Iii – chorak 34-dars
Download 115.5 Kb.
|
Gidrosfera 6-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi mavzu bayoni Reja
- O‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha olgan bilimlari tekshirib ko‘riladi: Har bir guruhga alohida topshiriq beriladi. 1-guruhga
- 5-guruhga: M
- “Akvarium
- Uyga vazifa
Darsning borishi:
A)Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashih, davomatni aniqlash, sinfxona tozaligini kuzatish. B) Uy ishini baholash: O`tilgan mavzuni so`rash va mavzu bo`yicha savol-javob qilish O‘quvchilar 5 ta guruhga ajratiladi, juftliklar belgilab olinadi. Juftliklarga “Bilaman, Bilishni istayman, Bilib oldim” jadvali beriladi. O‘quvchilar Gidrosfera haqida bilgan va bilishni istaganlarni yozadilar. Juftliklar ishi guruhlarda ko‘rib chiqiladi va guruh a’zolaridan bir o‘quvchi u haqda bayon qiladi.
Yangi mavzu bayoni Reja: Gidrosferaning tavsifi. Gidrosferaning tarkibiga kiruvchi Suvlar
Okean suvlarining asosiy xususiyati sho`rligi va haroratidir. Okean suvlarining o`rtacha sho`rligi 35% , ekvator yaqinida 34%, tropiklarda 36% , mo`tadil va qutbiy kengliklarda 33% . Suvning o`rtacha harorati +17,5 C Tinch okean eng issiq +19,4 C, eng sovuq okean Shimoliymuz okeani (-0,75 C). Suvning 3-4 km dan chuqur qismlarida harorat +2 C dan 0 C atrofida o`zgaradi. Okean suvi sho`r bo`lganligi uchun -2 C da muzlaydi. Okean suvlari mantiyadan ajralib chiqqan degan g`oyani ko`pchilik olimlar tan olishadi. Bunga sabab hozirgi paytda mantiyadan suv ajralib chiqayotganligidir. Hisob – kitoblarga qaraganda, mantiyada 20 mlrd. km kub hajmga ega bo`lgan suv zaxirasi bor. Bu hozirgisuv miqdoriga nisbatan 15 barobar ko`p demakdir. Olimlarning bashoratiga ko`ra okean va dengizlardagi suv miqdori doimo ortib boradi. Yer tabiatiga xos bo`lgan xususiyatlarning aksariyati okean bilan bog`liq. Okean Quyosh energiyasini o`zida to`plovchi akkumlator hisoblanadi. Okean materiklarning iqlimiga, tuproqlariga, hayvonot olamiga va inson xo`jalik faoliyatiga ta`sir etadi. Quruqlik suvlari. Daryo, ko`l, botqoqlik, muz va yerosti suvlari giqrosferaning quruqlikdagi suvlaridir. Ular umumiy gidrosfera suvlarining 3,7 % qismini tashkil etadi. Shundan 2,5 % chuchuk suvlardir.
Ko`p yillik muzloq yerlar tuproq, chokindi jinslar bilan yer osti suvlarining birgalikda muzlab qolishidan hosil bo`ladi. Ular Shimoliy Amerika va Yevrosiyoning shimoliy qismida katta maydonlarni egallaydi. Ularning qalinligi 0 m dan 1500 m gacha boradi. O‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha olgan bilimlari tekshirib ko‘riladi: Har bir guruhga alohida topshiriq beriladi. 1-guruhga: Okeanlar haqida nimalarni bilaqsiz? 2 –guruhga: Sersuv daryolar haqida nimalarni bilaqsiz? . 3-guruhga: Eng yerik ko`llar haqida nimalarni bilasiz? 4-guruhga: Yerosti suvlari haqida nimalarni bilasiz? 5-guruhga: Muzliklar haqida nimalarni bilasiz? 5 daqiqadan so‘ng guruh ishlari taqdimoti tinglanadi. O‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha olgan bilimlari tekshirib ko‘riladi: Dars boshida berilgan jadvaldagi “Bilib oldim” bo‘lagi to‘ldiriladi. O‘qituvchi mavzuni mustahkamlashda mavzu yuzasidan yangi so‘z va atamalardan tuzilgan savollarni “Akvarium”ga solib qo‘yadi. Guruhlar tomonidan “Akvarium” dan yangi so‘zlar, geografik atamalar yozilgan baliqchalar olinadi. Ular baliqchalardagi so‘zlarga zudlik bilan javob berishlari lozim. ( Gidrosfera, Okean. Dengiz. Ko`l. Suv omborlar. Daryo. Muzliklar. Mineral suvlar). Uyga vazifa: 7- darsni o‘qib kelish. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI “6-Sinf geografiya darsligi”. 2013 yil. P. G’ulomov va boshqalar. “uzedu.uz” “ZiyoNet” “rtm.uz” “maxorat.uz” “Maktabda Geografiya” jurnalining 2015 yil 10-soni Download 115.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling