Iii bob. Mehnat gigiyenasi asoslari va sanoat toksikologiyasi


Vibratsiya. Vibratsiya kasalligi va uning profilaktikasi


Download 418.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/22
Sana19.06.2023
Hajmi418.64 Kb.
#1614020
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
CHANG

3.5. Vibratsiya. Vibratsiya kasalligi va uning profilaktikasi 
Tebranishning manbai qattiq jismlarning mexanik tebranishi bo‘lib, ishchilar 
organizmiga shovqindan farqli o‘laroq qandaydir muhitlar orqali uzatilmay (havo, suv), 
balki ishchi tanasining tebranuvchi jismga bevosita tegishi orqali uzatiladi. Tebranish ham 
chastotasi va amplitudasi bilan ta’riflanadi. Tebranishining chastotasi Gs larda 
ifodalaniladi. 1 Gs -1 sek ichidagi tebranish soni. Amplituda –mm yoki sm da 
ifodalaniladi. Tebranish tezligi sm sek da ifodalaniladi Tebranish qiymatini vibro tezlanish 
ifodalaydi va u chastota va amplitudaning hosilasi hisoblanadi. SHovqin kabi tebranish 
qiymati nisbiy birlikda - dB ifodalanadi. 5 x 10 sm tebranish tezligi 5 x 10 min sek nol 
hisobida olinadi 
Bunda 0 dB qilib 5.10 -5 m/sek vibro tezlanish qabul qilingan (eshitish bo‘sag‘asi - 
5.10 -4 m/sek, og‘riq bo‘sag‘asi - 1 m/sek). Tebranishning odam organizmiga uzatilish 
nuqtasiga qarab umumiy va mahalliy ta’sir farqlanadi. Mahalliy tebranishda uning 
ta’siriga ko‘pincha qo‘llar uchraydi, umumiy tebranishda esa butun tana (transport 
haydovchilari), ishchilarga ko‘pincha ham umumiy ham mahalliy tebranish ta’sir qiladi 
(stanokda ishlovchilar). Tebranish odam organizmiga ko‘zga ko‘rinarli ta’sir ko‘rsatish 
xususiyatiga ega. Organizmda kelib chiqadigan o‘zgarishlarning xarakteri va chuqurligi, 
tebranish darajasiga, uning chastotali tarkibi va organizmga ta’sir qilish muddatiga 
bog‘liqdir. Tebranishning uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishi, ayniqsa boshqa turdagi 
nomuvofiq omillar bilan qo‘shilib ta’sir etganda (sovutuvchi mikroiqlim, shovqin) 
vibratsion kasallikning shakllanishiga sabab bo‘ladi. Bu kasallik mahalliy, umumiy 
tebranish ta’sir etganda rivojlanadi, ammo eng ko‘p ahamiyatga lokal tebranish ta’siri 
egadir, chunki u ishchining qo‘llariga ta’sir etadi. Kasallikning rivojlanish asosi murakkab 
mexanizmga ega bo‘lib, neyroreflektor va neyrogumoral buzilishlar hisoblanadi, shu bilan 
birga eng ko‘p darajada qon tomirlari tonusining boshqarilishi izdan chiqadi. 


21 
Kapillyarlarning uzoq muddatli spastik holati natijasida asta-sekinlik bilan nerv - mushak 
va suyak - bo‘g‘in apparati jarohatlanib, polinevropatiya, sezgilarning buzilishi
mushaklarning o‘zgarishi, suyak to‘qimasining degenerativ - distrofik o‘zgarishlari, 
bo‘g‘inlarning o‘zgarishlarida namoyon bo‘la boshlaydi. Alohida (chegaralangan) 
tebranishlarning surunkali ta’siridan organizmda quyidagi funksional o‘zgarishlar yuzaga 
keladi: tebranishga va tashqi muhit ta’siriga bo‘lgan sezgirlik yo‘qoladi, kapillyarlarda
tropik o‘zgarishlar, jumladan ularning qisqarishi, oxiriga etmay uzilishi va h.k. kuzatiladi. 
Qo‘llarning hajmi vena qon tomirlarida qonning sekin siljishi (dimlanishi) natijasida 
kattalashadi, harorati pasayadi. Uzoq vaqt davomida tebranishlarning ta’siri tufayli, 
tebranish kasalligi (tomir tortishi, mayda tomirlarning siqilishi, mushak-suyak va 
biriktiruvchi to‘qimalarning o‘zgarishi) kelib chiqadi. 
Umumiy tebranish ta’sir etganda ko‘pincha vestibulopatiya belgilari namoyon bo‘lib, 
bosh aylanishi, bosh og‘rishi, gipergidroz holatlari kuzatiladi. 
Har qanday holda ham vibratsion kasallik umumiy kasallik hisoblanib, yuqorida 
keltirilgan kasallik belgilaridan tashqari MNS, hazm qilish organlari, jinsiy organlar 
faoliyatidagi o‘zgarishlari qayd qilinadi. 
Tebranish vibrometr yoki vibrograf asboblar bilan aniqlanadi. Ularning uslubi, 
shovqin o‘lchaydigan asboblar bilan bir xilda, shuning uchun tovush o‘lchash asboblaridan 
foydalaniladi (ISHV-10), faqat o‘tkazuvchi (datchik) o‘rniga mikrofon ulanadi. 
Agar tebranish takrorlanishi 10 Gs dan kam bo‘lsa, bu asboblarni ishlata olmaymiz, 
shuning uchun tebranishni aniqlashda quyi takrorlanuvchi vibroo‘lchagich asboblari NVA 
-1 
ishlatiladi, 
bu 
asboblar 
diapazoni 
1,4-355 
Gts 
ga 
teng 
tebranishlarni 
aniqlaydi.Tebranishlar odam gavdasiga ta’siri tufayli har xil organlar va to‘qimalarning 
qo‘zg‘alishi kuzatiladi, buning natijasida organizmning funksional holati o‘zgaradi. 

Download 418.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling