Ii. Modul. Gidrodinamika Reja
Yopishqoqlik koeffisiyenti va uni o’lchash usullari
Download 1.07 Mb.
|
2-mavzu Gidrodinamika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yurak va qon tomirlari yopiq biofizik sistemaligi va qonning oqimida qon tomirlari elastiklik xususiyatining ahamiyati.
2. Yopishqoqlik koeffisiyenti va uni o’lchash usullari.
T. Yopishqoqlik deb real suyuqliklar bir qatlamining boshqa qatlamga to`sqinlik qilish qobiliyatiga aytiladi. Bir qatlamning ikkinchi qatlamga nisbatan harakatida sirtga urinma yo’nalgan ichki kuchlar yuzaga keladi. Yopishqoqlik haroratdan bog’liq bo’lib, suyuqlik va gazlar uchun turlichadir. Suyuqliklar uchun harorat oshganda kamayadi, gazlarda esa teskari holat yuz beradi. Qonning yopishqoqligi 37oС da 4.10-3 Pa/s ga teng. Qonning oqish tezligi kichik bo’lganligi uchun uni lominar oqim deb olish mumkin. Qon molekulalari va arteriya devorlari orasida ishqalanish tufayli arteriya chetlarida oqim nolga teng. Arteriya markazida tezlik eng katta bo’ladi. Demak arteriya devorlari oldida bosim katta va tezlik kichik bo’lganligi uchun qon to’qimalari arteriya markaziga itariladi. Agarda biror sababga ko’ra arteriya devorlari qalinlashsa kukrak qafasida og’rik paydo bo’ladi. Buning natijasida arterioskliroz yuzaga kelishi mumkin. Bundan qutilish uchun organizmga nitroglisirin yuborish kerak. Yuqorida aytilganidek haroratning o’zgarishi qon yopishqoqligining ham o’zgarishiga olib keladi. Boshqacha aytganda harorat oshsa qonning yopishqoqligi kamayadi, lominar oqim turbulent oqimga o’tadi va qon harakat tezligi oshadi. Lominar oqim oddiy bo’lib tezlik kichik bo’lganda yuz beradi. Agarda tezlik oshsa oqim turbulent holatga o’tadi. bu o’tish chegarasi o’lchamsiz kattalik Reynold soni orqali aniqlanadi. (3.10) Bunda - truba diametri, - suyuqlik zichligi, agarda bu son 2000 dan kichik bo’lsa truba orqali oqim lominar, bundan katta bo’lsa turbulent oqim bo’ladi. Arteriyada qon oqimi uchun bu sonning qiymati 800 ga teng, demak Reynolds soni 800 dan katta bo’lsa organizmda patologik o’zgarishlar yuz beradi. Yurak va qon tomirlari yopiq biofizik sistemaligi va qonning oqimida qon tomirlari elastiklik xususiyatining ahamiyati. Yurak va qon tomirlari yopiq biofizik sistemadir. Yurak nasos rolini bajaradi. Yurak va qon tomirlari tuzilishi, hamda yurak faoliyatini o’rganish elektron sxemasi: u-elektr kuchlanish, D-diod, C-kondensator,R- rezistor Yurakni kuchlanish manbai U deb olsak, yurak klapani D diod rolini o’ynaydi, ya’ni bir tomonga ochiladi xolos. Kondensator yarim davr ichida zaryadlanadi, yarim davr ichida esa R orqali razryadlanadi. Kondensatorning roli qon bosimining tebranishlarini tekislashdir. Qon tomirlarini tarmoqlangan naychalar sifatida olish mumkin. Suratda 1-2 aorta, 2-3 arteriyalar, 3-4 arteriolalar, 4-5 kopelyarlar, 5-6 venulalar, 6-7 venalardan iborat. Yurak muskullarining qisqarishida (sistolada) qon yurakdan aortaga va undan tarqalib ketuvchi arteriyalarga siqib chiqarila boshlaydi. Agar bu tomirlar devorlari qattiq bo’lganda edi, qonning yurakdan chiqish paytida vujudga kelgan bosim tovush tezligida qismlarga uzatilgan bo’lar edi. Qon tomirlari elastik bo’lgani uchun sistola paytida yurak itarib chiqarayotgan qon aorta, arteriya va arteriolalar cho’ziladi. Bunda katta qon tomirlari sistola paytida markazdan chetdagi qismlarga oqib boradigan qonga nisbatan ko’p qonni qabul qiladi. Odamning sistolik bosimi normada taxminan 16 kPa.ga teng. Yurakning bo’shashi (diastola) paytida cho’zilgan qon tomirlari pasayadi (bo’shaladi), yurakning qon orqali ularga uzatgan potensial energiyasi qonning oqishidagi kinetik energiyaga aylananib diastolik bosimni taxminan 11 kPa.atrofida tutib turishga madad beradi. Sistolalar yuz berishi davrida qonning chap qorinchadan itarilib chiqarilishi tufayli yuzaga kelgan va aorta hamda arteriyalar orqali tarqaluvchi yuqori bosimli to’lqinga puls to’lqini deyiladi. Puls to’lqini 5 - 10 m/s, bu esa (0,3 s da 1,5 - 3 m) sistola davrida yurakdan qo’l va oyoqlargagacha bo’lgan masofadan kattadir. Bu shuni bildiradiki, puls to’lqini fronti qo’l va oyoqlarning oxirgi nuqtalariga aortada bosimning pasayishidan oldin yetib boradi. Ammo qonning tezligi 0,3 - 0,5 m/s, puls to’lqini tezligidan kichikdir. Rasmda yurak atrofidagi, ya’ni aortadagi (a) va arteriolalardagi (b) o’zgarish ko’rsatilgan. Ikkinchi grafikda bosimning o’rtacha qiymatining va qon oqimi tezligining qon harakatlanuvchitomirlar turiga bog’liq. Qon bosimining qon tomirlaridagi qiymatlarini ko’rsatuvchi chizmalar. holda o’zgarishi ko’rsatilgan. 2-arteriyalar, 3-kopelyarlar, 4-venalar. Shtrixlangan soha bosim tebranishiga mos keladi (puls to’lqini). Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling