Ii. Modul. Gidrodinamika Reja
Download 1.07 Mb.
|
2-mavzu Gidrodinamika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
- Suyuqliklarda oqim turlari va uzluksizlik tenglamasi. Bernulli tenglamasi
- Bernulli ifodasi
II.Modul. Gidrodinamika Reja Suyuqliklarda oqim turlari va uzluksizlik tenglamasi. Bernulli tenglamasi. Yurak va qon tomirlari yopiq biofizik sistemaligi va qonning oqimida qon tomirlari elastiklik xususiyatining ahamiyati. Yurakning ishi va quvvati. Qon bosimi va uni o’lchashning biofizik mohiyati. Ko’chish hodisasining fizik mohiyati, uning turlari va zaruriy shartlari. Ko’chish tenglamalari. FIK vaFURE qonunlari. Biologik sistemalarida ko’chish hodisalari: o’pka va teri qatlamlarida diffuziya. Tirik organizmda issiqlik almashinishining biofizik asoslari. Chorvachilik binolarida konveksion oqim. Termodinamik jarayonlar. Tayanch so’z va iboralar: uzluksizlik, viskozimetriya, sistola, diastola, stasionar, oqim chiziqlari, uyurma, turbulent, laminar, yopishqoqlik, ichki energiya, puaz, diffuziya, gradiyent, konveksiya, impuls, termos, kopellyar, lipid, oqsil, Entropiya, ichki energiya, issiqlik miqdori, termodinamik tizim, issiqlik sig’imi, issiqlik mashinasi, keltiradigan issiqlik miqdori. Suyuqliklarda oqim turlari va uzluksizlik tenglamasi. Bernulli tenglamasi. Suyuqliklar qattiq jismlardan farq qilib, suyuqlikni tashkil qilgan zarrachalar bir – biriga nisbatan ancha siljishi mumkin. Agar suyuqlikning tezligi qaralayotgan hajmning har bir nuqtasida vaqt o’tishi bilan o’zgarmasa, bu suyuqlik harakati barqaror (stasionar) harakat deyiladi. T. Yopishqoqli mgi mutloqo bo’lmagan suyuqlikka ideal suyuqlik deyiladi. Suyuqlik harakatini grafik usulda namoyon qilish uchun oqim chiziqlari degan tushuncha kiritiladi. T. Oqim chiziqlari deb, bu chiziqlarning har bir nuqtasiga o’tkazilgan urinma zarrachalar tezligi vektori bilan ustma –ust tushadigan chiziqlarga aytiladi. Stasionar harakatda suyuqlik zarrachalarining trayektoriyasi oqim chiziqlari bilan mos keladi. Agar suyuqlik zarrachalari harakati (oqim chiziqlari) bir - biriga parallel bo’lsa, bunday oqimga lominar (qatlamli) oqim deyiladi. Agar zarrachalar harakati bir - biriga aralashib yuz bersa turbulent (uyurmali) oqim deyiladi. Real suyuqlikni siqish mumkin: bosim ortishi bilan uning hajmi kamayib, zichligi ortadi. M: bosim birdan 100 atm.ga ortganda uning zichligi atiga 0,5% o’zgaradi. Demak suyuqlikni siqish juda qiyin. Harakatdagi suyuqlik bosimi odatda o’zgarmas bo’ladi. Real suyuqlik yopishqoqdir. Harakatlanuvchi suyuqlikda hamma vaqt ichki ishqalanish kuchlari bo’ladi. Endi ideal suyuqlik oqimi uchun uzluksizlik tenglamasini chiqaramiz. Oqim nayida ikkita ko’ndalang kesim olaylik, S1 va S2. Bularda suyuqlik tezliklari V1 va V2. - vaqt oralig’ida bu kesimlardan bir xil - massali suyuqlik o’tadi (rasm). Keng kesimdan o’tgan suyuqlik hajmi asos S1 va balandligi V1 - bo’lgan silindr shaklida bo’ladi ya’ni u S1V1 ga teng. Ikkinchi kesimdan S2V2 hajmli suyuqlik o’tadi. U holda (3.1) (1) da kesimlar ixtiyoriy tanlangan va vaqt bir xil bo’lgani uchun SV = const (3.1`) Demak berilgan oqim nayi uchun nay kо`ndalang kesim yuzining suyuqlikning oqim tezligiga ko’paytmasi o’zgarmas kattalikdir. (1) va (1`) munosobatlarga oqimning uzluksizlik tenglamasi deyiladi. Nayning tor qismlarida tezlik katta bo’ladi. Endi faraz qilaylik kesimlari S1 va S2 bo’lgan trubkadan suyuqlik oqayotgan bo’lsin. S1 kesimda tezlik V1, bosim P1, balandlik h1 bo’lsin. S2 kesimda esa bosim P2, tezlik V2, balandlik h2 bo’lsin. Kichik vaqt ichida suyuklik S1va S2kesimdan S`1 va S`2 kesimga o’tadi. Energiyaning saqlanish qonuniga binoan to’la energiyaning o’zgarishi E2 – E1, m massali suyuqlikni ko`chirishda bajarilgan A ishga teng. E2 – E1 = A (3.2) Bu ish S1 va S2 orasidagi suyuqlikni vaqt ichida ko`chirishda bajarilgan ishga teng. m massali suyuqlikni S1 dan S1 gacha ko`chirishda masofa o’tsa, S2 dan S 2 gacha esa masofa o’tadi. va lar juda kichik bo’lgani uchun (3.3) Bunda va (oqimga qarshi yo’nalgan). To’la energiya esa potensial va kinetik energiyalar yig’indisidan iborat, u holda (3.4) (2) va (3) gaasosan Ikkala kesimdan bir xil miqdordagi suyuqlik o’tadi, u holda Demak oxirgi ifodani ga bo’lsak (3.5) Kesim ixtiyoriy tanlangani uchun (3.5 ) Bu Bernulli ifodasi. Bunda P - statik bosim, - gidrostatik bosim, - dinamik bosim. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling