II-bob. Tajribaviy qism.
III guruh kationlarining analitik reaksiyalari
Mashg‘ulotning maqsadi:
III analitik guruh kationlarining analitik reaksiyalarini bajarishni o‘rganish
Laboratoriya ishi uchun keraklI
Reaktivlar:
Bariy, stronsiy va kaltsiy nitrat tuzlari;
Ammoniy oksalat, kaliy dixromat, xromat,ammoniy karbonat, geksatsianoferrit
(II), sulfat kislota,«gipsli suv» (kaltsiy sulfatning to‘yingan eritmasi);
2. Quruq tuzlar: bariy, stronsiy, kaltsiy xloridi yoki nitratlari
Idishlar va kerakli jihozlar:
probirkalar, gaz gorelkasi, pobirka shtativi, platina yoki nixrom simi, sentrafuga,
suv hammomi, probirka qisqich, shtativ, elektron mikroskop (mikrokristalloskopik
reaksiyalar uchun), analitik tarozi (aniq konsentrasiyali eritmalari tayyorlash
uchun), filtr qogoz, soat oynasi, kapillyar, mikropipetka.
III ANALITIK GURUH KATIONLARINING ANALITIK
REAKSIYALARI
Diqqat! Suvda eriydigan bariy, stronsiy tuzlari zaharli va ehtiyоtlikni talab qiladi. III analitik guruh kationlarining guruh reaktivi 1mol/dm3 sulfat kislota yoki
uning suvda eruvchan sulfatlari Ca2+, Sr2+, Ba2+ kationlari bilan suyultirilgan
kislota va ishqorlarda erimaydigan, suvda kam eriydigan oq cho‘kmani hosil
qiladi. Sulfatlarning eruvchanligi BaSO4, SrSO4 CaSO4 gacha ortib boradi.
Shuning uchun kaltsiy sulfati to‘liq cho‘kmaga tushmaydi, u qisman eritmada
qoladi. Kaltsiy sulfatni to‘liq cho‘kmaga cho‘ktirish uchun suvli eritmaga etanol
qo‘shiladi, bunda kaltsiy sulfatni eruvchanligi kamayadi. Kaltsiy, stronsiy, bariy
xloridlari va nitratlari suvda eriydi. Fosfatlari suvda kam, mineral kislotalarda esa
yaxshi eriydi. III guruh kationlarining karbonatlari sirka kislotasida oson eriydi va
II-III analitik guruh kationlarining sistemali analizida shu xossadan foydalaniladi.
3.1.Kaltsiy Ca2+ kationing xususiy reaksiyalari
Kaltsiy kationini topish reaksiyalariga doir tajribalar CaCl2 yoki Ca(NO3)2
eritmalari bilan bajariladi
Do'stlaringiz bilan baham: |