Ii chorak adabiyot 8-sinf


Download 14.97 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi14.97 Kb.
#1245008
Bog'liq
2 chorak test adabiyot 8-sinf


II chorak adabiyot 8-sinf

1. . Nodiradan bizgacha qancha devon qoldi?


A. 1ta B. 2ta C. 3ta D. 4ta
2. Doda keldim..” g’azalining qofiyalari ketma-ketligi to’g’ri berilgan qatorni toping
A) dodim-ozodim-faryodim-shamshodim- yodim-obodim-parizodim-noshodim
B) dodim-faryodim-ozodim-shamshodim- obodim-yodim-parizodim-noshodim
C) dodim-faryodim-shamshodim-ozodim- obodim-yodim-parizodim-noshodim
D) dodim-faryodim-ozodim-shamshodim- yodim-obodim-parizodim-noshodim
3. Mumtoz she’riyatimizda uchraydigan “begona bayt” tushunchasini izohlang.
A. Biror shoir g’azaliga nazriy bog’lanib, uning aynan ko’chitirib olingan birinchi bayti
B. Maqta’dan oldingi bayt
C. Lirik chekinish, ya’ni she’r mavzusidan bir oz chetlashtirilgan bayt
D. G’azalning oxirgi bayti
4. Qaysi g’azalda tazod san’atining go’zal namunalari ham uchrab, matla’dagi “shah” bilan “benavo” so’zlari ortasida yuzaga chiqqan ajib bir qarama-qarshilik fikrni kuchaytirishga oshiq holatini yanada aniqroq tasvirlashga xizmat qilgan?
A. Dodim eshit B. Etib ket
C. Kelmadi D. Oqibat
5. Mumtoz adabiyotimizda go’zallik ramzi hisoblangan payg’ambarni aniqlang.
A. Yoqub C. Muhammad
B. Nuh D. Yusuf
6. Nodiraning “...Ehtiyoj”, “Doda keldim...” , “Kel dahrni...” she’rlari qaysi janrda yozilgan?
A. Muashshar C. G’azal
B. Musaddas D. Qit’a
7 . Asli ismi Mohlaroyim bo’lgan shoira?
A. Komila C. Maknuna
B. Nodira D. A, B va C
8. Nodira ijodida uchraydigan “salotin sarvari” so’zining ma’nosi nima?
A . Ota C. Olloh
B. Podsholar yetakchisi D. Vazir
9. Badiiy asarda biror voqea-hodisa, tarixiy fakt,adabiy yoxud afsoniy qahramon nomini tilga olish yoki unga ishora qilib o'tish sanáti qanday sanát hisoblanadi?
A. Talmeh B. Irsoli masal
C. Tajnis D. Tashbeh
10. Ushbu g'azal 9 baytdan iborat bo'lib, vazni mumtoz adabiyotimizda ko'proq ruboiy bitiladigan a'nánaviy hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf vaznida yozilgan. Ushbu ta'rif qaysi g'azal haqida?
A. Dodim eshit B. Etib ket
C. Kelmadi D. Oqibat
11.A. Navoiy zamondoshlariga yo’llagan xatlarini yig’ib tuzgan to’plami?
A.”Xamsa” C. “Lison ut-tayr”
B. “Munshaot” D. “Mahbub ul-qulub”
12. Nodiraning turkiy devoida nechta g’azal mavjud?
A. 170ta C. 189ta
B. 200ta D. 300ta
13. _______ shunday janr, unda qofiyaga olingan so’z yoki so’zlar turkumi o’zaro shakldoshlik paydo qilishi shart.
A. tuyuq C. ruboiy
B. fard D. qit’a
14. Garchi bore di musaxxar devlar farmonida
Poymoli xayli mo’r o’ldi Sulaymon oqibat – baytida qanday badiiy san’at ifodalangan?
A. Tashbeh B. Irsoli masal
C. Tajnis D. Talmeh
15. G’afur G’ulomning dastlabki she’riy to’plami?
A. “Dinamo” C. “Ko’klam”
B. “Mitti yulduz” D. “Tirik qo’shiqlar”
Download 14.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling