II. XV-XVII asrlar adabiyot


Download 30.67 Kb.
bet1/4
Sana29.07.2020
Hajmi30.67 Kb.
#125112
  1   2   3   4
Bog'liq
Temur va temuriylar davlatining asoslanishi


II. XV-XVII asrlar adabiyot

1-MA’RUZA

Adabiy til taraqqiyoti va badiiy ijoddagi o‘ziga xosliklar. Temuriylar davri o‘zbek adabiyoti. Navoiy adabiy merosi.

REJA:

  1. Temuriylar davri adabiyoti.

  2. Adabiyotda mavzu va janr rang-barangligi.

  3. Husayn Boyqaro davlat arbobi va adabiyot homiysi sifatida.

  4. Alisher Navoiy adabiy merosi xususida.

Mavzuga oid tayanch tushunchalar:

asr ўrtalaridan XVII asrgacha bo'lgan davr o'zbek xalqining madaniy hayoti, ayniqsa, turkiy til va shu lisondagi adabiyot ravnaqi tarixida tub burilishlar hosil qilgan, o‘ta sermahsul va nihoyatda muhim adabiy hodisalarga serob bosqich bo'ldi. Bu davrda badiiy adabiyot, musiqa, naqqoshlik, memorchilik, tasviriy sanat hamda ilm-fan sohasida beqiyos yutuqlarga erishildi. Orta Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tubdan ozgarishi, jamiyat taraqqiyoti uchun siyosiy jihatdan ancha barqaror holatning vujudga kelishi, o'zbek xalqining yagona millat bolib shakllanishini tezlashtirdi. Ilm-fan, madaniyat rivojini kafolatladi.

Mogullar istibdodiga qarshi ozodlik harakatlari Movarounnahr va Xurosonning turli hududlarida davom etdi. Mahmud Tarobiy rahnomoligidagi xalq qozgolonidan tortib Oltin Orda xonlari zulmiga qarshi murosasiz kurashlarda namoyon bo'lgan norozilik chiqishlari, nihoyat, tarixda «Sarbadorlar» deb nom olgan keng xalq harakatining vujudga kelishiga asos bo'ldi. «Sarbador» sozining «boshimizni dorga tikdik» degan manoni anglatishi istilochilarga qarshi ota jiddiy, murosasiz kurashlar olib borishga kirishilganligidan dalolat berardi. Shunday janglar natijasida sarbadorlar harakatining rahbari Xoja Yahyodan taslim bolishni talab qilgan Xulogular xonadoniga mansub Togay Temurxon o'ldiriladi. Sarbadorlar (poytaxti Sabzavor viloyati bo‘lgan) o‘z davlatlarini g‘arbiy Xurosonda barpo etadilar. 1365 yilda Samarqand ham ular tomonidan bir muddat idora etiladi. 1381 yilda esa 43 yil umr ko‘rgan sarbadorlar davlati Sohibqiron Amir Temur davlatiga qo‘shilib ketadi. Shunday qilib, poytaxti Samarqand bo‘lgan markazlashgan Amir Temur davlatining vujudga kelishi mo‘g‘ullar istilosiga barham beradi. Temuriylar hukmronligi davrida Markaziy Osiyoda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy hayotning ancha barqarorlashuvi madaniy hayotning qayta tiklanishi va ravnaq topishiga keng imkoniyatlar yaratdi. Taniqli adabiyotshunos A.Hayitmetov buni quyidagicha izohlaydi: «Ulug* davlat arbobi va lashkarboshi Amir Temur hamda uning xalaflari hukmronligi davrida O‘rta Osiyoda kuchli va yagona davlat yuzaga keldi. Bu davrda tarixda birinchi marta Movaraunnahr va Xurosondagi o‘zbek qabilalari bir xalq, bir millat sifatida o‘zaro birlasha boshladilar. O‘rta Osiyoda katta etnik guruhni tashkil etgan bu xalq Temur va temuriylami har tomonlama suyab turgan asosiy kuch edi. Temur va uning avlodlari, awalo, ana shu xalq nomidan ish ko‘rar, o‘zlarini shu xalqqa mansub deb bilar edilar. Temur va temuriylar davrida turkiy xalqlar orasida katta siyosiy va madaniy jonlanishning yuz berishi sababi ham,awalo, shunda edi. Menimcha, tarixda hech qachon, hatto XVIII-

  1. asrlarda ham o'zbeklar XV asrdagidek katta xalq bo'lib, shunday katta hududdagi buyuk bir davlatga birlashmagan edi. Xususan, Balx, Hirot yaqinidagi o'zbeklaming Movaraunnahr ozbeklari bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy yaqinlashuvi o'zbek xalqi tarixida katta voqea bolib, ozbek adabiyoti tarixida chuqur iz qoldirdi. Alisher Navoiydek buyuk shoir va mutafakkiming ozbek adabiyoti va adabiy tili taraqqiyotida ulkan hissa qo'shgan noyob ijodkoming Ozbekiston hududida emas, Hirotda nash’-u namo topgani va faoliyat korsatganini ayrimlari qayd qilingan omillar bilan izohlash mumkin. Xurosonda bu davrda faqat Alisher Navoiy emas, Mavlono Lutfiy (Lutfiyning toshkentlik ekani keyinroq aniqlandi - R.V, H.E), Gadoiy, Atoiy kabi o'zbek shoirlari ham yetishganligini unutmaslik kerak» (Hayitmetov A. Navoiyxonlik suhbatlari. Toshkent. 1993, 97-bet).

Sohibqiron Amir Temur Qora, Egey, Orta Yer dengizidan to Hindistonning sharqigacha, Moguliston va Xitoygacha, Hind okeanidan to Ural tog'larigacha, Moskva ostonasidan Dnepr bo'ylarigacha bolgan juda katta hududni qamrab olgan buyuk saltanatga asos soldi. Temur davlatining poytaxti Samarqand sharqning eng go‘zal shaharlaridan biriga aylandi. Buyuk jahongir Amir Temur kosib va hunarmandlami, ilm arboblari, shoir va san’atkorlarni qo'llab- quwatladi. Movaraunnahming Samarqand, Shahrisabz, Turkiston kabi shaharlarida juda katta me’moriy inshootlar baipo qilindi.

Bu ishlarga istilo qilingan mamlakatlardan keltirilgan hunarmandlar va olimlar ham jalb etildi. Ma’lumki, Amir Temur Xitoyga qarshi lashkar tortib O‘trorga borganida, 14O5 yilning 18-fevralida olamdan o'tadi. Sohibqiron amirzoda Pirmuhummadni valiahd qilib tayinlagan edi. Temuriyzodalar uning vasiyatiga amal qilishmadi. Natijada Temur davlati parchalanib ketdi. Uning tarkibidagi ko‘p o‘lkalar alohida davlat maqomini qo‘lga kirita boshladi. Temuming avlodlari ixtiyoriga Xuroson va Movarounnahr mamlakatlarigina qoldi, xolos.

Amir Temuming vafotidan so‘ng ikkiga ajralgan Hirot poytaxt Xurosonni 14O9-1447 yillarda Shohruh Mirzo, Samarqand poytaxt Movaraunnahmi esa uning o‘g‘li Ulug‘bek Mirzo 14O9-1449 yillarda idora qilishdi. Temuriylar davlati ikki yirik hokimiyatga ajralgan bo‘lsa- da, har ikkala mamlakat o'rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy aloqalar tobora yuksala bordi. Hirot va Samarqand yirik madaniy markazga aylandi. Ayniqsa, Ulug‘bek Mirzo ma’rifatparvar hukmdor sifatida juda muhim ilmiy-madaniy ishlami amalga oshirdi. Amir Temur zamonida qurilishi boshlangan «Bibixonim» masjidi, «Go‘ri Amir» maqbarasi va Shohizinda binolari majmui Ulug'bek Mirzoning sa’y-harakatlari bilan nihoyasiga yetkazildi. Bulardan tashqari, bu ulug‘ hukmdor «Chil ustun» («Qirq ustun»), «Bog‘i maydon» kabi bir necha bog‘lar Ьафо qilib, obodonchilik ishlariga diqqatini qaratdi. Ulug‘bek Mirzoninng Buxoro, Samarqand, G'ijduvon va boshqa joylarda qurdiigan madrasalari ilm- ma’rifat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

1424 yilda Muhammad Tarag'ay (Ulug‘bek) nujum ilmini teran o'iganish maqsadida Samarqanddagi Obi rahmat suvi yonidagi tepalikda uch qavatli muhtasham rasadxona Ьафо etdi. U yerda Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi kabi olimlar ishtirokida sayyoralar olamining sirlarini aniqlab, 1O18 ta yulduzning holat-harakatini o‘rganib chiqishadi. Buyuk olimning «Ziji jadidi Ko‘ragoniy» («Ko‘ragoniyning yangi yulduzlar jadvali») ana shu kuzatishlari asosida vujudga keladi. Shoh va olim Ulug'bek Mirzo san’at va adabiyot bilan shug‘ullanar, san’atkorlar va shoirlarga homiylik qilar, Alisher Navoiy ta’biri bilan aytganda, «Gohi nazmga mayl qilur erdi» (MAT.13-jild. 166-bet) 1447 yilda Shohruh Mirzo vafot etadi. Oradan ikki yil o'tgach, 1449 yilda ulug‘ olim va hukmdor Ulug‘bek Mirzo o‘z o‘g‘li Abdulatif Mirzo tomonidan fojiali qatl etiladi. Bu voqealar temuriy shahzodalar o'rtasida toj-u taxt kurashini yanada keskin qilib qo'yadi va avj oldiradi. 145O yilda ota taxtini egallagan padarkush Abdulatif ham o'ldiriladi. Uning saltanat taxtidagi hukmronligi bor-yo‘g‘i olti oygina davom qiladi, xolos. Temuriy shahzodalar o‘rtasidagi toj-u taxt uchun olib borilayotgan kurashlar 145O yilning boshlarida ancha kamayib qoladi. Xuroson 1451-1457 yillarda Shohruhning nabirasi Abulqosim Bobur Mirzo, Movarounnahr esa 1452 yildan e’tiboran

Mironshohning nabirasi Abusaid Mirzo ixtiyoriga o‘tadi. Abulqosim Bobur Mirzo Alisher Navoiy va Husayn Boyqaroga homiylik qilgan temuriy hukmdoriaridan biridir. U vafot etgach, 1457 yilda Abusaid Miizo Xuroson va Movarounnahrni birlashtirishga muvaffaq bo'ladi. Temuriy hukmdoriaridan faqat Abusaid Mirzogina Alisher Navoiyga yaxshi munosabatda bo'lmagan. U Hirot hukmdori sifatida Husayn Boyqaro avlodlari, jumladan, uning maktabdosh do‘sti Alisher Navoiyni o‘ziga ashaddiy dushman deb bilgani uchun ham ulug* shoimi Xurosondan uzoqlashtiradi. Bu haqda Zaxiriddin Muhammad Bobun «Bilmon, ne jarima bila sulton Abusaid Mirzo Hiridin ixroj qildi» (Bobumoma. Toshkent, 196O, 233-bet), - deya munosabat bildiradi.

1469 yilning boshlarida G‘arbiy Eronni ishg‘ol etish uchun olib borilgan kurashlarda Abusaid Mirzo mag‘lubiyatga uchraydi va fojeali o‘ldiriladi. Shu yili Hirot taxtini egallagan Umarshayxning nabirasi Sulton Husayn Boyqaro Xurosonda hukmronlik qila boshlaydi. Movarounnahr esa Abusaid Mirzoning o‘g‘illari Sulton Ahmad, Sulton Mahmud va Umarshayxlar tomonidan bo'lib olinadi.

Sulton Husayn Boyqaro davrida Xuroson poytaxti Hirot yirik madaniy markazga aylanadi. Bu davrda ilm-fan, san’at, badiiy adabiyot rivojlandi. Albatta, bunday jiddiy ijobiy o‘zgarishlarda Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylaming ham xizmatlari nihoyatda ulug‘dir. Temuriy hukmdor hamda Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning sa’y-harakatlari bilan poytaxtda iqtidorli shoir-u olimlar, hunarmandlar to‘planadi. Bir qancha madrasalar, madaniy va sog‘lomlashtirishga qaratilgan inshootlar baipo etiladi. Husayn Boyqaroning o‘zi ham «Husayniy» taxallusi bilan ijod qilib, dilbar she’rlar yaratadi. Uning «Devon» va «Risola» asari bizgacha yetib kelgan. Bu hukmdor san’at va adabiyot ahliga homiylik qilish bilan bir qatorda, manbalarda qayd etilishicha, ijod ahliga qarata turkiy tilda asarlar yozish haqida farmon ham chiqargan.

XV asming oxirlariga kelib, temuriy davlatlari tobora inqirozga yuz tuta boshladi. Ayniqsa, Movarounnahming parchalanishi bu inqirozni ancha tezlashtirdi. Sirdaryoning quyi oqimida yashovchi o‘zbeklar Abulxayming o‘g‘li Muhammad Shayboniyxon tarafiga o‘ta boshladilar. Movarounnahrda temuriy hukmdorlarini birlashtira oladigan shahzoda yoki podshoh bo‘lmaganligidan foydalangan Shayboniyxon 1499 yilda Buxoroni, 15OO yilda Samarqandni, 15O5 yilda Xorazmni o‘ziga bo‘ysundiradi. 15O6 yilda Husayn Boyqaro vafot etgach, Xuroson ham parchalana boshladi. 15O7 yilda Muhammad Shayboniyxon Xuroson poytaxti Hirotni ham o‘z ixtiyoriga o‘tkazadi. Temuriy shahzodalardan Zaxiriddin Muhammad Bobur bobomeros saltanatini qayta tiklash orzusida uzoq yillar kurashdi, ammo har gal ham Shayboniyxon qo'shinlarining qo‘li baland kelib, uning bu shirin oizusi qiyomat qarziga aylanadi.

Shayboniyxon ham Amir Temur idoia usuliga qat’iy amal qildi. Saroyga olim va shoirlar, san’at ahlini to'pladi. O‘zi ham she’riar уолЪ, devon tuzdi. Shuningdek, u «Bahr ul-hido» («Hidoyat dengjzi») nomli dostonining ham muallffidir. Shunday qilib, XVI asming boshlaridan Xuroson va Movarounnahida temuriylar saltanati o‘mida shayboniylar hokimiyati o'matildi. Bu hokimiyat yuz yil davomida hukm surdi. Muhammad Shayboniyxon esa 151O yilda Eron shohi Ismoil Safaviy bilan jangda mag'lubiyatga uchradi va o‘ldirildi. Shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida ham toj-taxt uchun kurashlar temuriylardan meros bo‘lib o'tdi va yanada kuchaydi.

XTV asming oxirida «Muhabbatnoma» muallifi Xorazmiy, Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroyi kabi shoirlar barakali ijod qilishgan bo‘Iishsa, XV asming birinchi yarmida Haydar Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy, Lutfiy, Hofiz Xorazmiy kabi so‘z san’atkorlari badiiy ijod bilan shug'ullanadi. XV asming ikkinchi yarmi o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida, haqiqiy ma’noda, Alisher Navoiy davri bo'ldi. XVI asida esa Zaxiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Solih, Majlisiy, Xoja kabi mumtoz ijodkoriar adabiyot ravnaqiga o'zlarinmg munosib ulushlarini qo‘shishga muyassar bo'lishdi.

XFV-XV asming birinchi yarmida turkiy adabiyot olamida adabiy tur va janrlar ancha takomillashdi. Shoirlar yangi janrlarda ijod eta boshlashdi. Nazm badiiy adabiyotda yetakchi tur vazifasini o‘tashda davom etdi. Shoirlarimiz (aniqrog'i, Alisher Navoiy) lirikaning 16 janrida qalam tebratishdi. Turkiy adabiyotda Nosiruddin Rabg'uziy asarida ilk bor uchragan g'azal namunasi bu davi]ga kelib, badiiy adabiyotdagi eng yetakchi she’riy shaklga aylandi. G‘azalning mavzu doirasi ancha kengaydi. Unda ramziy-majoziy ma’no anglatuvchi badiiy timsollardan keng foydalanildi. Mana shu timsollar vositasida ilohiy va majoziy ishq, orifona g'oyalar, axloqiy-ma’naviy qarashlar badiiylashtirildi. Hajviy g'azallar ijod etildi. Birgina Alisher Navoiyning o‘zi 3OOO dan ortiq turkiy va forsiyda mana shu janrda asarlar yozdi. «Xazoyinul-maoniy» devonidan ulug‘ shoiming 26OO dan ortiq g'azali o'rin oldi.

XV asming ikkinchi yarmidan XVII asrgacha bo‘lgan davrda muxammas, ruboiy, qit’a kabi janriar nazmning asosiy she’riy shakllari bo‘lib qoldi. Muxammasning ikki ko‘rinishi: biror shoiming faqat o‘ziga tegishli misralardan tarkib topgan (muxammasi tab’i xud) muxammaslar hamda o‘zga shoir g‘azaliga muxammas bog‘lash, ya’ni g‘azal baytlariga uchtadan misralar qo‘shib, uning bandlarini besh satrdan tarkib berish (muxammasi taxmis) kabi muxammaslar vujudga keldi. Taxmis- muxammaslar alohida ahamiyatga molik bo‘lib, ular o‘zaro ta’sirlanish, bellashish, javob aytish tarzida paydo bo‘la boshladi. Shubhasiz, shoirlar o‘tmishda yashagan yoki zamondosh ijodkorlaming eng yaxshi deb topilgan g'azaliga muxammas bog‘ladilarki, bu ma’lum ma’noda g'azal va unga muxammas bog‘lash shoiming ijodiy salohiyatini belgilashda bir mezon- me’yor vazifasini o‘tadi, deyish mumkin. Shoirlar axloqiy-ta’limiy va falsafiy qarashlarini qit’a va ruboiy kabi janrlarda badiiy ifoda etishdi.

Bu davrda faqatgina turkiy adabiyotga taalluqli bo‘lgan va she’ixonga ko'proq badiiy zavq bag‘ishlaydigan tuyuq janrining vujudga kelishi muhim ahamiyat kasb etadi. Tuyuq jinos san’ati vositasida vujudga kelgan she’riy shakl bo'Ub, to‘rt misradan tarkib topadi. Tuyuqda misralar a-a-b-a tarzida omonim so‘zlar asosida qofiyalanadi. Bu she’riy shakl qat’iy ramali musaddasi maqsur vaznida (foilotun foilotun foilon) yoziladi. Adabiyotshunos N.Mallayevning ma’lumotiga ko‘ra, dastlabki tuyuq namunasi turkiy adabiyotda XTV asr shoiri Burfioniddin Sivosiy devonida uchraydi (Mallayev N. O‘zbek adabiyoti tarixi, Toshkent, 1976,216-bet). Bulardan tashqari, lirik turning musaddas, musamman, mustazod, tarji’band, tarkibband, qasida, marsiya, soqiynoma, lug'z, muammo kabi janriarida ham ijod etildi.

Mumtoz adabiyotimiz tarixida muhim bosqich bo‘lgan bu davrda noma, munozara, doston, hikoya, masal va memuar kabi janrlar ham vujudga kelgan. Xorazmiy «Muhabbatnoma» asari bilan noma janriga (turkiy adabiyotda, albatta) asos soldi. Bu shaklda yaratilgan asarlarda epik bayon his-tuyg‘ulaming nozik ifodasi bilan badiiylashtirilishiga ko‘ra, noma— liro-epik turga yaqinlashdi. Liro-epik tur ham ancha ravnaq topdi. Ishqiy- romantik («Yusuf va Zulayho», «Gul va Navro‘z», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor»), falsafiy-ta’limiy («Gulshanul-asror», «Hayratul-abror»), falsafiy («Lisonut-tayr»), tarixiy («Shayboniynoma») va qahramonlik («Saddi Iskandariy») kabi dostonlar masnaviy shaklida ijod etildi. Munozara janri esa ham nasriy, ham nazmiy ko'rinish kasb etdi. hikoya, masal, memuar janriarida ham barakali ijod etildi. O‘zbek mumtoz adabiyotida Alisher Navoiyning «Xamsatul-mutahayyirin», «Holoti Sayid Hasan Ardasher», «Holoti Pahlavon Muhammad» asariari,

Zahiriddin Muhammad Bobur «Bobumoma»sinmg vujudga kelishi o‘zbek nasrining ancha taraqqiy etganligini daUllaydi. Shunday qШb, bu davrda juda ko‘p she’riy shakllar bilan biiga badiiy nasming nodir namunalari ham vujudga keldi va takomillashdi.

Download 30.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling