Ii bo‘lim. Old tarix 1-bob. Old tarix fanining predmeti va uning boshqa fanlar tizimidagi o‘rni
Download 20.53 Kb.
|
Ma\'ruza matni
II - Bo‘lim. Old tarix 1-BOB. Old tarix fanining predmeti va uning boshqa fanlar tizimidagi o‘rni. Old tarix fanining predmeti va boshqa fanlar bilan aloqasi. Tarix arabcha so‘z bo‘lib, tabiat va jamiyatdagi o‘tmish voqyealar, voqyeylik degan ma'nolarni anglatadi. Uning ulug‘ligi shundaki, bizga ma'lum bo‘lgan fanlarning hammasi tabiat va jamiyat qo‘ynida tug‘ilgan va tug‘iladi. Tarix tabiat va jamiyat tarixidan iborat bo‘lib, ular bir-birlari bilan uzviy ravishda bog‘langan. Tabiat tarixi yer va koinotdagi barcha naosalar haqida, jamiyat tarixi esa bashariyat-inson faoliyati haqida bahs yuritadi. Jamiyat tarixi tabiat tarixining davomidir. Shuni ta'kidlamoq joizki, koinot tarixi cheksiz, chegarasizdir. yer tarixi esa 5,5-5 milliard yilga teng. yerdagi tirik mavjudodlar tarixi esa 3,3-3 milliard yillik qadimiylikka ega. Boshqa tirik mavjudodlar kabi inson ona yer farzandi hisoblanadi. Olimlarning fikricha bashariyat tarixining ilk bosqichi 4-4,5 million yilga borib taqaladi. Ammo bashariyat tarixi yer va boshqa tuban mavjudodlar tarixiga nisbatan juda qisqa davrni o‘z ichiga oladi. Olimlar bashariyat tarixini bir-biridan farqlanuvchi turli davr va bosqichlarga bo‘lib o‘rganadilar. Bir guruh olimlar uni ibtidoiy, quldorlik, feodal, kapitalizm, sotsiolizm va uning so‘nggi bosqichi hisoblangan kommunistik deb atalmish ijtimoiy iqtisodiy tuzumlarga bo‘lganlar. Olimlarning boshqa guruhlari esa bashariy tarixini ibtidoiy, qadimgi, o‘rta asrlar, yangi va eng yangi kabi tarixiy davrlarga ajratiladi. Ayrim tadqiqotchilar esa o‘tmishni yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya kabi tarixiy davrlarga bo‘lganlar. Bashariyat tarixi qanday davrlarga bo‘linishidan qat'iy nazar ularning eng qadimgisi va boshqa davrlarga nisbatan uzoq davom etgani ibtidoiy tarix, ya'ni insoniyatning old tarixidir. Yangi dalillarga ko‘ra kishilikning old tarixi davrimizdan 4-4,5 million yil ilgari boshlangan, uning yakunlovchi bosqichi miloddan avalgi IV mingyillikning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Ammo ibtidoiy davrning so‘nggi bosqichlarida ishlab-chiqarishning notekis rivojlanishi tufayli yer yuzining muayyan joylarida ibtidoiy jamoa va uning qoldiqlari uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi. Shuni takidlash lozimki, Braziliya changalzorlari, Afrika o‘rmonlari, Filippin va Avstraliyaning ba'zi joylarida ibtidoiy jamoa tuzumining so‘nggi bosqichi darajasida hayot kechirayotgan qabilalar, etnik guruhlar va kishilar jamoasi hamon yashab kelmoqdalar. Old tarix fani, yerda odamzodning paydo bo‘lishidan tabaqalar va ilk davlatlarning qaror topishigacha bo‘lgan 4-4,5 millionlik katta tarixiy davrni qamrab oladi. Birinchi ijtimoiy tuzum ibtidoiy jamiyatning shakillanishi, rivojlanishi va tabaqaviy jamiyatga o‘sib o‘tish jarayonlarini o‘rganadi va tadqiq etadi. Kishilikning shu ilk bosqichi old tarix fanining asosiy mavzusi hisoblanadi. Jahon fanshunosligida ibtidoiy old tarix yagona tarix fanining alohida bo‘limini tashkil etadi. Kishilik jamiyati tarixining boshqa davrlari ko‘priq yozma manbalarga asoslanib o‘rganiladi. Ibtidoiy tarix arxeologik, antropologik, etnografik, lingvistik, arxeozoologik, arxeobotanik va boshqa manbalarga tayanib o‘rganiladi. Chunki ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yozuv ham yozma manbalar ham bo‘lmagan. Xorijiy mamlakatlardaga ayrim olimlar old tarixni antropologiya-odam haqidagi umumiy qan qatoriga qo‘shadilar. Shuni unitmaslik kerakki, antropologiya tabiiy fan bo‘lsa, tarix shuningdek, old tarix siyosiy, ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi. Old tarixning nomi masalasida ham olimlar orasida turli qarashlar mavjud. Ibtidoiy davr tarixi bilan shug‘ullangan ko‘pgina olimlar, g‘arbdagi adabiyotlarda qo‘llangan va qo‘llanib kelinayotgan “tarixgacha” degan atama ibtidoiy jamoa tuzumiga muvofiq emasligini ta'kidlab o‘tadilar. Ba'zi olimlar kishilikning bu eng qadimga davrini “tabaqaviy jamiyatgacha bo‘lgan tarix”, “yozuvgacha bo‘lgan tarix” kabi, mazkur jamiyatning mohiyatiga unga muvofiq kelmaydigan nomlar bilan ataydilar. Mavzu va mantiq jihatidan “Ibtidoiy yoxud old tarix” degan atama kishilikning bu keksa, mo‘ysafid davriga ancha to‘g‘ri keladi. Yana shuni ta'kidlab o‘tish kerakki qator g‘arb tillarida “old”, “ibtidoiy”, “oddiy”, “sodda” so‘zlari sinonim sifatida qo‘llanilar ekan. Ammo rus tilida “ibtidoiy” bilan “oddiy, sodda” so‘zlar sinonim emas ekanlar. Xulosa shuki, kishilikning bu eng qadimgi davrini “old tarix” deyish maqsadga muvofiqdir, chunki u bizga ma'lum bo‘lgan beshta ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning ilk bosqichidir. Download 20.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling