Ii bob portugaliyada turizmning darajasi


Ishning o’rganganlik darajasi


Download 2.44 Mb.
bet2/9
Sana02.12.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1780033
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Eshquvvatov Suhrobbek Akrom o\'g\'li

Ishning o’rganganlik darajasi: G’arbiy Yevropa mamlakatlari, xususan, Portugaliya davlatida diniy turizm va uning rivojlanishi haqida Balabanov. I.T1, Sokolova M.V2. Osipova O.Ya3, Nazarova G. G4 kabi turizm mutaxasisligi bo’yicha olimlar o’z qo’llanma va asarlarini yaratishgan.


Ishning vazifa va maqsadlari:Ushbu kurs ishining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Janubi G’arbiy Yevropa mamlakati bo’lmish Portugaliya turizmi haqida ma’lumotlar berish

  • Portugaliyaning turizmdagi ahamiyatli hissasini yoritib berish

  • Portugaliyaning turizm rivojlanish asoslari

  • Portugaliyada tashrif buyursa bo’ladigan tarixiy joylar

Ishning ob’ekti va predmeti: Ushbu kurs ishining ob’ekti va predmeti bu Janubi G’arbiy Yevropada joylashgan Portugaliya davlati turizm va diniy turizmning rivojlanishi va kelib chiqish tarixi va rivojlanish tendensiyalari
Ishning tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish va ikki bobni o’z ichiga olgan to’rt qism va shu bilan birga xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
I BOB PORTUGALIYA HAQIDA UMUMIY TAVSIF

    1. P ortugaliyaning davlat sifatida o’ziga xosligi

Ushbu mamlakat turizmi haqida gapirishdan oldin davlatning keliib chiqishi uning o’ziga xos xususiyatlari haqida gapirsak maqsadga muvofiq bo’ladi. Portugaliya (Portugal), Portugaliya Respublikasi (República Portuguesa) — Yevropaning janubiy -gʻarbida, Pirenei yarim orolda joylashgan davlat. Atlantika okeanidagi Azor orollari va Madeyra arxipelagini oʻz ichiga oladi. Maydoni 92,3 ming km². Aholisi 10,53 mln. kishi (2012). Poytaxti — Lissabon shahri Maʼmuriy jihatdan 2 muxtor viloyat, 22 okrug (distrito)ra boʻlingan, shundan 18 tasi materikda joylashgan boʻlib, 11 tarixiy viloyatga birlashgan.
Davlat tuzumi
Portugaliya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1976-yil 25-aprelda kuchga kirgan, unga 1982 va 1989-yillarda oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1996-yildan Jorje Sampayyu), u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yilga va kupi bilan ikki muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Respublika majlisi (bir pala-tali parlament), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.
Tabiati
Atlantika okeani sohillari payettekislik, qumli, kam parchalangan. Shimolida Meseta yassi togʻligining chekka qismlari joylashgan. Esh-trela togʻi — mamlakatning eng baland nuqtasi (1991 m). Gʻarbida togʻlar dengiz boʻyi pasttekisligiga tik tushadi. Teju daryosi janubida Portugaliya past-tekisligi bor. Eng chekka janubini Ser-ra-daalgarvi past togʻlari egallagan. Volfram, qalay, mis, temir, qoʻrgʻoshin, uran rudalari, kumir, kaolin, berill, marmar, oltin, kumush konlari topilgan. Iqlimi — subtropik. Oʻrta dengizga xos. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi sohilda 10°, ichki hududlarda 8° gacha, iyulniki — sohilda 20° va ichki hududlarda 27°. Yogʻingarchilik sohilda yiliga 1000 mm, togʻlarda 2000 mm. Doru (Duero), Teju va Gvadiana daryolarida kema qatnaydi. Shimolida togʻ-oʻrmon podzol, markaziy va janubiy hududlarda qoʻngʻir va jigarrang, daryo vodiylarida allyuvial tuproklar. Sohilda botqoq yerlar, shoʻrxok tuproklar koʻPortugaliyaMamlakat janubiy oʻsimliklari Oʻrta dengiz atrofiga xos, togʻlar makvis chakalakzorlari bilan qoplangan, shimolidagi togʻlarda tosh eman va poʻkak eman, kashtan, sohilda qaragʻayzorlar uchraydi. Togʻlardagi kattagina maydonlar oʻtloq. Hayvonot dunyosi boʻri, tulki, suvsar, genetta, tipratikan, yovvoyi quyon va hokazolardan iborat. Kemiruvchilar, koʻrshapalaklar, har xil parranda koʻPortugaliyaJeresh va Ria Formoza milliy bogʻlari, bir necha qoʻriqxonalar bor.
Aholisining 99% — portugallar; ispanlar va boshqalarlar ham yashaydi. Rasmiy tillar — portugal va mirandes tillari. Shahar aholisi 35% ga yaqin. Dindorlari — katoliklar. Yirik shaharlari: Lissabon, Portu, Amadora.


Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling