Ii-qism. Fizikaviy-kimyoviy o’lchashlar 1-bob. Fizikaviy- kimyoviy o’lchas usullari va vositalari


Download 47.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana22.06.2023
Hajmi47.47 Kb.
#1649409
1   2   3   4
Bog'liq
1-маъруза

Sanoatdagi o’lchashlar 
O’lchash vositalaridan asosan texnikaviy o’lchashlarda 
qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda o’lchash vositalari to’plami bilan 
jihozlanmagan zamonaviy stanoklar yoki avtomatik yo’nalishlarni 
uchratish qiyin. Sanoatda ishlatiladigan o’lchash vositalarining ko’p 
qirraligiga qaramasdan, quyidagi asosiy yo’nalishlarni ajratib ko’rsatish 
mumkin: 

texnologik qurilmalar holatini baholovchi vositalar

ob’ektning avtomatik tizim va avtomatlashtirilgan boshqaruvdagi 
holatini baholovchi vositalar; 

moddalar tarkibini o’lchash vositalari; 

sanoat robotlarining "his etuvchi" vositalari; 

jismlar va moddalarning xususiyatlarini o’lchash vositalari; 

ishlab chiqarilgan buyumlar sifatini baholovchi vositalar; 

mahsulotlarning sifatini va miqdorini o’lchash vositalari. 
Sanoatda ham ilmiy tekshirishlarda o’lchangani kabi, fizikaviy 
kattaliklarni o’lchash ehtiyoji mavjuddir. Ammo, bu holatda o’lchash 
sharti va diapazoni keskin farq qiladi. Masalan, ilmiy tekshirishlarda 
o’lchamlar atom qismiga teng o’lchamlardan, to yulduzlar va 
galaktikalararo masofalargacha o’lchanadi. Temperatura Kelьvin 
gradusining o’nli ulushlaridan, to o’nlab million gradusgacha teng 


oraliqda o’lchanadi. Massa esa elementar zarracha massasidan, to 
yulduzlar massasigacha o’lchanadi. Ilmiy tekshirishlarda o’lchashlarni 
bajarishda diapazonni qanchalik o’zgarishini quyidagi misollarda
ko’rishimiz mumkin: 
Antarktidagi o’lchash asboblaridan past temperaturalarda (-60
O

gacha) muqobil ishlay olish qobiliyati talab etilsa, Sahroi Kabirdagi 
o’lchash asboblariga esa birmuncha issiqroq (60
O
S gacha) bo’lgan 
sharoitda me’yorli ishlay olish talablari qo’yiladi. Yoki shunga o’xshash, 
atrof muhitdagi bosimi yuzlab atm. bo’lgan okean tubini tadqiq etishga 
mo’ljallangan o’lchash asboblari bilan koinotning fazo bo’shlig’idagi 
turli tadqiqot maqsadlaridagi o’lchash asboblari. 
Odatda sanoatdagi o’lchash vositalarining imkoniyat chegaralari 
birmuncha torroq bo’ladi. Ammo, bu sohada ham o’lchash vositalariga 
bir qator alohida talablar qo’yiladiki, ularning butkul bajarilishi muayyan 
to’siqlarni yengishga bog’liqdir. Birinchi navbatda sanoat asboblarining 
ilmiy tekshirish asboblaridan farqli ravishda seriyali ishlab chiqarishga
va ko’plab korxonalarda ishlatilishga mo’ljallanganligini eslash 
kifoyadir. Bu talab sanoat asboblarida seriyali ishlab chiqarish sharoitida 
faqat iqtisodiy foyda keltiradigan texnik yechimlardan foydalanish 
zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu yerda qimmatbaho materiallar va 
elementlarni, juda murakkab texnologik jarayonlarni qo’llash mumkin 
emas. Bundan tashqari, sanoat asboblari yetarli darajada ishlatish va 
ta’mirlash uchun sodda bo’lishligi kerak, chunki hamma sanoat 
korxonalarida ham murakkab o’lchash asboblarini ishlata oladigan
yuqori malakali mutaxassislar bo’lavermaydi. 
Sanoat asboblari doimo rivojlanishdadir. Har yili seriyali ishlab 
chiqarishga yangi o’lchash asboblari va to’plamlari joriy qilinadi. Lekin 
oliy o’quv yurtlari va ilmiy tekshirish oliygohlaridagi olimlarning,
loyihalash oliygohlari va loyihalash byurolaridagi loyihachilarning 
hamma urinishlariga qaramasdan sanoatda o’lchash va nazorat vositalari 
tanqisligi sezilarlidir. Ushbu jihatdan o’lchash va nazorat vositalarining
ishlab chiqarilishini ko’paytirishga mo’ljallanganligi texnologik 
jarayonlar foydaliligi, mahsulot sifatini hamda ishlab chiqarish salmog’i 
va madaniyatining oshishiga olib keladi. 

Download 47.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling