Ii bo‘lim. Old tarix 1-bob. Old tarix fanining predmeti va uning boshqa fanlar tizimidagi o‘rni


Old tarixning o‘ziga xos xususiyati va uning ahamiyati


Download 20.53 Kb.
bet2/3
Sana08.01.2023
Hajmi20.53 Kb.
#1084264
1   2   3
Bog'liq
Ma\'ruza matni

Old tarixning o‘ziga xos xususiyati va uning ahamiyati.

Old tarix bilan shug‘ullangan olimlar, arxeologlar, antropologlar va etnograflarning olib borgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, ibtidoiy davr o‘zidan keyingi keladigan barcha tarixiy davrlarga nisbatan mehnat qurollarining soddaligi va ular xilining ozligi bilan belgilanadi. Shuningdek urug‘ jamoasi davrigacha yashagan odamlar aqliy va jismoniy jihatidan o‘z takomiliga yetmagan edilar.
Ibtidoiy davrning tongida ilk odamlarning tosh, yog‘och va suyaklardan yasagan qurollari shunchalar sodda ediki, bu ularning aqliy jihatidan takomillashmaganligi, mehnat malakasining pastligi va nihoyat ishlab chiqarish tajribasining kam bo‘lganligidan darak beradi.
Binobarin, mehnat qurollari xilining ozligi, soddaligi, qurol yasash texnikasi-usullarining rivojlanmaganligi, shuningdek o‘z imkoniyatlarini bilmaslik ibtidoiy kishilarni tabiat oldida, unda ro‘y beradigan turli-tuman dahshatli hodisalar, cho‘nonchi: yer qimirlash, chaqmoq chaqishlar, momoqaldiroq, vulqon otilishlari, sel-sovur, toshqinlar, yer surilishlari oldida ojiz va himoyasiz qilib qo‘ygan edi. Ayni paytda ilk odamlar o‘sha davrdagi har turli yirtqich va yovvoiy hayvonlar girdobida yashar edilar. Shunday ekan, ibtidoiy odamlar turli yirtqich va yovvoiy hayvonlar orasida yakka-yakka yashab, ularga qarshi ayrim-ayrim hollarda kurashishlariga imkon bermas edi. Shu ta'kidlamoq kerakki, ibtidoiy kishilarni bu dahshatli kuchlardan, xodisalardan, yirtqichlar hamlasi-yu, azob-uqubatlardan, mehnat, shunda ham umumlashib qilingan ijtimoiy mehnat qutqara olar edi xalos. Ibtidoiy kishilar birgalashib mehnat qilishlari va yashashlari natijasidagina qadamma-qadam tabiatning dahshatli kuchlarini asta-sekinlik bilan yenga borganlar.
Ibtidoiy davr kishilari birga yashab birgalashib mehnat qilishganlarida, umumlashib yirtqich hayvonlarga qarshi kurashmaganlarida ular qurshovida yashay olmas edilar. aksincha ularga yemish bo‘lib yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketar edilar.
Demak, umumlashib yashash va birgalashib mexnat qilish ibtidoiy kishilarni tabiatdagi yovuz kuchlardan osrab qoldi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki o‘sha davrdagi shart-sharoit ibtidoiy ajdodlarimizni birgalashib yashash va mehnat qilishga majbur etdiki, bunday birdamlik faqat insonga xos sifat bo‘lib, u boshqa jonivorlarda yo‘q edi.
Birgalashib yashash va mehnat qilish iste'mol mahsulotlarini, hamda, ishlab chiqarish vositalarini hamma uchun umumiy mulkka aylantirgan edi.
Old tarixning hamma davr va bosqichlarida umum mehnati natijasida hosil qilingan oziq-ovqat va boshqa iste'mol buyumlari u yoki bu guruhda, urug‘, oilada yashagan barcha katta kichik kishilar o‘rtasida barobar taqsimlanar edi. Lekin o‘sha davrlarda umumiy mulk bilan bir qatorda har bir kishining shaxsiy buyumlari ham bo‘lgan.
Kiyim-bosh, mehnat, jangovor va ov qurollari ibtidoiy kishilarining shaxsiy mulki hisoblangan. Ibtidoiy jamoa tuzumining hamma davrlarida ibtidoiy kishilar yashab turgan yer, o‘tloq, o‘rmon, suv manbalari va noz-ne'matlarga hammaning egalik qilishi, tenglik mavjud edi.
Shunday ekan, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida xususiy mulk ham mulkiy tengsizlik ham, tabaqalar ham, to‘dada va urug‘ jamoasida ayrim kishilar mehnatini boshqa kishilar tomonidan suyiste'mol qilish ham bo‘lmagan. Shunday ekan, urug‘ va qabiladan alohida ajralib turuvchi nufuzli kishilar, binobarin zo‘ravonlikka asoslangan xokimiyat ham yo‘q edi.
Shunday qilib kishilikning ibtidoiy old davrida ijtimoiy tabaqalar bo‘lmagan, davlatsiz jamiyat ediki, yevropaning ilg‘or fikrli olimlari uni hamma barobar, teng bo‘lgan ibtidoiy kommunistik jamiyat deb ta'riflagan edilar.
Old tarix kishilik tarixining eng ko‘hna, eng dastlabki, ayni paytda eng oddiy, sodda shakli bo‘lib, qariyb 4,5-4 million yillik katta tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. U ham bir-biridan ham ijtimoiy, ham iqtisodiy, ham madaniyati jihatidan farqlanuvchi turli davr va bosqichlarga bo‘linadi.
Tarixiy nuqtai nazaridan u ibtidoiy to‘da va urug‘ jamoasi davrlariga, arxeologik nuqtai nazaridan esa tosh, mis-tosh, jez va ilk temir davrlariga bo‘linadi.
Ibtidoiy tarixning to‘da davri arxeologik davrlashtirishning eng qadimgi tosh asrining ilk va o‘rta bosqichiga to‘g‘ri keladi.
Bu davrda odamzod shakllanishda davom etib o‘z qo‘li bilan ilk mehnat qurollarini yaratib, sun'iy olov hosil qilishga erishda va moddiy madaniyatga poydevor toshini qo‘ydi. mazkur davrda ma'naviy madaniyatning ilk ko‘rtaklari ham shakillandi.
Shu ta'kidlab o‘tmoq joizki, kishilikning ibtidoiy to‘da davri bir joyda qotib qolmadi. Jamiyat taraqqiyotining rivojlanish qonuniyatlariga muvofiq u rivojlanishda davom etdi va urug‘ jamoasining vujudga kelishi uchun zamin yaratdi.
Miloddan avvalgi 50-40 ming yilliklarga kelib ibtidoiy to‘da o‘rnini urug‘ jamoasi davri egalladi. Bu davrdagi eng buyuk hodisa antropogenez jarayonining tugallanishi va hozirgi qiyofadagi odamlarning vujudga kelishi edi.
Urug‘ jamoasining vujudga kelishi ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi eng katta burilish edi.
Urug‘ jamoasining vujudga keligi munosabati bilan jamiyat hayotida birin-ketin katta-katta o‘zgarishlar yuz bera boshladi.
Urug‘ jamoasi davriga kelib, odomzod yer sharidagi 6 qit'aning 5 tasi bo‘ylab keng tarqaladi.
Shu ta'kidlab o‘tish kerakki, uzoq davom etgan tosh asri qator yirik kashfiyotlar amlga oshirilganligi bilan ko‘zga tashlanadiki, bu esa o‘z o‘rnida insoniyatning bundan keyingi butun rivojiga jiddiy ta'sir ko‘rsatgan.
Xuddi shu tosh asri davomida odamlar olov hosil qilish va undan foydalanish san'atini egalladilar. Ayni paytda ibtidoiy kishilar kiyim-bosh, o‘q-yoy, qayiq, chana, chang‘i kabi harakat vositalarini kashf etib, boshpana ko‘rishni takomillashtirdilar. Tosh, yog‘och va suyakdan turli-tuman mehnat, ov va jangovor qurollar, uy-ro‘zg‘or buyumlarni yaratdilar. Tosh asrining yakunlovchi bosqichi hisoblangan neolit-yangi tosh asrida esa kulolchilik va to‘qimachilik ishlab chiqarilishi o‘zlashtirildi. Tosh asrining oxiri hisoblangan yangi tosh davri qurollari ishlash texnikasida silliqlash, pardozlash, arralash va parmalash kabi yangi usullar ixtiro etildi. Shu davrda kishilik jamiyatning iqtisodiy xo‘jalik hayotida juda ahamiyatga molik burilish sodir bo‘ldi. Bu ovchilik va termachilikka asoslangan o‘zlashtiruvchi xo‘jalikdan dehqonchilik va chorvachilik ishlab chiqarish xo‘jaligiga o‘sib o‘tish edi. Xo‘jalik sohasidagi bu burilishni tadqiqotchilar xususan, mashhur ingliz arxeologi G.Chayld “neolit revolyusiyasi” – “yangi tosh asri inqilobi” ,- deb ataydi. Uning eng muhim natijalaridan biri ortiqcha oziq-ovqat mahsulotlarining ishlab chiqarilishi edi. Ortiqcha oziq-ovqat ishlab chiqarishi tufayli xo‘jalikning barqarorligi beqiyos darajada o‘sdi. odamlarning turmush darajasi ancha yaxshilandi, aholi soni o‘sib, ijtimoiy tuzum tarkibini murakkablashtirish uchun shart-sharoit yaratdi. Neolit-yangi tosh davrida yer sharining qulay, odam yashaydigan ba'zi joylarida tarixiy xo‘jalikning dastlabki notekis rivojlanish yaqqol namoyon bo‘la boshladi.
Miloddan avvalgi 6-3 ming yilliklar orasida ma'danlar-avval mis, so‘ng jez kashf etildi. Ulardan mehnat qurollarining yasalish mehnat unumdorligini birmuncha oshirdi. Bu esa o‘z o‘rnida ortiqcha oziq-ovqat maxsulotlarini yetishtirishga imkon yaratdi. Shu davrdan boshlab dehqonchilik, xunarmandchilik, chorvachilik va savdo-sotiq asta-sekin rivoj topaboshladi. Buning oqibatida mehnatning birinchi, ikkinchi va uchinchi ijtimoiy taqsimoti uchun shart-sharoit yaratib, kishilar orasida mulkiy tengsizlik va tabaqalanish paydo bo‘lishiga olib keldi. Bular esa o‘z o‘rnida jamiyat boshqaruv tizimida jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Nihoyat Misr, Mesopatamiya, Kichik Osiyo, Yunoniston, Eron, Xindiston va Xitoyda ilk davlatlarning tashkil topishiga olib keldi. Shuni alohida ta'kidlamoq joizki, moddiy madaniyat mehnat qurollari, uy-joy, kiyim –bosh va kishilarning kundalik hayoti uchun zaruriy buyumlar ibtidoiy jamoa tuzumi davrida kashf etildi. Ibtidoiy inson o‘zining aql-zakovati, tili, tafakkuri va ahloq odobi bilan tabiatdagi boshqa oliy darajadagi mavjudodlardan tubdan farq qilgan. U o‘zining aql-zakovati, tafakkuri va ular bilan chambarchas bog‘liq mehnat faoliyati tufayli kishilikning ma'naviy madaniyatiga ham asos soldi.
Bularning barchasi, bu keksa o‘tmish va unda yashagan kishilar mehnat faoliyati har qanday sharoitda zamonamiz va kelajak avlodlarning hammasi uchun g‘oyatda qiziq davr bo‘lib qoladi. Chunki bu davr eng keyinchalik bo‘ladigan yanada yuksakroq taraqqiyotni shakillanishi uchun zamin hozirladi. Bularning barchasi zamonamiz uchun, kelajak uchun beqiyos ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatuvchi dalildir. Ibtidoiy davr kishilarining xo‘jalik, moddiy va ma'naviy madaniyat sohalarida erishgan yutuqlari ba'zi olimlarning ibtidoiy yoki “vahshiy” odamni “nodon” deb bildirgan fikrlariga qarshi yorqin daliliy isbotdir. Old ibtidoiy tarixning mohiyati shu bilangina kifoyalanmaydi va cheklanmaydi.
Old tarix haqidagi ma'lumotlarni bilish nazariy jihatdan tashqari bir qator amaliy ahamiyatga ham egadir. Ibtidoiy tarixni chuqur o‘rganish esa, ibtidoiy jamoa tuzumining turli bosqichlarida, shuningdek ibtidoiy jamoa, qabila va xalqlar hayotini qayta qurishlarida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, insoniyat jamiyat hayotidagi ko‘pdan-ko‘p voqyealar va narsalar ibtidoiy jamoaning o‘sha keksa va qadimiy zamonlarida shakllanadi, vujudga keldi va rivoj topdi.

Download 20.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling