Ii bob portugaliyada turizmning darajasi


-RASM DAVLAT BAYROG’I VA GERBI


Download 2.44 Mb.
bet3/9
Sana02.12.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1780033
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Eshquvvatov Suhrobbek Akrom o\'g\'li

2-RASM DAVLAT BAYROG’I VA GERBI
PORTUGALIYA hududida paleolit davrida manzilgoxlar boʻlgan. Miloddan avvalgi 4—3-asrlardan bu yerda luzitanlar yashagan. Miloddan avvalgi 1-asr oxirida Qad. Rim ixtiyoriga utib, uning Luzitaniya viloyati boʻlib qoldi. Milodiy 5-asr 1yarmidan svevlar, 6-asr 2yar-midan vestgotlar hukmronlik qildi. 713—18 yillarda PORTUGALIYA hududini arablar va barbar (mavr)lar bosib olib, Arab xalifaligi tarkibiga qushdi. Ozodlik kurashi (Rekonkista) natijasida mamlakat 1249—50 yillarda arablar istib-dodidan butunlay qutuldi, portugal millati tarkib topdi, Portugaliya davlati vujudga keldi. P.ning geografik oʻrni qulay boʻlganligi tufayli savdosotiq va hunarmandchilik rivojlandi, shaharlar tez usdi. Qirollik hokimiyati kuchayib, uzga mamlakatlarni bosib ola boshladi. Afrika va Osiyodagi bir qancha hududlarni mustamlakaga aylantirdi. 1500-yildan Braziliyani egallashga kirishdi. 16-asrning 1yarmi PORTUGALIYA imperiyasi ravnaq topgan davr buldi. Ammo juda katta boylikni qoʻlga kiritib olgan maranlar (xristianlikni qabul qilgan yahudiylar)ning chet ellarga ketib qolishi sababli PORTUGALIYAiqtisodiyoti tushkunlikka uchray boshladi. 1581—1640-yillarda PORTUGALIYA Ispaniya hukmronligida buldi. 18-asr boshida PORTUGALIYA iqtisodiy va siyosiy jihatdan Angliyaga butunlay karam bulib qoldi. 1750-yildan mamlakatda "maʼrifiy absolyutizm" ruhidagi islohotlar tufayli bir muncha iqtisodiy va siyosiy jonlanish boshlangan bulsa ham, 1777-yildan keyin bu isloxrtlar bekor qilindi. 1807-yilda Napoleon 1 qoʻshinlari P.ni bosib oldi. 1811-yilda fransuz bosqinchilari haydab chiqarildi, biroq mamlakat 1820-yilgacha ingliz bosqinchilari zulmi ostida qoldi. 1820-yil PORTUGALIYA inqilo-bidan soʻng islohotlar utkazildi. 1821-yil taʼsis korteslari qabul qilgan liberal konstitutsiya zamindorlarning imtiyozlari va inkvizitsiyani bekor qildi. Sanoat korxonalari, jumladan, toʻqimachilik fabikalari barpo etildi, 1853-yilda ishga tushirildi. Ammo PORTUGALIYA 20-asr boshlarida ham qoloq mamlakatligicha qolaverdi
1926-yil 28-mayda hokimiyatni fashistlar egalladi. 1911-yil konstitutsiyasi bekor qilindi, parlament tarqatib yuborildi. 1932-yil davlat toʻntarishi boʻlib, Oliveyra Salazar butun hokimiyatni koʻlga oldi. 1933-yil "yangi davlat" konstitutsiyasi joriy qili-nib, unda fashistik diktatura krnunlashtirildi. Barcha muxolifat partiyalar faoliyati man qilindi. Mustamlakalarda ham siyosiy zulm kuchaytirildi. Ikkinchi jahon urushida PORTUGALIYA betaraf turdi. Urushdan keyin mamlakatda demokra-tik harakat kuchaydi. Mustamlakalarda ozodlik harakati avj oldi. Mustamla-kachilik urushi PORTUGALIYA iqtisodiyotini juda zaiflashtirib quydi. Mamlakatda, hatto armiya safida ham norozilik kay-fiyati tarkaldi. 1974-yil 25-aprelda fashizm diktaturasi barham topdi va hokimiyat general di Spinola boshliq Milliy najot kengashi qoʻliga oʻtdi. Siyosiy faoliyatga birmuncha erkinlik berildi. Gvineya-Bisau, Mozambik, Yashil Burun orollari (hozirgi Kot-d’Ivuar), San-Tome va Prinsipi orollari va An-golaga mustaqillik berildi. 1976-yil qabul qilingan konstitutsiya fuqarolarning ijtimoiy va demokratik huquklarini kafolatladi. Ammo mamlakat hukumatlari tez-tez oʻzgarishi siyosiy beqarorlikdan darak berardi. 1982-yil noyabrda konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartishlar hokimiyat vazifalarini oqilona taqsimlash orqali mamlakatdagi siyosiy holatni barkarorlashtirdi. Portugaliya — 1955-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 16-yanvarda tan oldi va 1992-yil 13-avgustda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 10-iyun — Portugaliya kuni (1580).5
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Xalq monarxiyachi partiyasi, 1974-yil tuzilgan; Xalq partiyasi, 1995-yil tashkil etilgan; Portugaliya kommunistik partiyasi, 1921-yil asos solingan; Sotsial-demokratik partiya, 1974-yil tuzilgan; Sotsialistik partiya, 1973-yil asos solingan. Portugal mehnatkashlari umumiy konfederatsiyasi— Milliy intersindikal, 1970-yil tashkil etilgan. Portugaliya mehnatkashlari umumiy itti-foqi, 1979-yil tuzilgan, Xalkaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi tarkibiga kiradi.
Xoʻjaligi va Sanoati
Portugaliya — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi — 30%, qishloq xoʻjaligi ulushi — 6% atrofida.
20-asr oxirlarida sanoatda mehnatga layoqatli aholining 33% ishladi va yalpi milliy mahsulotning 40% dan koʻprogʻini ishlab chiqardi. Temir, volfram, mis, uran, qalay rudalari, kumir, oltin, kumush qazib chiqariladi, dengiz suvidan tuz ajra-tib olinadi. Mayda metallurgiya korxonalarida va Lissabon yaqinidagi Seyshal shahridagi zavodda metall eritiladi. Sanoat ishlab chiqarish qiymatining salkam 30% mashinasozlik va metall ishlash korxonalari ulushiga toʻgʻri keladi. Kemasozlik, avtomobil yigʻuv, velosiped, mototsikl, motorlar, ayrim turdagi stanoklar, roʻzgʻor mashinalari, elektrotexnika va radioelektronika asbob-uskunalari ishlab chiqarish rivojlangan. Kimyo va neft kimyosi korxonalarida oltingugurt kislotasi, mineral o'gʻit, sintetik tola va plastmassa ishlab chiqariladi. Toʻqimachilik (ip va jun gazlama toʻqish), tikuvchilik, oziq-ovqat (zaytun yogʻi, baliq konservalari, vino ishlab chiqarish) sanoati azaldan eksport uchun ishlaydi. Sement, chinni, oyna va sopol ishlab chiqarish korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 30 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi (asosan, GESlarda). Asosiy sanoat markazlari: Lissabon, Portu, Setubal, Barreyru, Braga.
1-JADVAL
Qishloq xoʻjaligining asosini dehqonchilik tashkil etadi. PORTUGALIYA hududining 50% ishlanadi, shundan 30% haydaladigan yerlar. 10% bogʻ va tok-zor, sitruszor, zaytunzorlar. Asosiy oziqovqat ekinlari: bugʻdoy, makka-joʻxori, javdar, arpa, iyuli, kartoshka. Orollarda banan, ananas, shakarqamish yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, qoʻy, ot boqiladi. Sohilda baliq ovlanadi. Qishloq xoʻjaligi aholining oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qoplamaydi. Trans p ortining asosiy turi — dengiz kema qatnovi. Dengiz savdo flo-tiningtonnaji 1,1 mln. dedveyt. Transport yoʻli uzunligi — 3,6 ming km, avtomobil yoʻllari uz. — 70,1 ming km. Lissabonda 1960-yildan metropoliten ishlaydi. Lissabon va Azor orollari (Santamariya)da xalkaro aeroport bor. Asosiy dengiz portlari — Lissabon, Portu.6
Portugaliya hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1yarmidan doirasimon re-jali uylardan iborat istehkomli man-zilgoqlar saqlangan. Rimliklardan Evordagi Diana ibodatxonasi harobalari (miloddan avvalgi 3—2-asrlar), vestgotlardan 3 nefpn bazilika tipidagi muh-tasham qirol saroylari (7-asr), arab madaniyatidan guvalak turar joylar qolgan. 12—14-asrlarda koʻpdan-koʻp shahar soborlari va monastir majmualari roman va gotika uslubida (Lissabon, Braga, Vizeu, Evorada) qurilgan. Tugab borayotgan romantizm milliy bezak uslubi — "manuelino" uchun asos boʻldi. Ispanlar hukmronligi davri (1581—1640)da qurilish inqirozga uchradi. 17-asr oxiri — 18-asrda shaharsozlik rivojlandi, meʼmorlikda barokko va rokoko ustun boʻldi (Lissabon yaqinidagi Kelush saroyi, 1747—52, meʼmor M. V. di Oliveyra), 19-asrda klassitsizm rivojlandi. 20-asr meʼmorligida eng yangi qurilish materiallari va konstruksiyalaridan foydalanildi. Lissabon va Portu shaharlari rekonstruksiya qilinib, imoratlarda quyoshni toʻsuvchi qurilmalar qoʻllanildi.
Paleolit davridan qoya rasmlari (Santyagu-du-Eshkoral), neolit davridan dolmenlar, sopol idishlar saqlangan. 13— 15-asrlarda gotika uslubidagi haykaltaroshlik rivojlandi. 15—16-asrlar P. rassomligi niderland sanʼati taʼsirida taraq-qiy etdi. 17—18-asrlar sanʼatida barokko usuli mahobatli haykaltaroshliqsa namoyon boʻldi (J. Mashadu di Kashtru, A. Ferreyra ijodi), 18—19-asr boshlaridagi rassomlikda soʻnggi italyan barokko sanʼati anʼanalari klassitsizmning akademik talqini bilan almashdi. 20-asrning 50-yillarida neorealistlar oqimi maydonga keddi (J. Pamar va boshqa ijodi), bu oqim vakillari milliy tarix va xalq hayotiga murojaat etdilar. Fashist diktaturasi agʻdarib tashlangach, koʻpgina rassomlar demokratik oʻzgarishlarga hissa qoʻshish ishtiyoqida ijod qila boshladi.
Xalq ijodida yogʻoch oʻymakorligi, guldor sopol va turli ba-diiy buyumlar tayyorlash, toʻqimachilik, toʻr toʻqish rivoj topgan. Musiqasi ispan musiqa madaniyati bilan mushtarak xususiyatlarga ega. Qoʻshiq va qoʻshiq-raqs janrlari koʻproq rivojlangan. Mexnat va marosim qoʻshikdaridan eng koʻp tarqalgani — fadu (gitara joʻrligida kuylanadi), eng ommaviy raqs — vira. Gitara, gayta (volinka), zabumba (katta silindrsimon baraban), tambur (kichik baraban), pandeyru va adufi (doyra va toʻrtburchak shaklidagi doyra) kabi musika asboblari bor. Professional mu-siqa ham oʻz anʼanalariga ega. Italyan opera sanʼatining taʼsiri katta. Ilk yirik kompozitor M. Portugal (1762— 1830) 50 dan ortiq opera yozgan. "San-Karlush" opera teatri (1793) va Milliy konservatoriya (1835, ikkalasi ham Lissabonda), Musiqa akademiyasi (Koimbra), Munitsipal konservatoriya (Portu), 4 simfonik orkestr, xor ka-pellasi, bir necha musika jamiyati bor.
Adabiyotiga boy portugal folklori asos boʻlgan, uning 11-asrga oid namunalari bizgacha yetib kelgan. 13—15-asrlarga mansub ritsarlik lirikasi namunalari ilk adabiy yodgorliklardir. 15-asr boshlaridan tarixiy xronikalar yaratildi, ularda tarixiy voqealar afsona va rivoyatlar bilan qoʻshib tasvirlandi. 15-asr oxirlaridan Uygʻonish davri adabiyoti maydonga chiqa boshladi. 16-asr oʻrtalaridagi iqtisodiy va siyosiy tanglik oqibatida adabiyot ham inqirozga yuz tutdi. 18-asr oʻrtalaridan adabiyotga maʼrifatparvarlik gʻoyalari kirib keldi. 19-asrning 30-yillarida romantizm rivoj topdi. 50—60 yillarda esa zamonaviy mavzularga eʼtibor kuchaydi. Adabiyotda Kental (1842—91) sheʼriyati, J. Dinishe (1839-71), J.M. Esadi Keyrush (1843-1900) romanlari, A.Enish (1848—1901) pyesalari voqea va hodisalarni haqqoniy aks ettirdi. 20-asr Portugaliya adabiyotida dekadentlik tamoyillari hukmron boʻldi. 1926-yil fashizm diktaturasi oʻrnatilishi umidsizlik kayfiyatini kuchaytirdi. 1974-yil bu diktatura barham topgach, erkin adabiyotning vujudga kelishiga imkon yaratildi. Ilgʻor adiblar yangi, demokratik madaniyat barpo etishda faol katnasha boshladilar.
Xalqaro turistik tashriflar bo‘yicha 2002 yilda Turkiya 18.5%. Rossiya Federatsiyasi 7.3%. Ukraina 9.2%. Xarvatiya 6.1%. Buyuk Britaniya 5.9%. Bel‘giya 4.2% ga oldingi yillarga nisbatan tashriflar miqdori ko‘paygan. Pol‘sha – 6.8%. Shvedsariya-7.4%. Portugaliya – 4.1% ga Xalqaro turistik tashriflar soni 2001 yilga nisbatan kamaygan.


Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling