Ii bob. Tadbirk o rlik sohasi, korxona va m ahsulo t turlari


Download 0.95 Mb.
bet1/6
Sana04.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1323400
  1   2   3   4   5   6

II BOB. TADBIRK O RLIK SOHASI, KORXONA VA
M AHSULO T TURLARI
2.1. Faoliyat va tarmoq sohasi
Tadbirkorlik rejasining birinchi bo‘limi qaysi tarmoqda loyihani amalga
oshLtisbimizga qarab shu sohani tavsiflashdan boshlanadi. Bunda loyiha
o‘z ichiga iqtisodiyotning qaysi tarmog'i yoki sektorini olishini, mamlakatning qaysi hududida amalga oshirilishini e’tiborga olish lozim. Bu
potentsial sarmoyador uchun juda muhim boTib, u loyihaning iqtisodiy,
siyosiy va xo‘jalik sharoitlariga qanchalik mos kelishini ifodalaydi. U yoki
bu tarmoqning (biznes sohasining) investitsion jozibadorligi tahlili
3 bosqichni o ‘z ichiga oladi.
1. Tarmoq ichidagi raqobatning intensivlik darajasining ko‘p omilli
tahlili.
2. Tanlangan tarmoqning rivojlanish bosqichini aniqlash.
3. Tarmoqning investitsion jozibadorligining bevosita tahlili.
Imkoniyatlami tahlil qilish bu tarmoqda investitsion muhit qanday
darajadaligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, banklar va yirik investorlar
odatda iqtisodiyotning m a’lum sohalarini moliyalashtirishadi. Masalao:
qurilish sohasidagi biznes bilan “Qishloqqurilishbank”, qishloq xo‘jaligi
bo‘yicha “Agrobank”ni qiziqtirish mumkin.
Tarmoq yoki biznes sohasi bo‘yicha qaror qabul qilish tadbirkoming
o‘zi uchun zarur, chunki bu tarmoqda tadbirkorlik loyihasini amalga
oshirish mobaynida hech qanday iqtisodiy tebranishlar sodir bo'Imasligiga
tadbirkoming ishonchi komil boiishi zarur. Bunda tarmoqning jahon
ishchi kuchi bozoridagi va jahon bozoridagi o‘mi, uning eksport-import
imkoniyatlari hamda boshqa tarmoqlar bilan texnik ishlab chiqarish
bogTiqligi haqidagi ma’lumotlar muhim hisoblanadi (2.1.1-chizma),
Har qanday mamlakatda man qilingan faoliyat turlari (pomografiya,
kontrabanda va h.k.) hamda davlat monopoliyasi predmetlari (giyohvand
moddalar, qurol, zaharli moddalar va hokazolar) hisoblangan faoliyat
turlari mavjud.
42
Tadbirkorlik faoliyati sohasini tanlashning asosiy omillari

2.1.1-cliizma.
Ko'pchilik tadbirkorlar uchun u yoki bu tarmoqqa kirishda iqtisodiy
cheklashlar ham paydo bo‘ladi:
• boshlangich kapitalning yuqori darajasi;
• qo‘yilgan mablag‘laming uzoq muddatda qoplanishi;
• foyda olishning noaniqligi (taiim sohasi va boshqalar).
Tadhirkor mavjud konyunkturani ham e ’tiborga olishi lozim, chunki
tudbirkor faoliyatiga davriy, siklik harakat xos, ya’ni o'sish. gullab
yushna.sh, turg'unlik va inqiroz. Bundan tashqari, iqtisodiy holat nafaqat
/шпон (Viii|t). balki makon tumanlar, mintaqalar bo‘yicha ham farqlanudi. Shuningdek, tarmoqdagi raqobat sharoitlari ham bu jarayonda
muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki monopollashgan tarmoqqa kirish
raqobatdosh tannoqqa kirishga qaraganda ancha mushkul.
Tadbirkoming faoliyat sohalarini tanlashi to‘rtta umumiy biznes
turlarini tanlash asosida amalga oshiriladi (2.1.1-jadval).
Biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun tadbirkor nafaqat bozomi to‘g‘ri
taniay bilishi, balki unda hali raqobatchilar tomonidan egallab olinmagan,
tor bo‘lsada o'z o ‘mini, sohasini topa olishi zarur. Ayniqsa, bunda bozorning “bo‘sh, to‘yinmagan” qismini topish kerakki, shundagina sizning ishiab chiqarish yoki tijoratingiz foydali boiishi, gullab yashnashi mumkin.
43
2,1.1-jadval
Biznesning asosiy turlari

Bozor “bo‘shlig‘i” - bu raqobatchilar tomonidan egallanmagan yoki
to‘liq egallanmagan bozor qismi bo‘lib, u muayyan iste’molchilarga
mo‘ljallangan va tadbirkorga o ‘z imkoniyatlaridan kengroq foydalanishga
imkon beradi.
“Bo‘shliq” hajmi bozor segment hajmidan kichik bo‘lib, unda odatda
raqobatchilar bo‘lmaydi. Bu esa bozor “ochligi”ni qidirish va unga
kirishning ahamiyati katta ekanligini ifodalaydi.
Ushbu jarayonni aniq cheklangan iste’molchilar guruhi tomonidan o‘z
faoliyat sohasi miqyosi bo'yicha cheklangan sohalami tanlashi deb atash
mumkin va bu muayyan tadbirkoming nisbiy afzalligiga mos keladi. Bozor
“ochligi”ni tanlash deganda, ozgina bo‘lsada o‘z ustunliklarini,
afzalliklarini zarur darajada qo‘llash maqsadida tadbirkoming “o‘yinni
kerak bo‘lsa o‘z maydoniga o‘tkazishi” tushuniladi. Ko‘pchilik rivojlangan
xorijiy kompaniyalar, firmalar tajribalaridan m a’lumki, muvaffaqiyat
qozongan deyarli barcha korxonalar o‘z tarmoqlarida shunga o'xshash
operatsiyalami amalga oshirganlar.
Bozoming “bo‘sh, to‘yinmagan” qismini topish uchun bozorda o‘z
malaka, qobiliyat va moyilliklaringizni amalda qo‘llab ko‘rish lozim,
Bozoming to‘yinmagan qismini darhol, to‘ldirish zarur boigan bo‘sh
joyni, vakuumni qidirishni eslatadi. 0 ‘z mohiyatiga ko‘ra, bozor “ochligi”
44
iste’molchilar va jamiyatning qondirilmagan va anglanmagan ehtiyojlarini
noan’anaviy, to iiq anglanmagan shakl bilan qondirishni bildiradi.
Istalgan bir mamlakat va hatto respublikamizning an’anaviy, segmentlarga ajralib b oigan bozorlarida ham minglab “bo‘shliq”lami topish va
toidirish mumkin. Ko‘pchilik zafar qozonayotgan kompaniyalaming
asosiy yutugi yangi mahsulot yaratganligida emas, balki aynan ishiab
chiqarayotgan mahsulotni shu bozorga yoki tarmoqqa boshqacha bir tarzda
joriy qilganligidadir.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling