Ii bob. Olmoshni o`rganish metodikasi


II Bob. Olmoshni o`rganish metodikasi


Download 245 Kb.
bet5/6
Sana25.06.2023
Hajmi245 Kb.
#1654975
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Musulmon kurs ishi ona tili.1

II Bob. Olmoshni o`rganish metodikasi..,...................


2.1Kishilik olmoshlari haqida dastlabki tushunchalarni shakllantirish.

Boshlang'ich ta’limda faqat kishilik olmoshlari o'rganiladi. 4-sinfda


kishilik olmoshlari haqidagi dastlabki umumiy tushuncha beriladi;


ularning kelishik qo'shimchalari bilan turlanishi va imlosi o'rgatiladi.


Kishilik olmoshlari bilan o'quvchilarni tanishtirishda predmetni


nomlamasligi, ular faqat ko'rsatish uchun xizmat qilishi bilan tanishti-


riladi. Boshlang'ich sinfda kishilik olmoshlarining ot bilan almashinib


qo'llanishiga alohida to'xtab o'tilmaydi. Chunki men, sen olmoshlari


’.ech qachon ot bilan almashinib qo'llanmaydi: „Men o‘qiyapnwn,sen o‘qiyapsan“ deyish mumkin, lekin „Salima chiqyapman, Salima


o'qiyapsan, qiz tikyapman“ tarzida qo'llanmaydi. Lekin III shaxs


kishilik olmoshi ot bilan almashinib qo'llanadi: „Qiz tikyapti — и tik-


yapti“. 0 ‘qituvchi kishilik olmoshlari bilan tanishtirayotganda shunga


diqqatni qaratish lozim. Kishilik olmoshi haqidagi dastlabki ma’lumot


badiiy asardan keltirilgan og‘zaki nutqqa doir misollarni kuzatish va


tahlil qilish orqali beriladi.


Kishilik olmoshlarini o'rgatish jarayonida o'quvchilarda quyidagi


bilim va ko'nikmalar hosil qilinadi:


— men, sen, u, biz, siz, «/ar kishilik olmoshlari, ular kim?so'rog'iga


javob bo'ladi;


— kishilik olmoshlari so'z turkumi;


— kishilik olmoshlari 3 ta shaxsni birlik va ko'plikda ifodalaydi;


— ular kelishiklar bilan turlanadi; -ni, -ning qo'shimchalari men,


sen olmoshlariga qo'shilganda o'zakdagi л tushib qoladi; olmoshiga


-ga, -da, -dan qo'shimchalari qo'shilsa, bir n tovushi orttiriladi kabi


bilimlar beriladi;


— olmoshlami nutqda to'g'ri va o'rinli qo'llash, ularni kelishikli ho-


latda to'g'ri yozish, so'roqlar yordamida aniqlash va farqlash ko'nikmalari


hosil qilinadi.


Olmosh so'z turkumi suhbat, yarim izlanishli muammoli metod,


induktiv metodlarda tushuntiriladi. Bu metodlarning qaysi birida tu-


shuntirilsa, shunga mos usul va ish turlari tanlanadi.


O'quvchilar olmoshlaming kelishik bilan qo'llanishini o'rganmagani


uchun dastlabki tanishtirishda bosh kelishikdagi olmoshlar qatnashgan


gap tanlanadi.


Kishilik olmoshi quyidagi matn asosida tushuntirilishi ham


mumkin:

— Men „Jimjiloq" hikoyasini o'qim.

— Sen qaysi hikoyani o'qiding.


— U „Nihollaming nolasi“ hikoyasini o'qidi.


Suhbat o'tkaziladi:


— Birinchi gapdagi otni toping.


— „Jimjiloq" nimaning nomi?


— Hikoya oti-chi?


— Shu gapda kim? so'rog'iga javob bo'lgan so'zni toping.


Keyingi gapiar ham shu tarzda tahlil qilinadi.


Kim? so'rog'iga javob bo'lgan men, sen, и so'zlarini bir ustun qilib


yozib qo'yiladi.Biz, siz, ular so‘zlariustida ham shunday tahlil o'tkaziladi. Suhbat


davom ettiriladi:


— Birinchi gapni kim gapiryapti? (so'zlovchi I shaxs)


— Ikkinchi gapni kim gapiryapti? (tinglovchi II shaxs)


— Uchinchi gapni kim gapiryapti? (o'zga III shaxs)...


Demak, men, sen, и shaxsni bildiradi va bu so'zlar kim?so'rog'iga


javob bo'ladi.


Biz, siz, ular so'zlari ustida ishlanadi.


O'quvchilar javobiga aniqlik kiritiladi:


— Men, sen, u - so'z turkumi. Bu so'z turkumining nomi olmosh


deb yuritiladi. Men, sen, u — kishilik olmoshlari. Men I shaxsni,


sen II shaxsni, III shaxcni ko'rsatadi. Shundan so'ng biz, siz, ular


olmoshlari yuzasidan suhbat o'tkaziladi. Kishilik olmoshlarining bir-


lik va ko'pligi taqqoslash orqali tushuntiriladi va qaysi paytda men,


sen, u, qaysi paytda biz, siz, ular qo'llanilishi ustida ishlanadi. Egalik


qo'shimchalari ifodalaydigan 3 ta shaxs: so'zlovchi (men), tinglovchi


(sen), o'zga (и) eslatiladi va ular kishilik olmoshlari bilan bog'lanadi.


Olmoshning gapda asosan ega vazifasida kelishi aytiladi.


Kishilik olmoshlarining ko'pligini tushuntirishda „Biz Vatan ha-


qida ko'p maqollar bilamiz. Siz ham shunday maqollardan bilasizmi?


tarzidagi gaplardan foydalanish mumkin. O'quvchilaming kishilik


olmoshlari yuzasidan olgan tushunchalari bir necha dars davomida


mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmoshlariga so'roq berish, qaysi


so'roqlarga javob bo'layotganini aniqlash, matndan kishilik olmosh-


larini topish, ularni o'zi bog'langan so'z bilan ko'chirish, kishilik


olmoshlari ishtirokida gap tuzish, ularning gapda qanday bo'lak


bo'lib kelayotganini aniqlash, kishilik olmoshlarining shaxs-sonini


aytish, berilgan fe’llarga mos kishilik olmoshlarini tanlash va gap tu-


zish (Onamga yordam berdim. Onangga yordam berdingmi? Onasiga


yordam berdimi?) kabi topshiriqli mashqlar bajariladi. Ayrim matnlar


shaxsini o'zgartirib ijodiy qayta hikoya qildiriladi.





Download 245 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling