Ii-bob. Turk xoqonligining davlat boshqaruv tizimi
Download 16.56 Kb.
|
turk xoqonligi boshqaruvi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-BOB. TURK XOQONLIGINING DAVLAT BOSHQARUV TIZIMI..17-30 III-BOB.TURK XOQONLIGINING IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOTI……………………………………………………………………....
- Kurs ishining maqsadi va vazifalari.
- Tadqiqot ob’yekti va predmeti.
- Davriy (xronologik) chegaralanishi.
MUNDARIJA KIRISH.................................................................................................................2-3 I-BOB. TURK XOQONLIGINING TASHKIL TOPISHI VA SIYOSIY TARIXI...............................................................................................................4-16 II-BOB. TURK XOQONLIGINING DAVLAT BOSHQARUV TIZIMI..17-30 III-BOB.TURK XOQONLIGINING IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOTI…………………………………………………………………….... XULOSA……………………………………………………………………...31-32 FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI.............33-34 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda vatanimiz tarixida hukmronlik qilgan har bir davlat tarixini o‘rganish har bir tarixchining asosiy vazifasi hisoblanadi. Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson. Takror aytaman, irodali insondir. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urush, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni xushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi1. Mustaqillik tufayli o‘zbek xalqining ko‘p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini o‘rganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo‘l ochildi. Ma’naviy boyliklar, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbai hisoblanadi. Aynan ushbu ma’naviy va mafkuraviy asosni mustahkamlash hamda rivojlantirishda tarix fani alohida ahamiyatga egadir. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: “....tarix xotirasi,... milliy o‘zlikni anglashni, ta’bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi”2. Turk xoqonligi tarixshunosligi u qadar boy emas. Tarixchi olimlar tomonidan Turk xoqonligi tarixi hali to‘liq o‘rganilmagan. Mavjud asarlar ham bu davlat haqida to‘liq ma’lumot bera olmaydi. Turk xoqonligi vujudga kelishi, davlat boshqaruvi tizimi, bu sulola vakillarining qaysi turkiy urug‘ga mansub ekanligi, hukmdorlari tomonidan amalga oshirilgan islohotlar, madaniy hayot, qishloq xo‘jaligi, boshqa davlatlar bilan olib borilgan savdo-sotiq, xalqaro munosabatlar va boshqa davlatlar ziddiyatlarni yoritib berish. Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Mazkur kurs ishining asosiy maqsadi Turk xoqonligi davrida davlat boshqaruv tizimini o‘rganish, xoqonlar tomonidan amalga oshirilgan islohotlar, madaniy taraqqiyot, siyosiy jarayonlar va iqtisodiy munosabatlarni yoritib, mavzuni xolislik asosida o‘rganish hisoblanadi. Tadqiqot ob’yekti va predmeti. Ushbu kurs ishining tadqiqot ob’yekti o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan Turk xoqonligining boshqaruv tizimi, predmeti mavzuga oid o‘sha davrda yozilgan manbalar, hozirgi kunga qadar ilmiy nashriyotlarda nashrdan chiqqan yozma manbalar, chet tili va o‘zbek tilida chiqqan ilmiy adabiyotlar asosida mavzuni o‘rganish. Davriy (xronologik) chegaralanishi. Kurs ishining xronologik chegarasi VI-VII asrlarni o‘z ichiga oladi Kurs ishining tuzilishi. Kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, 34 sahifani tashkil qiladi. 1 Каримов.И.А Тарихий хотирасиз келажак йук. – Т.: Шарк, 1998. – Б. 9. 2 Каримов И. А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: ҳавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. – Тошкент.: Ўзбекистон, 1997. – Б. 14. Download 16.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling