mulohazalariga ko’ra, inson o'z fe'l-atvorini ko’proq onasidan meros qilib oladi. Bolaning xarakteri ikki yasharligidan boshlab shakllanadi, to'rt yoki besh yoshga to’lgani da uzil-kesil bu jarayon o'z nihoyasiga yetadi. Nima bo’lganda ham Napoleon shaxsida birinchi galda onasining, keyin otasining eng yaxshi fazilatlari mujassamlashdi. Napoleonning onasi Letitsiya xonimning aql-u zakovati, irodasi, qat'iyatliligi, uning chiroyi sohibjamolligidan kam emas edi. Bu ayol doimo oilasi: turmush o'rtog'i va yosh farzandlari to’g’risida g'amxo'rlik qilar, turmush ach- chiq-chuchuklarini yengib hech qachon umidsizlikka tushmas edi.
Napolionning onasi Letitsiya Plutarxning qahramon ayollariga o’xshab ketar edi. Aynan shu jihatdan, deb takidlaydi Stendal, Letitsiyadagi italyancha fe’l-atvor Napolionga me’ros bo’lib o’tgan edi. Bolalikdan Napoleonga oilada e'tibor katta bo’lgan. O’zbeklarda shunday maqol bor: bo’ladigan bola boshdan ma'lum bo'ladi. Bolakay Napoleon qalbida g'urur, iftixor hissi kuchayib bordi. U har narsada o’zini boshqa tengqurlaridan ustun deb hisoblar edi. Stendal, bizning nazarimizda, boshqa tadqiqotchilar va Napoleonning zamondoshlaridan farqli ravishda, Napoleonning bolaligi haqida muhim bir qimmatli ma'lumotni yozib qoldirgan. Buonapartlar oilasi Korsikada bolakayning ta'lim va tarbiya olishiga jiddiy e'tibor berishgan. Holbuki, Napoleondan bir yosh katta bo’lgan akasi Jozefga bu darajada e'tibor berilmagan.

Download 173.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling