Ii bob. Nomoddiy madaniy merosni tiklash va rivojlantirish


Download 47.02 Kb.
bet5/8
Sana06.04.2023
Hajmi47.02 Kb.
#1331114
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5244686785367251465

Bob bo'yicha xulosa

Insoniyat yaratgan moddiy va ma'naviy madaniyat yaxlit bir butunlikni tashkil etadi. Din, tarix, falsafa, qadriyatlar, urf-odat va marosimlar shu muazzam daraxtning shoxlari, xalq ijodi, dunyoqarashi va flkriy kashfiyotlari esa uning ildizidir.Dunyodagi boshqa xalqlar qatori o‘zbek xalqining ham madaniy qadriyatlari, ma'naviy merosi ming yillar mobaynida Sharqning ma'naviy o‘choqlaridan biri bo‘lib xizmat qilgan. Bundan tashqari, biz yashab turgan hudud g‘oyat xilma-xil diniy e'tiqodlar, dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan mintaqa hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, 0 ‘zbekiston hududi nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biridir. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ta'kidlaganidek, bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlaming asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan.


Nomoddiy madaniy meros bu xalq ijodi zamonaviy san'atining bitmas - tuganmas chashmasi hisoblanadi. Nomoddiy madaniy meros mehnatkash xalq yaratgan omma orasida keng tarqalib, og’izdan-og’izga , ustozdan - shogirdga, avloddan - avlodga o'tib, takomillashib sayqal topib , taraqqiy etgan ijod maxsulidir. Unda xalqning mehnat faoliyati, ijtimoiy va maishiy hayoti, turmush tabiati to'g’risidagi tushunchalari, madaniyati , e'tiqodi, orzu - istaklari va ideallari, xis-tuyg’ulari va tafakkurining boy olami baxtli va adolatli zamon haqidagi o'ylari o'z ifodasini topadi.Nomoddiy madaniy meros durdonalari mehnatkash ommaning qobiliyati vakillari tomonidan ijod etiladi. Og’izdan- og’izga ko'chib boshqalar ham bu asarlami ijro etadilar,uning boyib borishiga o'z xissalarini qo'shadilar.

II bob
NOMODDIY MADANIY MEROSNI TIKLASH VA RIVOJLANTIRISH
2.1 An'ana urf-odat va marosimlar meros sifatida Mustaqillikka erishgan har bir davlatning ma'naviy poydevori mustahkam bo’lgandagina, u baquwat bo’lib, keng ko’lamda rivojlana oladi. Buning uchun 'esa ajdodlar ming yilliklar ichida yaratgan bebaho meros — xalq madaniyati an'analarini yanada jovojlantirish, taraqqiy ettirish va ulardan aql-idrok bilan foydalanish lozim bo’ladi. Biroq ma'naviy merosni chuqur, har tomonlama o’rganmasdan turib, bu bebaho boylikni tiklash, ayniqsa, rivojlantirish aslo mumkin emas.Ayonki, sobiq sho’ro hokimiyati davrida, mamlakatda tezroq yagona sovet xalqini shakllantirish maqsadida milliy xususiyatga ega bo’lgan qadriyatlar, milliy ong, ruhiyat, xalq odatlari, an'anaviy madaniyat kabi hodisalar rasmiy-norasmiy taqiqlandi.
Mustaqillikka erishgan har bir millat, avvalo, o’zligini tiklashga harakat qiladi. Chunki istilochilar, eng avval, o’z mustamlakasidagi xalqning ma'naviy o’zligini yo’q qilishga intiladi. Millatning ma'naviy o’zligini esa milliy ong, ruh, an'analar, til, din, adabiyot, axloq, ilm-fan, ma'rifat kabi ma'naviy qadriyatlar vujudga keltiradi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng eng dastlabki ishlardan biri, bu — tarixiy-ma'naviy qadriyatlami tiklash bo’ldi.
«Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma'naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi»,
Ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash o’z-o'zidan bo’layotgani yo’q, albatta. U, eng avvalo, mustaqillik sharofati bilan vujudga kelgan tarixiy ehtiyojlar asosida ma'naviyat va ma'rifat sohasidagi islohotlar zamirida sodir bo’lmoqda. Ma'naviy sohadagi islohotlar doirasida muhim ishlar amalga oshirila boshladi. Eng muhimi, Respublikamizda «Ma'naviyat va ma'rifat» Kengashi tuzildi va uning markazlariga yuklatilgan vazifalar yurtimizda ma'naviyat masalalarlni yuksaltirishga qaratildi.Ma'naviyatni rivojlantirish — davlatning bosh vazifasi deb qarash sohaning jiddiy taraqqiy etishiga zamin bo’ldi.
O’zbekiston Prezidentining avvaldagi «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risidagi» (1996-y) farmonida «Ma'naviy -ma'rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustuvor yo’nalishi deb hisoblansin», — deb qayd qilindi.«Ayrim katta-kichik rahbarlar... - dcyiladi ushbu farmonda, - ma'naviyatnig asl ma'nosini tushunib yetmaslik tufayli, unga ikkinchi darajali ish sifatida qarashmoqda. Ma'naviy-ma'rifiy ishlarga bo’lgan bunday e'tiborsizlik kelajagi buyuk demokratik, ozod davlat qurishdek ezgu maqsadimiz ro’yobi uchun mutloqo ziddir».Farmondagi bu fikrlar turli darajadagi rahbarlarni xalq ma'naviyatiga jiddiy e’tibor berishga undadi.Milliy mafkuraga bag’ishlangan (6-aprel 2000-yildagi) anjumanda Prezidentimiz rahbar xodimlar, eng avvalo, ma'naviyat, mafkura, madaniyat bilan shug’ullanishi darkor ekanligini ta'kidladi.Barcha darajadagi rahbarlar ma'naviyat bilan bevosita shug'ullana boshlashi keng ko’lamda ma'naviyatni jonlantirishga Imkoniyat yaratmoqda.Ma'lumki, ilgari, jumladan, soblq sho'rolar davrida ma'naviyat bilan uchinchi rahbar (yoki rahbaming uchinchi o'rinbosar) ideologiya ishining bir qismi sifatida shug’ullanar edi
Ko’pgina mustaqilllkka erishgan davlatlarda hozir ham shunday bo’lib qolmoqda. Bizning Respublikasi Prezidenti Farmoni asosida joylarda ma'naviyat bilan bog’liq ishlarning amalga oshlrllishi uchun butun mas'uliyat shaxsan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat shahar va tuman hokimlari, respublika barcha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatildi.Prezidentimiz esa barcha rahbarlarga shaxsiy namuna keltirib, «ma'naviyatning bosh homiysi va himoyachisi» sifatida namoyon bo'lmoqda,Yirik nufuzli tashkilotlarda ma'naviyat bo'yicha bosh rahbarni birinchi o’rinbosari lavozimi joriy etilishi, darhaqiqat, Ishlar orasida ma'naviyatning birinchi o’ringa ko’tarilganiga amaliy targ'ibot bo'ldi. Ayniqsa, oily va o’rta maxsus bilim yurtlarida rektor va direktorlarining, endilikda esa hatto tuman, viloyat hokimlarining ma'naviyat va ma'rifat bo’yicha 1-o'rinbosari lavozimlari joriy etilishi yurtimizda ma'naviyat sohasiga bo’lgan davlatimiz siyosatini yana bir bor ko’rsatib turibdi.Tarixiy-ma'naviy qadriyatlami tiklash millatni tiklash demakdir. Xalq madaniyati an'analarini tiklash bu boradagi muhim ishlardan biridir. Chunki an'anaviy xalq madaniyati - ajdodlarimiz merosining tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida muhim o’rin tutib kelgan va hozirgi davrda ham jamiyatni ma'naviy kamol toptirishda katta ahamiyatga ega.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, milliy meroslami tadqiq qilishga keng yo'l ochilishi natijasida, sho’rolar davrida taqiqlangan tarixiy meros, ma'naviy qadriyatlar, xalq madaniyati an'analari va ulardan foydalanish masalalariga doir qator izlanishlar paydo bo’la boshladi. Ayniqsa, bu borada Jabborov, N.Komilov, Q.Nazarov, S.Otamurodov, Sh.Rizayev, A.Erkayev, E.Yusupov kabi olimlar ishlari diqqatga sazovordir. Shuningdek, xalq turmushi, ijodi, san'atini o’rganishda folklorshunoslar, etnograflar, san'atshunoslar va pedagoglar ham faollik ko’rsata boshlashdi. Mazkur muammoga diqqat jalb qilish uchun, eng avvalo, adabiy, ilmiy, qomusiy va boshqa manbalardagi «xalq madaniyati» tushunchasiga izoh berish lozim. Agar mavjud manbalardagi bu atamaga oid turlicha izohlar umumlashtirilib, qisqa bayon qilinishi, unda «xalq madaniyati», birinchidan, muayyan joy (hudud)dagi aholi madaniyali; ikkinchidan, oddiy xalq va keng mehnatkash omma madaniyati; uchinchidan, etnos (ya'ni urug’, elat, millat)lar madaniyati kabi ma’nolarda tushuniladi. (Aynan, uchinchi ma'no etnomadaniyat tushunchasiga to’g’ri keladi). Endi ma'naviy merosning asrlararo shakllangan, avloddan aylodga o’tib, odatga aylanib qolgan qismi — «an'anaviy xalq madaniyali» tushunchasiga ta'rif berish maqsadga muvofiqdir.
An'anaviy xalq madaniyati — etnoslarning tarixiy-ma'naviy ehtiyojlari asosida vujudga kelgan, ulaming aqliy-yodiy faoliyati natijasida taraqqiy etgan, ming yilliklar mobaynida ajdodlar o’gitlari, tajribalari, orzu-istaklari, an'analari va qadriyatlarini o’zida birlashtirgan, avloddan avlodga o’tib asrlar osha sayqallanib, murakkablashib borgan bebaho meros hamda jamiyatimizni axloqiy sog’lomlashtiruvchi va insonparvarligini barqaror etuvchi xalqning ma'naviy kamol topishiga xizmat qiladigan muhim omildir.
An'anaviy o’zbek xalq madaniyatiga yaxlit ijtimoiy-ma'naviy hodisa va xalq turmushining tarkibiy qismi sifatida qarash madaniyatshunoslik fani doirasida «Etnomadaniyat konsepsiyasi»ni yaratishga imkon beradi. Bu konsepsiya an'anaviy xalq madaniyatini yaxshiroq tushunishgayordam beradi Mustaqillik sharoitida ko’pgina fan tarmoqlarining mazmuni, shu jumladan, madaniyatshunoslikning asosiy tushunchalarini ham qaytadan ko’rib chiqish lozim bo’Imoqda. Ayniqsa, «xalq madaniyati», «milliy madaniyat», «an'anaviy madaniyat», «etnomadaniyat» atamalari yangi izofani talab qilmoqda.
Hanuzgacha kam o’rganilgan «etnomadaniyat» (yoki «etaik madaniyat») tushunchasi yuqoridagi boshqa atamalarni tushunishga qulayliklar yaratadi.«Etnomadaniyat» tushunchasi tarixiy jarayonda urug’, elat, millat madaniyatining shakllanishi va rivojlanishini aks ettiradi. «An'anaviy xalq madaniyati» tushunchasi esa aynan etnik madaniyatning tarixiy jarayonda shakllangan, sinalgan va an'anaga aylangan, avloddan avlodga meros bo’lib o’tayotgan muhim qismi sifatida namoyon bo’ladi.Agar etnomadaniyatning tarixiy-madaniy xususiyatlarini belgilaydigan bo’lsak, u quyidagilardan tashkil topishi mumkin:
a) etnoslar tabiiy va tarixiy ma'naviy ehtiyoj asosida vujudga keladi;
b) o’z mohiyati va xususiyati, mazmuni va shakliga ega bo’lib, boshqa hayotiy sohalar bilan chambarchas bog’lanib ketadi;
c) xalq hayotida o’z o’mini topib, turmushning tarkibiy ajralmas qismiga aylanadi;
d) ma'naviy - tarixiy ehtiyoj sifatida avloddan avlodga meros bo’lib o’tadi va davrlar osha taraqqiy etadi;
t) jamiyatning barkamol bo’lishiga xizmat qiladi.
Etnomadaniyatning asosiy ko’rinishlari (shakllari). An'anaviy xalq madaniyatini yaxlit va ko’p qirrali hodisa sifatida o’rganish, uning tuzilishi, asosiy ko’rinishlari, shakllarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Shu bois biz etnomadaniyat evolutsiyasi va unum qabul qilgan «madaniyat» tasnifidan kelib chiqib, xalq madaniyatining asosiy sohalarini aniqlashga intildik. Etnomadaniyat va uning tarkibiy qismi bo’lgan an'anaviy xalq madaniyati tizimining tarkibiy qismida: xalq donishmandligi, xalq falsafasi, xalq e'tiqodi, xalq pedagogikasi, xalq odatlari, xalq ijodi, xalq o'yinlari, dam olish madaniyati, xalq pazandaligi, milliy liboslar, xalq me'morchiligi, xalq amaliy san’ati, xalq tabobati, xalq turmush madaniyati kabi ko’plab sohalami ajratsa bo’ladi.
An'anaviy xalq madaniyatining barcha sohalarida avlodlaming dunyoqarashlari, falsafiy tushunchalari o’z aksini topganligi uchun etnomadaniyat tarkibida xalq donishmandligiga alohida e'tibor berish lozim. Buning sababi shundaki, xalqning g’oya, fikr, bilim, dunyoqarashini ifoda etgan etnomadaniyat ko’rinishini xalq falsafiy donishmandligisiz tasawur qilib bo’lmaydi. Tahlillar shuni ko’rsatadiki, xalq madaniyatining falsafiy-g’oyaviy mazmuni qanchalik chuqur bo’lsa, uning shakli ham shuncha baquvvat, ijtimoiy ahamiyati kuchli, umri ham boqiy bo’lar ekan.Xalq madaniyatining asosiy ko’rinishlarini aniqlash natijasida o’ziga xos xususiyatlari vatavsifiy belgilarini aniqlash ham katta ilmiy qiymatga egadir.Xalq pedagogikasining yillar davomida qaror topib, yuzlab avlodlami tarbiyalash jarayonida vujudga kelgan ilg’or axloqiy g’oyalar, tajribalar va usullami o’zida umumlashtirgani uchun, u faqat tarixiy madaniyat qadriyatlari sifatida namoyon bo’libgina qolmay, balki hozirgi zamon ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, xalq pedagogikasi qadriyatlaridan foydalanish zamonaviy ta'Iim-tarbiya, madaniyat tizimi faoliyatining samaradorligini oshirib, ijtimoiy hayotda insonparvarlikning yanada kamol topishiga zarur imkoniyatlar yaratib beradi. Xalq pedagogikasiga oid tajribalar, an'analami o’rganish natijasida tarbiyaviy jarayonning samarali bo’lishiga xizmat qiluvchi «Tag maqsad (tag ma'no), - podsel», salbiy tarbiyaviy jarayonni keltirib chiqaruvchi «Xufiya tarbiya» - «tenovaya pedagogika» hamda katta qimmatga ega asrlar osha sinalgan «ustoz-shogird» an'analariga alohida o’rin berish muhim sanaladi.Mustaqillik sharoitida xalq ommasining ijodiy an'analarini saqlash va rivojlantirish, jumladan, xalqning og’zaki, musiqali, amaliy, teatr-tomoshaviy deb atalgan ijod turlari va janrlarini tiklash va kamol toptirish muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.

Download 47.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling