Ii. Modul. Gidrodinamika Reja


Biologik sistemalarida ko’chish hodisalari: o’pka va teri qatlamlarida diffuziya


Download 1.07 Mb.
bet5/7
Sana15.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1485095
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu Gidrodinamika

3. Biologik sistemalarida ko’chish hodisalari: o’pka va teri qatlamlarida diffuziya.
Biologik sistemalarda ko’chish xodisasi muhim rol o’ynaydi. Kislorod musqul mitaxandriyasiga atrof havodan asosan diffuziya tufayli borib yetadi (-95%). Kilorod bilan taminlash bir necha bosqichda boradi: o’pkada havo almashinuvi, kislorodning qonga diffuziyasi. Kislorodning qonga diffuziyasi o’pkaning alveoli (insonda 700mln.ta) (pufakchalari) orqali amalga oshadi. Fik qonuniga binoan alviolada diffuziya bo’lishiga pufakcha ichida kislorod mavjudligi va kislorodning qonga diffuziya bo’ladigan menbrana parda sirtida kislorodning ancha kichik konsentrasiyaga ega bo’lish sabab bo’ladi. Diffuziyani oshirish uchun diffuziya bo’ladigan sirtni oshirish zarur. Shu sababli sut emizuvchilarning o’pkasi amalda ko’plab alviola xaltachalaridan iborat bo’ladi.
Anfibiyalarda gaz almashinish nafaqat o’pka orqali, balkim ularda tananing hamma sirti katta rol o’ynaydi. Shu sababli ular terisi ko’plab tomirlar bilan taminlangan bo’lib, ular orqali kislorod qonga diffuziyalanadi. Ko’plab baliqlar uchun jabra asosiy va yakkayu – yagona nafas olish organidir. Diffuziyalanish qobilyati jabra sirtining yuzasi bilan aniqlanadi.
Ko’plab zaryadlanmagan moddalarning hujayra menbranasi orqali o’tishi diffuziya qonuniga bo’ysunadi. Lipid suyuqlikda diffuziyalanuvchi sferik zarrachalar uchun diffuziya koeffisenti Stoks – Eynshteyn formulasidan aniqlanadi (lipid – yog’ yoki yog’simon modda)
(4.12)
Suvdagi mayda molekulalar uchun D-10-9 m2/s-
Biologik menbrana orqali moddalarning diffuziyalanishini o’rganish, moddaning kirish qobiliyati bilan ularning lipidlarda erishi orasidagi bog’lanish borligi aniqlandi. Uzoq vaqtlar davomida molekulalar menbranalarning lipid qismidan ularda eruvchanlik qobiliyati tufayli o’tadi deb kelindi. Ammo kichik gidrofil molekulalar menbranadagi tirqishlar orqali o’tishi mumkin ekan.
Biologik parda orqali turli xil birikmalar o’rtasida, uncha katta bo’lmagan amainakislota molekulalari va monosaxaridlar ko’plab hujayra pardalari orqali oddiy diffuziya yo’li bilan o’ta olmaydi. Fiziologik sharoitlarda ba’zi moddalar (suv, siydik) xujayraga tirqishlar orqali erkin diffuziya tufayli o’tadi. Ichakda yog’larning yutilishi kuchli lipofilligi tufayli ro’y beradi. Hujayrada erkin diffuziyaning tezlashuvi ko’chish sirtining oshishi hisobiga bo’ladi. Masalan: ingichka ichak epitelesi ko’plab qatlamlardan tashkil topgan bo’lib, ular sitoplazma pardasi sirtida kichik tuklar hosil qiladi. Organizmda diffuziyalanuvchi moddalar konsentrasiyasining gradiyenti bo’lishi asosan qon va limfo orqali olib o’tilgan moddalarning chiqarilishi tufayli yuz beradi. Masalan: 100g. miya moddasi 1 minutda 10ml kislorod yutadi, bu esa yurakga nisbatan 10 marta ko’p.



Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling