Iii bob. Mehnat gigiyenasi asoslari va sanoat toksikologiyasi
Vibratsion kasallikning oldini olish tadbirlari quyidagilarni o‘z ichigaoladi
Download 418.64 Kb. Pdf ko'rish
|
CHANG
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.6. Ultratovush va infratovushlar
Vibratsion kasallikning oldini olish tadbirlari quyidagilarni o‘z ichigaoladi:
texnik jihatdan bajariladigan og‘ir mehnatni avtomatlashtirish, tebranish bilan bog‘liq ishlarni ma’lum masofadan turib boshqarish, agregatlarni yaxshilab tuzatish, ruxsat etilgan me’yorga rioya qilish, amortizatorlar, ya’ni tebranishni pasaytiruvchi ashyolarni ishlatish, tebranish asosida ishlaydigan mashinalarning uzluksiz ish vaqtini 15-20 daqiqadan oshmasligi kerak. 22 Ishchilar ish boshlangandan 2 soat o‘tgach 20 daqiqa, tushlikdan hamda 2 soatdan keyin 30 daqiqa dam olishlari, badantarbiya bilan shug‘ullanishlari, suv muolajalarini olishlari zarur. Bundan tashqari, quyidagi profilaktik tadbirlar tavsiya qilinadi: -dam olish kunlari tebratuvchi moslamalar bilan ishlamaslik -1 yilda 1 marta tibbiyot ko‘rigidan o‘tish -dam olish xonalaridagi miqroiqlim qulay sharoitda, ya’ni harorati 18 0 , nisbiy namligi 40-60%, havoning harakat tezlgi 0,3 m/sek atrofida bo‘lishi; -shaxsiy himoya vositalarini ishlatish (qo‘lqoplar, tebranishni kamaytiruvchi o‘tirgichlar va h.k.); -S, B, RR vitaminlariga boy taomlar iste’mol qilish -suv muolajalarini qabul qilish (bunda suvning harorati 38 0 S atrofida bo‘lishi) -uqalash muolajalarini qo‘llash. 3.6. Ultratovush va infratovushlar Shovqin va tebranish kabi ta’sir tabiatini ultratovush namoyon qiladi. Ultratovush odamning qulog‘i qabul qilmaydigan 20 000Gs yuqori bo‘lgan chastotadagi egiluvchi muhitlarning mexanik tebranishidir. Ultratovushlar sanoatda juda ko‘p sohalarda va tibbiyotda (davolash, diagnostika) qo‘llanadi. Ultratovush biologik to‘qimalarga ta’sir etganda mexanik, termik va fiziko - kimyoviy samaralarni namoyon qiladi. Ultratovush bilan uzoq muddat davomida bevosita aloqada bo‘lganda ishchilarda asteno - vegetativ reaksiyalar kuzatiladi (toliqish, achchiqlanish, bosh og‘rishi, uyquning buzilishi, eshitishning buzilishi), ayrim hollarda polinevrit belgilari kuzatilib, hattoki barmoq va bilaklarning parezini keltirib chiqaradi. Ultratovushning nomuvofiiq ta’sirining oldini olish tadbirlariga quyidagilarni kiritish mumkin: - ultratovushni gigienik reglamentlash va ish joylarida uning darajasini nazorat qilish; - ultratovushlarni avtomatik holda boshqarish va o‘chirish; - masofa orqali boshqarish, generatorlarni izolatsiya qilish; - foydalanilmaydigan nurlanishlarni yo‘qotish; - ShXVdan foydalanish (rezinali qo‘lqoplar, antifonlar); - oqilona ish tartibi (har 1,5 soatda tanaffuslarni tashkil qilish); - fizioterapevtik muolajalar (massaj, iliq vannalar); 23 - ovqatlarni vitaminlashtirish (B guruhidagi vitaminlar); - ishchilarni davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish. Zamonaviy korxonalarda yana bir muhim omil uchrab turadi, ya’ni qattiq jismlarning mexanik tebranishi - infratovush. Bu chastotasi 20 Gs dan kam bo‘lgan akustik tebranish hisoblanadi va qoida bo‘yicha eshitiluvchi tovushlar bilan kuzatiladi. Infratovushning eng muhim manbayi katta tebranishga ega bo‘lgan yuzalar hisoblanadi. Infratovushlar odam qulog‘i orqali qabul qilinmaydi. Ular katta masofalarga tarqalish xususiyatiga ega bo‘lib, har qanday to‘siqlardan ham o‘ta oladi va yirik obektlarning tebranishiga sabab bo‘ladi. Infratovush odam organizmiga ta’sir etganda MNS, yurak-tomir sistemasi, nafas organlari va eshitish organlarining funksional o‘zga rishlari kelib chiqadi. Infratovushning eng diqqatga sazovor ta’siri odamning emotsional holatiga ta’siridir (qo‘rqish sezgisini chaqirishi). Infratovushning zararli ta’sirining oldini olish tadbirlari: - infratovushlarga gigienik reglamentlar belgilash va uni nazorat qilish; - manbalarda infratovushni kamaytirish, kichik gabaritli mexanizmlardan foydalanish, transport harakatini cheklash, texnologik jarayonlardagi tezlikni oshirish; - katta tebranishga ega bo‘lgan yuzalarni mustahkamlash; - ishchilarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazib turish. Download 418.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling