Ii bosqich 206-guruh talabasi qilichova Matlubaning


Download 101.6 Kb.
bet2/7
Sana19.06.2023
Hajmi101.6 Kb.
#1621609
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qilichova Matluba kurs ishi

Mavzuning vazifasi.«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish uzluksiz talim tizimining tuzilmasi hamda mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajriba asosida takomillashtirishni ko’zda tutadi. Buning uchun, avvalo, barcha talim muassasalaridagi dars jarayonlarini ilgor, ilmiy uslubiy jihatdan asoslangan zamonaviy uslubiyot bilan taminlash lozim. Yosh avlodga talim-tarbiya berishning maqsadi, vazifalari, mazmunini yangilash tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Barchamiz bugun chuqur anglab oldik-faqatgina zamonaviy asosda talim-tarbiya olgan, jahonning manaman degan mamlkatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va manaviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga kotarishga qodir boladi. Har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni yetishtirish uchun albatta malakali, o’z mutaxassisligini chuqur egallagan oqituvchilar zarur. SHuning uchun xozirgi kunda oqituvchilar oldiga juda kop vazifalar qoyilmoqda. Shu bilan birga talabalarga xam. Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod talim-tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Talim-tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yonalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O’[zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan talimtarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da alohida takidlangan milliy model O’zbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda Professor-oqituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga puxta talim berish, ularni jismoniy va manaviy etuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir.
Mavzuning maqsadi. Talabalar tugrisidagi malumot beruvchi bu tizimning yaratilishi ushbu institut xodimlariga yordam berish ish samaradorligini oshirishga ish vaqtini kamaytirish monitoring qilish sababchi buladi. Davlatimizda ta'lim sifatini yaxshilashda talabalar davomating o'ziga hos o'rni.Talabalarning davomatini yaxshilashga tomonidan olib borilayotgan chora tadbirlar amalda o’z ifodasini topmoqda. Har bir davlat kelajagi fuqarolarining intellektual salohiyatiga, madaniyati, bunyodkorligiga tayanadi. Zero, eski talim-tarbiya asosida yangi jamiyat qurib bo’lmaydi. Shu jihatdan mamlakatimiz kelajagi, shubhasiz kadrlar tayyorlash masalasiga bevosita bogliq. Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarni egallagan barkamol, tashkilotchi va zukko kadrlarga ega bo’lish uchun talim tarbiya dargohlaridagi sharoitlarni birinchi navbatda sobiq sho’rolardan qolgan talim-tarbiya tizimni tubdan o’zgartirish, hozirgi davr talablari darajasiga ko’tarish zarur va muhimligini hayot taqozo etmoqda. Istiqlol yillarida mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish, milliy kadrlar tayyorlashni zamon talablari darajasiga ko’tarish masalasiga jiddiy e’tibor qaratila boshlandi.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov hali davlatimiz mustaqilligni qo’lga kiritmagan kezlardayoq o’z nutqida ― Fanga iste’dodli yoshlarning kirib kelishini ta’minlash uchun kompleks tadbirlar turkumini amalga oshirish zarur deb o’yladi. Bu borada oliy maktabning, hatto o’rta ta’lim maktablarining faoliyatini tubdan qayta qurish kerak degan edi. I.Karimov o’sha vaqtlardanoq amaldagi sobiq shorolar ta’lim tizimi talabga mutlaqo javob bermayotgani, respublikamiz dadil oyoqqa turib olmog’i uchun unga malakali kadrlar va bunday kadrlarni tayyorlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan dastur zarurligini ko’p bor takidlagan edi. Bu borada mustaqillik yillarida O’zbekistonda muayyan ishlar amalga oshirildi. O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek, ― tarixan O’zbekiston Respublikasida shakllangan intellektual salohiyat XXI asr bo’sag’asida o’zining rivojlanish darajasi jihatidan, innovatsion kashfiyotlar, imkoniyatlari bilan hozirgi vaqtda jahondagi ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlardan ilgarilab ketgan. O’zbekistonda mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Iqtisodiy qiyinchiliklar hamda otish davri muammolariga qaramasdan sovet tuzumi davrida shakllangan ilm-fan infrastrukturasi bir tomondan saqlab qolindi, boshqa tomondan uning yanada rivojlanishi uchun huquqiy, ma’naviy, iqtisodiy asoslar yaratildi. Jumladan, O’zbekiston Konstitutsiyasining 42-moddasida―Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi, deyilgan Barkamol avlod talim-tarbiyasi O’zbekiston davlati siyosatining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Zotan, bugun kamol topayotgan yoshlarimiz jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanishi hamda madaniyatning o’sishini taminlovchi asosiy kuch hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridan jamiyatdagi yangilanish va islohotlar, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, davlatning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining asosiy bo’g’ini sifatida talim tizimini isloh qilish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Talim tizimidagi islohotlar – ijtimoiy siyosiy jarayonda mustaqil fikrlaydigan, istiqbolli maqsadlarni aniqlaydigan va ularning yechimini topa oladigan, ijodkor, yuksak kasbiy madaniyatga ega bolgan yangi avlod kadrlarini shakllantirishga yo’naltirilgan.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov ilm-fanning jamiyat ijtimoiy taraqqiyotidagi o’rnini belgilar ekan, ― har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot - bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, degan edi.
Bugun rivojlanayotgan jamiyatimizga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mukammal egallagan, teran fikrlaydigan, tashabbuskor, jismonan va ma’nan sog’lom, barkamol yoshlar kerak. O’zining oilasiga, xalqiga va Vataniga sadoqatli, barkamol shaxslarni tarbiyalash muammolari doimo davlat va jamoatchilikning diqqat markazida bo’lib kelgan.
Insonda qachonki insonparvarlik g’oyalari ustun bo’lsa, siyosiy ongi yetuk bo’lsa, atrof-muhitga munosabati sog’lom bo’lsa, bir so’z bilan aytganda umumbashariy qadriyatlar ustun bo’lsagina bunday insonlar mavjud bo’lgan jamiyatni biz fuqarolik jamiyati deb atay olamiz. Shunday ekan, istiqbolimizni belgilaydigan talim sohasini isloh qilish mamlakatimizdagi eng dolzarb muammolardan biri sifatida XX asr oxirlarida maydonga chiqdi. Aynan ana shu talim sohasi kelajagimizni yaratadi.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning talim sohasini isloh qilishga qaratilgan nutqlari, ilmiy asarlarini o’rganib, nazariy jihatdan taxlil qilish asosida quyidagilarni bugungi kunimiz uchun o’ta zarur deb ajratdik:

Download 101.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling