Ii r. T. K. tibbiyot kollеji, «Farmatsiya» yo'nalishi uchun «Analitik kimyo»
Qaytarilish jarayoni deb nimaga aytiladi?
Download 273.77 Kb.
|
Analitik kimyodan 1290 test
129.Qaytarilish jarayoni deb nimaga aytiladi?
A.*elektronni biriktirib olish; B.manfiy zaryadlarni kamaytirish; C.musbat zaryadlarni oshirish; D.atom va ionlarni elektron yo’qotishi. 130.Qanday hollarda elementlar elektron orttiradi? A.Ba0→Ba+2 B.Fe+2→Fe+3 C.Cr+3→Cr+6 D.*N-1→N-3 131.Eng kuchli oksidlovchini aniqlang. A.*K2Cr2O7 B.HCl C.MnSO4 D. K2CrO7 132.Marganes elementi uchun oksidlanish darajasiga xos zaryadlar qaysi? A.+2; +3; +4; B.faqat +3; +7; C.+2; +4; +5; D.*+2; +3; +4; +6; +7 133.Qanday ionlar orasidagi reaksiyalar oxirigacha boradi? A.2K++SO4-2→ B.2Na++CO3-2→ C.*Ca+2+CO3-2→ D.Na++NO3-1→ 134.Ionlar necha xil bo’ladi? A.3 xil B.4 xil C.*2 xil D.5 xil 135.Quyidagi reaksiyalarning qaysi biri oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga kiradi? A.CaCl2+2H2O=Ca(OH)2+2HCl B.l2NaNO3+CaCl2=NaCl+Ca(NO3)2 C.*H2+Br2=2HBr D.2K2CrO4+H2SO4=K2Cr2O7+K2SO4+H2O 136.Reaksiya tenglamasi KClO3→KCl+O2 da qaysi modda qaytaruvchi? A.kaliy B.kislorod C.*xlor D.kaliy va xlor 137.Quyidagi tenglama Zn+H2SO4→ZnSO4+H2S+H2O dagi koeffisentlar qatorini ko’rsating. A.1,5,2,3,4 B.*4,5,4,1,4 C.2,4,5,3,2 D.1,1,5,3,2 138.Quyidagi reaksiyada qaysi element oksidlanadi? As2S3+HNO3+H2O→H3AsO4+H2SO4+NO A.mishyak B.oltingugurt C.azot D.*mishyak va oltingugurt 139.Quyidagi reaksiyada oltingugurt qanday xossalarni namoyon qiladi va qanday oksidlanish darajasiga ega bo’ladi? K2SO3→K2SO4+K2S A.0;+2;+6 oksidlovchi B.*+4;+6;-2 ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi C.+2;+6;-2 qaytaruvchi D.+2;+4;-2 oksidlovchi 140.Ammiak, gidroksilamin (NH2OH), nitrit va nitrat kislotalardagi azot atomining oksidlanish darajasini ko’rsating. A.*-3;-1;+3;+5 B.-1;-2;-3;+5 C.+3;+1;+3;+5 D.-3;0;+1;+4 141.Quyidagi HMnO4→MnO2 jarayonda marganesning oksidlanish darajasi necha birlikka o’zgaradi? A.5 B.*3 C.4 D.2 142.Kaliy dixromatdagi xrom ionining oksidlanish darajasini ko’rsating. A.*+6 B.+3 C.+2 D.+5 143.Pirit tarkibidagi oltingugurtning oksidlanish darajasini aniqlang. A.+4 B.*-1 C.+1 D.+6 144.Disproporsiya reaksiyalarini ko’rsating. 1. KMnO4→K2MnO4+MnO2+O2 2. KClO3→KCl+O2 3. KOH+Cl2→KClO+HCl 4. KClO3→KClO4+KCl 5. K+H2O→KOH+H2 A.2,4,5 B.3,4,5 C.2,3,4 D.*1,3,4 145.Quyidagilardan qaysilar oksidlanish jarayonini aks ettirgan? 1. Fe0→Fe+2 2. Cl+5→Cl-1 3. S+6→S+4 4. S-2→S0 A.2,3 B.3,4 C.*1,4 D.1,3 146.Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasini chap tomondagi koeffisentlar yeg’indisi nechaga teng? As2S3+HNO3+H2O→H3AsO4+H2SO4+NO A.30 B.*35 C.32 D.31 147.Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasini o’ng tomondagi koeffisentlar yeg’indisi nechaga teng? As2S3+HNO3+H2O→H3AsO4+H2SO4+NO A.*43 B.42 C.40 D.44 148.Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasini chap tomondagi koeffisentlar yeg’indisi nechaga teng? KMnO4+Na2SO3+H2SO4→MnSO4+Na2SO4+K2SO4+H2O A.12 B.8 C.9 D.*10 149.Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasini o’ng tomondagi koeffisentlar yeg’indisi nechaga teng? KMnO4+Na2SO3+H2SO4→MnSO4+Na2SO4+K2SO4+H2O A.10 B.*11 C.15 D.14 150.Quyidagi reaksiyalarning qaysi birida temir oksidlovchi vazifasini bajaradi? 1. HCl+Fe→FeCl2+H2 2. FeSO4+Zn→ZnSO4+Fe 3. Fe2O3+H2→Fe+H2O 4. FeSO4+BaCl2→BaSO4+FeCl2 A.*2,3 B.1,3 C.3,4 D.1,4 151.Quyidagi reaksiyalarning qaysi birida temir qaytaruvchi vazifasini bajaradi? 1. HCl+Fe→FeCl2+H2 2. FeSO4+Zn→ZnSO4+Fe 3. Fe2O3+H2→Fe+H2O 4. Fe(OH)2+O2+H2O→Fe(OH)3 A.2,3 B.1,3 C.3,4 D.*1,4 152.Quyidagi reaksiyalarda oksidlovchi va qaytaruvchining koeffisentlarini aniqlang. NaClO3+MnO2+NaOH→NaCl+Na2MnO4+H2O A.*2,6 B.1,3 C.5,6 D.1,2 153.Appatitdan fosfor olish reaksiya tenglamasining koeffisentlar yeg’indisini hisoblang. Ca3(PO4)2+C+SiO2→CaSiO3+P+CO A.14 B.17 C.*19 D.21 154.Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiya tenglamasining chap tomondagi koeiffisentlar yeg’indisini hisoblang. Ca3(PO4)2+C+SiO2→CaSiO3+P+CO A.*9 B.10 C.12 D.11 155.Xlorni marganes (IV)-oksid, sulfat kislota va osh tuzi orasidagi reaksiya asosida olish mumkin. MnO2+NaCl+H2SO4→Na2SO4+MnSO4+Cl2+H2O 133,4 l xlor olish uchun qancha(gr) oksidlovchi talab qilinadi? A.261 gr B.426 gr C.852 gr D.*522 gr 156.Kalsiy fosfid gidrolizi natijasida hosil bo’lgan mahsulotdagi fosforning oksidlanish darajasini aniqlang. A.*-3 B.0 C.+3 D.+5 157.Berilgan moddalarning qaysilari qaytaruvchi bo’la oladi? 1)Zn 2)HNO3 3)CO2 4)CO 5)H2SO3 6)KMnO4 A.1,3,4 B.2,3,4 C.*1,4,5 D.1,2,4 158.Berilgan zarrachalardan qaysilari faqat oksidlovchi bo’la oladi? 1)NO3- 2)MnO4- 3)SO3-2 4)Fe+2 5)Cr2O7-2 6)Al0 A.*1,2,5 B.2,3,5 C.1,4,6 D.2,4,5 159.Quyidagi reaksiyalardan qaysilari ichki molekulyar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga kiradi? A.NH4Cl→NH3+HCl B.*2KMnO4→K2MnO4+MnO2+O2 C.H2+Br2→2HBr D.H2S+SO2→2S+2H2O 160.Berilgan jarayonlardan qaysilari oksidlanish jarayonlari bo’ladi? 1)S→SO4-2 2)S0→S-2 3)Sn0→Sn+4 4)Br20→2Br- 5)Cl-→ClO3- 6)JO3-→J20 7)MnO4-→MnO4-2 A.2,4,6,7 B.2,3,4,5 C.1,5,7 D.*1,3,5 161. Berilgan reaksiyada koeffisentlar yeg’indisini toping. J2+KOH→KJO3+KJ+H2O A.17 B.*18 C.21 D.12 162.Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasini o’ng tomondagi koeffisentlar yeg’indisi nechaga teng? MnO2+NaCl+H2SO4→Na2SO4+MnSO4+Cl2+H2O A.*5 B.6 C.7 D.10 163.Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasini chap tomondagi koeffisentlar yeg’indisi nechaga teng? MnO2+NaCl+H2SO4→Na2SO4+MnSO4+Cl2+H2O A.6 B.*5 C.10 D.7 164.O’zgarmas valentlikka ega bo’lgan d-elementlarni ko’rsating 1.K 2.Zn 3.Co 4.Ni 5.Al 6.Cd A.1,5 B.2,3 C.2,4 D.*2,6 165.Laboratoriyada 500 g 10% li eritma tayyorlash uchun massa ulushi 30% va 5% bo‘lgan eritmalar qanday massalarda aralashtirilishi zarur. A.* 100; 400 B. 200; 300 C. 300; 200 D. 400; 100 166.60% li va 7,5% li sulfat kislota eritmalarini aralashtirib, massasi 350 g bo‘lgan 15% li sulfat kislota eritmasi tayyorlash kеrak. Buning uchun har qaysi kislota eritmasidan qanday massada aralashtirilishi kеrak. A. 100; 400 B. 200; 150 C.* 50; 300 D. 400; 100 167.200 g 20% li eritma olish uchun qanday massali 10 va 25% li natriy ishqori eritmalarini aralashtirish kеrak. A.100; 450 B. 133,3; 66,7 C.*66,7; 133,3 D. 300; 100 168.300 g 10% li eritma tayyorlash uchun qanday massali 30% sulfat kislota eritmasi va suv kеrak bo‘ladi. A. 100; 400 B. 200; 300 C. *100; 200 D.200; 100 169.240 g 15% li eritma tayyorlash uchun qanday massadagi 40% li sulfat kislota eritmasi suvda eritilishi kеrak bo‘ladi. A. 95 B.* 90 C. 100 D. 110 170.Kumush nitratning 60% li eritmasini suvda suyultirib, 1,5 l 8% li (p=1,08 g/ml) eritma tayyorlash kеrak. Eritmani tayyorlash uchun qancha suv kеrak bo‘ladi. A.* 1404 B. 1023,4 C. 566,7 D. 458,3 171.Nitrat kislotaning 20% li eritmasini hosil qilish uchun uning 5% li 120 g eritmasiga 40% li eritmasidan qanday miqdorda qo‘shish kеrak. A.* 90 B. 114 C. 49 D. 108 172.26% li ishqor eritmasini hosil qilish uchun uning 30% li 100 g eritmasiga 10% li eritmasidan qanday miqdorda qo‘shilishi kеrak. A. 372,2 B. 3238 C.* 25 D. 387 173.Kimyoviy moddalarga qo’yiladigan talab A.reaktiv miqdori B.*reaktiv tozaligi C.reaktiv mo’lligi D.reaktiv quruqligi 174.Eritma pH nima A.OH- kosentrasiyasi B.H2O kosentrasiyasi C.tuz eritmalar kosentrasiyasi D.*H+ kosentrasiyasi 174.Kolloid eritma nima A.*dag’al suspenziya bilan chin eritmalar o’rtasida oraliq holat B. kosentrasiyasi yuqori bo’lgan eritmalar C.titrlangan eritmalar D.eritmalar 175.Elektrolitni dissotsilanish darajasi nimaga bog’liq? A.Erituvchi tabiatiga B.Eritma konsentratsiyasiga C.Elektrolit tabiatiga D.*Yuqoridagilarni barchasiga. 176.Foiz konsentratsiya deb nimaga aytiladi? A. ayni xaroratda erigan moddaning miqdori B.* 100 g eritmada erigan moddaning gramlar xisobidagi massasi С. 1 1 eritmada erigan moddaning miqdori D. 1 1 eritmada erigan moddaning ekvivalent miqdori 177.Normal konsentratsiya deb nimaga aytiladi? A. ayni xaroratda erigan moddaning miqdori B. 100 g eritmada erigan moddaning gramlar xisobidagi massasi С. 1 1 eritmada erigan mollar soni D.* 1 1 eritmada erigan moddaning ekvivalent miqdori Download 273.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling