Iii bob. Mehnat gigiyenasi asoslari va sanoat toksikologiyasi


Ishlab chiqarishning zararli va xavfli omillari tasnifi


Download 418.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/22
Sana19.06.2023
Hajmi418.64 Kb.
#1614020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
CHANG

Ishlab chiqarishning zararli va xavfli omillari tasnifi. 
Zararli va havfli ishlab chiqarish omillari tabiatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga 
bo‘linadi: fizikaviy; kimyoviy; biologik; psixofizik 
Fizikaviy zararli va xavfli ishlash omillari quyidagilarga bo‘linadi: 
-xarakatlanuvchi mexanizmlar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalarining 
so‘riluvchi qismlari. 
- ishchi zonasining yuqori changlangani va gazlangani. 
- ishchi zonasi havosining haroratining yuqori yoki pastligi. 
- shovqinning yuqori darajaliligi, vibratsiya, ish joyidagi ultratovush, infratovush.
- Havo namligini oshishi yoki pasayishi. 
- barometrik bosim oshishi yoki pasayishi.
- elektrstatik maydonining darajasining oshishi. 
- elektr magnit nurlanish darajasi oshishi. 
- tabiiy yorug‘lik kamligi yoki yo‘qligi. 
- ish zonasining yoritilganligi etishmasligi. 
-ultrabinafsha, infraqizil radiatsiya darajasining oshishi. 
Ishlab chiqarishning kimyoviy zararli va xavfli omillari quyidagicha:
1. Inson organizmiga ta’siri quyidagicha xarakterli bo‘ladi:toksik, sensibillovchi, 
kanserogen, mutagen, reproduktiv faoliyatga ta’sir qiluvchi (teratogen) 
2. Inson organizmiga kirish yo‘li bo‘yicha: nafas organlari, oshqozon- ichak yo‘li, 
teri qoplamlari va shilliq qatlamlar orqali. 
3. Ishlab chiqarishning biologik zararli va havfli omillari o‘z ichiga: biologik 
ob’yekt, patogen mikroorganizm (rikketsiya, bakteriya, virus va zamburug‘lar) va ularning 
xayot mahsulotlari kiradi. 
4. Ishlab chiqarishning psixofiziologik zararli va xavfli omillari quyidagicha: 
jismoniy zo‘riqish va ruxiy zo‘riqish. Jismoniy zo‘riqish quyidagicha bo‘ladi: statik va 
dinamik 
Ruhiy zo‘riqish esa quyidagicha: aqliy zo‘riqish, analizatorlar zo‘riqishi, mehnatning 
monotonligi, emotsional zo‘riqish. 



Gigiyenik tasnifga muvofiq mehnat sharoitlarini zararli va xavflilik ish jarayoni 
og‘irligi va keskinligi ko‘rsatkichlari SanQvaM №0350-17 va SanQ va M № 0183-05 ish 
sharoiti 4 sinfga bo‘linadi: 
1 sinf – optimal ish sharoiti
2 sinf – ruxsat etilgan ish sharoiti 
3 sinf – zararli ish sharoiti (gigienik normativ darajasi oshishi va ishchi organizmida 
o‘zgarishlar) yaqqolligi bo‘yicha 4 darajaga bo‘linadi. 
4 sinf – o‘ta xavfli ish sharoiti

Download 418.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling