Ii-bob ustanovka turlari


Download 173.5 Kb.
bet8/10
Sana09.06.2023
Hajmi173.5 Kb.
#1466219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
sotsial ustanovka

Xulq-atvor va faoliyatning anglanmagan omillari qatoriga mayllar kiradi. Hali differensiallashmagan, yetarli darajada anglanmagan ehtiyojdan tashkil topgan xulq- atvor va faoliyatni amalga oshirishga undovchi omil mayl deb ataladi. Mayllik holatiga kirib borayotgan shaxs uchun jalb qilayotgan obyektida uni nima qiziqtirayotgani va qaysi alomat o‘ziga tortayotganining sababi noaniqligidir. Faoliyat maqsadi subyektga noma’lumligi tufayli mayl ustunlik qiladi. Bunday psixik holat insonlarda tez-tez uchrab tursa-da, lekin o‘zining tezkor o‘tuvchanligi bilan boshqa voqealardan ajralib turadi. Odatda, ushbu mohiyatli psixik holatni harakatlantiruvchi ehtiyoj so‘ndirishi yoki orzuga aylantirishi mumkin. Binobarin, u xohish, niyat, orzu, fantaziya kabi shakllarga aylanishi tufayli shaxs tomonidan anglanadi. Bunday shakldagi mayllarning odamlarda mavjud bo‘lishi ularning yaqin va uzoq kelajakka intilishlaridan dalolat beradi.

Z.Freyd mayllarga o‘ziga xos nazariya yaratgan bo‘lib, u aksariyat holatda jinsiy instinktiv mayllar to‘g‘risida mulohaza yuritadi (libido - jinsiy mayl), “edip kompleks” (“Shoh Edip” asari bo‘yicha), “psixoanaliz” atamalari orqali qo‘rqish, himoya, begonalashish singari instinktiv moyiilikni talqin qiladi.

Shuni ta’kidlash o‘rinliki, har qanday anglanmagan mayllar o‘zidan o‘zi yo‘qolib ketmaydi. Balki, ular bir bosqich ko‘rinishidan ikkinchisiga almashadi va mutlaqo boshqacha, yangi sifatga ega bo‘ladi. Ular maqsadga, talabga o‘sib o‘tishi bilan anglanganlik darajasiga erishadi. Ko‘ngil g‘ashlik, ruhan bezovtalanish, noma’lum xatti-harakatlarning sababi insonga noma’lum bo‘lsa, ular anglanmagan darajada ekanligini bildiradi va mayl funksiyasini bajaradi.



III-BOB.SHAXSNING IJTIMOIY USTANOVKALARI
3.1 Ijtimoiy ustanovkalar
Ustanovkalarning xulq-atvorga va xulq-atvorning ustanovkaga ta’siri. Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish muammosi. Ustanovkalarni o‘zgartirish - Festingerning kognitiv dissonans nazariyasi. Xurofotlar va ularning ildizlari
Mavzumizning birinchi parasida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni hatti-harakatlarimizning sabablari biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. YUqorida keltirilgan barcha misollarda va holatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u yoki bu turli faoliyatni amalga oshirayotganligini, nima sababdan muvaffaqiyatga erishayotganligi yoki mag‘lubiyatga uchraganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy xulqimizning sabablari bizga ayon bo‘lavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy xulq motivlari psixologiyada ijtimoiy ustanovka (inglizcha «attitud») hodisasi orqali tushuntiriladi.
Ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy ob’ektlar, hodisalar, guruhlar va shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik holatiki, u bu baho yoki munosabatning aslida qachon shakllanganligini aniq anglamaydi. Masalan, Vatanimizni hammamiz sevamiz, bayrog‘imiz muqaddas, nemis investorlarga ishonamiz, negrlarga raxmimiz keladi, tijorat ishlari bilan shug‘ullanadiganlarni albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va hakozo. Bu tasavvurlar, baho va hissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda o‘rnashib qolganligiga e’tibor bermasdan yuqorida sanab o‘tgan hissiyotlarni boshdan kechiraveramiz. Mana shularning barchasi ijtimoiy ustanovkalar bo‘lib, ularning mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi va uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlarda ruyobga chiqadi.
Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli tizimini ishlab chiqqan:
A. Kognitiv komponent - ustanovka ob’ektiga aloqador bilimlar, g‘oyalar, tushuncha va tasavvurlar majmui;
B. Affektiv komponent - ustnovka ob’ektiga nisbatan sub’ekt his qiladigan real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar);
V. Harakat komponenti - sub’ektning ob’ektga nisbatan real sharoitlarda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo‘lish).
Bu uch xil komponentlar o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lib, vaziyatga qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo‘lishi mumkin. SHuni aytish lozimki, komponentlararo monandlik bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik burchi va tartib - intizom bilan juda yaxshi tanish bo‘lsalar ham, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars qoldirish», «jamoatchilik joylarida tartibni buzish» kabi holatlar kognitiv va harakat komponentlarida uyg‘unlik yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu bir qarashda so‘z va ish birligi tamoyilining turli shaxslarda turlicha namoyon bo‘lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulqka zid harakat qilsa, va bu narsa bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o‘rganib qoladi va ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. SHuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanksiyalar vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo‘lmasligiga yoshlarni o‘rgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki, anglanmagan yoki qisman anglangan motivlariga kiradi. Masalan, bir kishiga badiiy adabietdan ainan bir guruh asarlar guruhi yoki shu adib yokishini tushunmaidi Usha guruhdan yangi bir kitob kitob qo’lga kirganda u albatta yokishi kerak degan tasavvurda bo`ladi shu manoda olib qaralganda ijtimoiy ustanovka shaxsdagi anglanmagan munosatbatlarga o’xshaydi. Lekin aslida uning tabiati juda murakkabdir. Chunki ijtimoiy ustanovka tushunchasida munosabatlar ham, shaxsiy ma’no ham, baholar sistemasi ham, bilimlar ham o`z ifodasini topadi. Ya’ni ijtimoiy ustanovka shaxsning turli ijtimoiy ob’ektlarga nisbatan munosabat bildirishining ichki mexanizmidir, shu ob’ektlar bilan ishlashga, ularni baholashga hamda ma’lum tarzda idrok qilishga tayorgarlik holatidir.

Download 173.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling