Ii bob. Turk xoqonligi davri
Download 37.02 Kb.
|
G‘ARBIY TURK XOQONLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Mavzuning dolzarbligi
G‘ARBIY TURK XOQONLIGI MUNDARIJA: KIRISH I BOB. G‘ARBIY TURK XOQONLIGINING TASHKIL TOPISHI Uning o‘rta osiyodagi siyosiy jarayonlarga ta’siri II BOB. TURK XOQONLIGI DAVRI 2.1. Turk xoqonligi davri da o‘rta osiyoning janubiy viloyatlarida boshqaruv tartibi va ijtimoiy hayoti 2.2. Turk xoqonligi davrida din e’tiqodlarning shakllanishi va ularning sa’natga tasiri XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Oʻzbekiston va qolaversa, Markaziy Osiyo tarixining ilk oʻrta asrlar bosqichi (V - VIII asr birinchi yarmi) oʻziga xos tarixiy jarayonlari bilan ahamiyatlidir. III - IV asrlarga kelib, Kushon va Qangʻ kabi davlatlar tanazzuli kuchayib, ular oʻrniga siyosiy jihatdan mustaqil va mahalliy ma’muriy boshqaruviga ega davlatlar (Afrigʻiylar, Choch va Fargʻona) va davlat uyushmalari (Sugʻd va Toxariston konfederasiyalar) vujudga keldi. Ularning shakllanishida mintaqada kechgan ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy jarayonlar muhim rol oʻynadi. Xususan, ikki yirik etnik guruh: hind-yevropa tillari oilasiga mansub sugʻdiylar, xorazmiylar, boxtariylar va oltoy tillari oilasi vakillari – turkiylarning oʻziga xos sinkretik yaqinlashuvi kuchaydi. Prototurk qabilalari uyushmasi “turk” nomi ostida mintaqada yetakchi mavqyega chiqa boshladi. Natijada, bu hodisa etnomadaniy jarayonlarni takomillashtirdi. Marvdan Xitoy devoriga qadar turli etnoslar, jumladan turkiy va sugʻdiy komponentlar simbiozi roʻy berdi. Bu yangi tipdagi davlatlarining siyosiy barqarorligi, iqtisodiy rivoji mahalliy xalqlarning shakllanishiga zamin hozirladi. V - VI asr oʻrtalarigacha eftaliylar Markaziy Osiyo siyosiy va etnomadaniy tarixida oʻziga xos oʻrin tutgan boʻlsa, 555-yilda xoqonlik turklarining ularga bergan zarbasi soʻng bu davlat mavqeyiga putur yetgan. Shundan soʻng eftaliylar batamom mahalliy aholi orasiga singishib, sugʻdiy etnik komponentda eftaliylar salmoqli oʻrin tutgan. Bu esa so‘gʻdiylarning turkiylashuvi jarayoni tezlashuviga ham xizmat qilgan. G‘arbiy Turk xoqonlariga xos tangalar qatoriga Farg‘ona vodiysi (Quva) dan topilgan tangalarni ham ko‘rsatish mumkin. Ahamiyatli jihati shuki, Toshkent vohasidan topilgan tangalardan farqli o‘laroq Quva tangalarida turk-run yozuvidagi qapan - «xoqon» va sug‘d yozuvidagi - «xoqon puli» so‘zlari bitilganidir. Ularda uchraydigan hukmdor tasvirlari va tamg‘alarning Choch vohasining mazkur tangalarida aks etgan tasvirlar va tamg‘alar bilan aynan o‘xshashligi G‘arbiy Turk xoqonlariga taalluqli tangalarning vodiyda ham keng muomalada bo‘lganini ko‘rsatadi. Balki, ushbu tangalarning bir guruhi Farg‘ona vodiysida zarb qilingan bo‘lishi ham mumkin. Ehtimol, mazkur tamg‘a G‘arbiy xoqonlikning hokimiyat ramzi bo‘lgandir56 . Sug‘diyona ham o‘sha paytda G‘arbiy Turk xoqonligining o‘ziga xos markazlaridan biri bo‘lgan. Uning hududi o‘sha davrda Panjikentdan Karmanagacha bo‘lgan uncha katta bo‘lmagan hududni egallagan. Ichki boshqaruvda ba’zi erkinlikni saqlab qolsada, Sug‘diyona xoqonga o‘lpon to‘lab turar edi. Buxoro vohasi esa bir necha mustaqil hokimliklar birligidan iborat bo‘lib uni buxorxudot boshqargan. Termiz va Toxariston ham Kan ittifoqiga kirmagan va o‘z shoxlari tomonidan boshqarilgan. Aholi bu davrda bug‘doy, arpa, sholi, tariq, beda va boshqa mahsulotlarni yetishtirish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Sug‘orish tarmoqlari bu paytda hamma joyda bir tekis rivojlanmadi. Download 37.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling