Iii bob. Mehnat gigiyenasi asoslari va sanoat toksikologiyasi
Ishlab chiqarish muhitidagi biologik omillar
Download 418.64 Kb. Pdf ko'rish
|
CHANG
3.3. Ishlab chiqarish muhitidagi biologik omillar
Ishlab chiqarishga doir biologik omillarga biologik ob’yektlar yoki ularning hayot faoliyati maxsulotlari hisoblanib, ish vaqtida ishchilar ular bilan aloqada bo‘ladilar. Bu 16 yo‘nalishda eng ko‘p ahamiyatga ega bo‘lgan omillar makro- va mikroorganizmlar bo‘lib, ular bilan aloqada bo‘ladigan ishchilarda kasbga oid infeksiyalar yoki invaziyalar kuzatiladi. Bunday ishlar qatoriga yuqumli kasallikga chalingan bemorlar bilan muloqatda bo‘lish, kasallangan qishloq xo‘jaligi xayvonlari bilan muloqatda bo‘lish, ayrim turdagi qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini qayta ishlash bilan aloqada bo‘ladigan ishlar (sut, go‘sht, mol terilari ya’ni jun), infeksiya bilan ifloslangan materiallar bilan ishlash (baklaboratoriya), hamda infeksiyani tashuvchilar bilan aloqada bo‘lish mumkinligiga bog‘liq ish sharoitlari (kanalar) kiradi. Yuqumli kasallik kasbiy bo‘lishi mumkin qachonki, ishchi ish jarayonida shu nomdagi infeksiya manbai bilan bevosita aloqada bo‘lgan bo‘lsa, lekin bunda boshqa joyda zararlangan bo‘lishini ham inobatga olish kerak (inkubatsion davrni, kontaktda bo‘lmaganlik va b.q.). Eng axamiyatli qasbiy infeksiyalar qatoriga - sil kasalligi, brutsellyoz, sap, kuydirgi (sibir yarasi), kanali ensefalit, ornitoz, "sut sog‘uvchilar tugunchasi", mikozlar qiradi. Keltirilgan kasalliklar odamga kasallangan xayvonlardan yuqishi mumkin, shuning uchun ularni kasbiy zoonozlar deyiladi. Ammo kasallik bemor odamlardan ham yuqishi mumkin yoki kasallangan odamning qoni, balg‘ami, siydigi, axlatini tekshirish jarayonida qasallik o‘tadi. Bunday xolatlarda kelib chiqadigan kasallikga antroponoz kasallik deyiladi (gepatit, ich terlama, ichburug, SPID). Kasbiy infeksiyalarning oldini olish tadbirlariga birinchi navbatda shaxsiy gigiyena qoidalariga qatiyan rioya qilishni kiritish mumkin, bundan tashqari, quyidagi tadbirlar katta axamiyatga egadir: -kasallangan odam yoki xayvonlarni aniqlash, xisobga olish, izolyasiya qilish va davolash; -profilaktik emlash tadbirlarini o‘tkazish; -kasallik tarqalgan joylarni sog‘lomlashtirish, jumladan, kasallangan kemiruvchilarni tutish va yo‘qotish; -kasalxonalar, chorvachilik komplekslari, go‘sht kombinatlari, sut va terini qayta ishlash zavodlari, bakteriologik laboratoriyalarni gigienik talab asosida qurish, jixozlash va ulardan to‘g‘ri foydalanish; -yuqorida ko‘rsatilgan ob’yektlarda sanitar-epidemiologik tartibga rioya qilish; 17 -ko‘rsatilgan ob’yektlardagi hodimlarni gigienik qoidalarga o‘qitish, ishchilarni maxsus kiyimlar bilan ta’minlash; -ishchilarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazib turish Biologik omilar, chunonchi antibiotiklar, mo‘g‘orlar, oqsil-vitamin qomplekslar (konsentratlari)i, achitqilar bilan muloqatda bo‘lish mikrobiologik, farmatsevtik korxonalarda bo‘lishi mumkin, korxonalarda biotexnologiyalarni qo‘llashda kuzatilib, ishchilarda disbakteriozlarni, kandidomikozlarni, allergik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday xollarda profilaktik tadbirlar birinchi navbatda ko‘rsatilgan omillarning miqdorini ishlab chiqarish muhitida kamaytirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Download 418.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling