Ii bob. Nurlanish bilan isitish qurilmalarni hisoblash Mavzuning tayanch iboralari
Download 117.83 Kb.
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Nurlanish bilan isitish qurilmalarining asosiy klassifikatsiyalari
II Bob. Nurlanish bilan isitish qurilmalarni hisoblash Mavzuning tayanch iboralari: konstruktsiya, kichik, o’rtacha va yuqori temperaturali qurilmalar, katta issiqlik inertsiyali, kichik issiqlik inertsiyali. Ushbu mavzuda nurlanish bilan isitish qurilmalarining asosiy klassifikatsiyalari, ularga tegishli tushuncha, ma’lumot va ta’riflar keltirib o’tiladi. 2.1. Nurlanish bilan isitish qurilmalarining asosiy klassifikatsiyalari Nurlanish bilan isitish qurilmalari, konvektiv deb ataluvchi qurilmalardan o’zlarining konstruktsiyalari bilan va nurlanish issiqlik berish xususiyatining ko’pligi bilan farqlanadilar. Umuman ma’lumki, konvektiv isitish qurilmalarida issiqlik berishning bir qismi, havo isitish qurilmalaridan tashqari, nurlanish yo’li bilan sodir bo’ladi. Turli usullar bilan isitishda konvektiv va nurlanish issiqlik berishning solishtirma munosabatlari 2.1-rasmda keltirilgan. 2.1-rasm. Issiqlik berishning turli usullarda, nurlanish va konvektiv isitilishida solishtirma ko’rsatgichlari. Isitish qurilmalarining asosiy klassifikatsiyalashda turli xarakteristikalardan (qurilma sirtining temperaturasi, konstruktiv qurilmalar, qurilmaning joylashishi, issiqlik elitgichlar va x.k.) foydalaniladi va biz asosiy omil sifatida isitish qurilmasining sirtidagi temperaturani olamiz, chunki u birinchi navbatda boshqa xarakteristikalarni aniqlashga xizmat qiladi va issiqlik sezgirlikning shakllanishida asosiy rol’ o’ynaydi, buni alohida e’tiborga olish kerak bo’ladi. Isitish qurilmalari sirtining o’rtacha temperaturasiga bog’liq holda nurlanish bilan isitish qurilmalari kichik, o’rtacha va yuqori temperaturali qurilmalarga bo’linadi. Ularning asosiy farqi quyidagilardan iborat bo’ladi. Past temperaturali nurlanish isitgichlari sirtining temperaturasi 700C dan ortmaydi, shu sababli bunday qurilmalar konstruktsiyasi ko’pincha to’siqli isitish binolari ichiga joylashtiriladi. Issiqlik elitgich sifatida issiq suv, past bosimli bug’, havo yoki elektr tokidan foydalaniladi. O’rtacha temperaturali nurlanish qurilmalariga isitgich sirtining temperaturasi 70 dan 2000C gacha oralig’idagi qiymatlarda tebranadigan qurilmalar kiradi. Yuqori temperaturali nurlanish qurilmalariga isitgich sirtining temperaturasi 2000C dan yuqori bo’lganlari kiradi, odatda ular 500-9000C atrofida ko’proq ishlatiladi. Nurlanish bilan isitish qurilmalarining quyidagi ko’rsatgichlar bo’yicha hisoblashni ko’rib chiqaylik: - nurlanish isitgichining sirti kichik temperaturali va katta issiqlik inertsiyali qurilma; - nurlanish isitgichining sirti o’rtacha temperaturali va kichik issiqlik inertsiyali qurilma; - nurlanish isitgich sirti yuqori temperaturali va kichik issiqlik inertsiyali qurilma. Download 117.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling