8-jadval.
Moliyaviy xizmatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq risklar.5
№
|
Risk turlari
|
Izoh
|
1
|
2
|
3
|
1.
|
Operatsion va texnologik risklar
|
bu risklar bank texnika-texnologiyasida uchrab turadigan axborot tizimidagi uzilishlar, kompyuter tizimidagi yo‘qotishlar, hujjatlarning yo‘qotilishi, bank xodimlari faoliyatida yo‘l quyilgan xatolar tufayli vujudga keladi.
|
2.
|
Innovatsiya riski
|
bu risk ma’lum bir sabablar tufayli bankning innovatsiyaga yo‘llagan mablag‘lari mo‘ljallangan samara bermasa yoki yo‘qotilgan hollarda yuzaga keladi.
|
3.
|
Bank xavfsizligi riski
|
bu risk bank binosi, undagi mavjud axborot jamlamasi, kompyuter tarmoqlarining xavfsizligi bilan bog‘liq omillar ta’sirida yuzaga keladi.
|
Mazkur risklarni minimallashtirib (kamaytirib) bank bir tomondan o‘z mahsulot va xizmatlar sonini kengaytiradi, faoliyatini diversifikatsiyalaydi, boshqa tomondan esa – o‘z operatsiyalari sifatini oshiradi.
Bugungi kunda qonunchilikka ko’ra bank faoliyatida, asosan, quyidagi bank tavakkalchiliklari yuzaga kelishi mumkinligini ta’kidlaydi6:
a) kredit tavakkalchiligi - qarzdorning shartnomada belgilangan shartlar bo‘yicha bank oldidagi o‘z moliyaviy majburiyatlarini qisman yoki to‘liq bajara olmasligi natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo‘qotish bilan bog‘liq tavakkalchilik;
b)bozor tavakkalchiligi - bankning qimmatli qog‘ozlar portfelidagi instrumentlari narxlarining, shuningdek, chet el valyutasi va qimmatbaho metallar kurslarining salbiy o‘zgarishi natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo‘qotish bilan bog‘liq tavakkalchilik. Bozor tavakkalchiligi fond, valyuta va foiz tavakkalchiliklarini o‘z ichiga oladi, bunda:
Do'stlaringiz bilan baham: |