Iii bob. Kompleks sonlar mavzu Algebraik shakldagi kompleks sonlar. Reja: Kompleks sonning ta’rifi


Download 133.71 Kb.
bet2/4
Sana02.06.2024
Hajmi133.71 Kb.
#1835869
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu-6 Kompleks son

1-ta’rif. a + bi ko’rinishdagi ifodaga (bu yerdagi a va bi-ta’rif. a + bi ko’rinishdagi ifodaga (bu yerdagi a va b haqiqiy sonlar, i-mavhum birlik bo’lib, i2=-1 shartni qanoatlantiradi) kompleks son deyiladi.
a soniga kompleks sonning haqiqiy qismi, bi ga esa uning mavhum qismi deyilib quyidagicha belgilanadi:
Re(a+bi)=a, Im (a+bi)=b
Bu yerda Re belgisi frantsuzcha Realle-haqiqiy so’zining birinchi buqini, Im ham frantsuzcha imaginail-mavhum so’zining birinchi bo’qini.
2-ta’rif. Ikkita a+bi va c+di kompleks sonlar faqat va faqatgina a=c va b=d bo’lgandagina bir biriga teng deyiladi.
Bu ta’rifdan, a+bi kompleks sonning agar a=0 va b=0 bo’lsa va faqat Shunday bo’lgandagina nolga teng bo’lishi kelib chiqadi. Shunday qilib faqat va faqat a=0 va  b=0 bo’lgandagina, a+bi=0 bo’ladi. Bu sonni soddagina 0 orqali belgilaymiz. Bu son odatdagi haqiqiy sonning 0 soni bilan ustma-ust tushadi.
Kompleks sonlar to’plamini C orqali belgilaymiz. R haqiqiy sonlar to’plami C kompleks sonlar to’plamiga tegishli bo’lishligini (RC) sezish mumkin. Haqiqatdan, har qanday a haqiqiy sonni a+0 i ko’rinishdagi kompleks son deyish mumkin.
3-ta’rif. a+ib va a-ib ko’rinishdagi kompleks sonlarga o’zaro qo’shma kompleks sonlar deyiladi.
Qo’shmalik o’zarolik tushunchasidir. Masalan, 3+4i kompleks son 3-4i kompleks sonning qo’shmasi bo’lsa, Shuningdek 3-4i kompleks son 3+4i kompleks sonnini qo’shmasi hisoblanadi.
4-ta’rif. -a-bi soni a+ ib soniga qarama-qarshi son deyiladi.

Download 133.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling