Iii bob. Mehnat gigiyenasi asoslari va sanoat toksikologiyasi
Ishchi zonasi havosining kimyoviy ifloslanganligini baholash. Sanoat
Download 418.64 Kb. Pdf ko'rish
|
CHANG
3.7. Ishchi zonasi havosining kimyoviy ifloslanganligini baholash. Sanoat
zaxarlari. Ishlab chiqarish muhitidagi kimyoviy omillar juda ko‘p uchraydigan omillar guruhini tashkil etadi. Zamonaviy sanoat korxonalarida 60 mingdan ortiq turli xildagi va ko‘rinishdagi kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Bu moddalar korxonalar uchun xomashyo mahsulotlari yoki ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan oraliq mahsulotlarga doir kimyoviy moddalar yoki korxonaning yakuniy mahsuloti bo‘lishi mumkin. Kimyoviy moddalarning fizikaviy va kimyoviy xossalari, agregat holatlari hamda texnologik jarayonning tabiatiga muvofiq ular ishchilar organizmiga turli yo‘llar bilan kirishi mumkin. Eng muhim kirish yo‘li ingalyasion ya’ni nafas yo‘li orqali kirish hisoblanadi chunki juda ko‘p holatlarda kimyoviy moddalar bilan ishlash jarayonida ishchi zonasi havosi ana shu kimyoviy moddalar bilan ifloslangan bo‘ladi. Buning ustiga sanoat zaharlarining 24 ingalatston yo‘li orqali tushishidagi ta’siri yorqinroq namoyon bo‘ladi. Kimyoviy moddalar nafas orqali organizmga kirganda o‘pka orqali bevosita qonga o‘tadi va jigar to‘sig‘ini chetlab o‘tib hujayra, to‘qima va organlarning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari kimyoviy moddalarning ishchilar organizmiga ta’siri og‘iz bo‘shlig‘i, shikastlanmagan badan terisi yoki shilliq qavatlar orqali tushishi mumkin. Kimyoviy moddalar organizmga tushgandan keyin birinchi navbatda organizmda u yoki bu nisbatda bir xilda tarqaladi, keyinchalik esa ularning qayta taqsimlanishi natijasida moddalar organ yoki to‘qimalarda to‘planishi kuzatiladi. Organizmda kimyoviy moddalarning aksariyat qismi oksidlanish, qaytalanish, metillanishjarayonlari tuf’ayli zararsizlanadi. Bu jarayonlarning ko‘pchiligi jigar to‘qimasida sodir bo‘lganligi sababli aynan shu organ ko‘proq zararli ta’sirga ducho r bo‘ladi. Kimyoviy moddalarning ayrim qismi organizmdan o‘zgarmagan holda chiqarib yuboriladi. Kimyoviy moddalarning chiqarilishi yoki metabolik jarayondan hosil bo‘ladigan birikmalarning chiqarilishi ham jigar orqali amalga oshiriladi. Ayrimturdagi moddalargina ter bezlari, o‘pka, chiqaruv yo‘llari, so‘lak bezlari orqali chiqarilishi mumkin, ayrim yog‘da eruvchi moddalar ona suti orqali chiqarilib, bola organizmiga kirishi ham mumkin. Kimyoviy moddaning tabiati, moddaning dozasi va uning ta’sir etish muddatiga bog‘liq holda organizmda o‘tkir va surunkali zaharlanish holatlarini yoki moddaning spetsifik ta’sir samarasi kelib chiqishi mumkin. Zaharlangan holatning yuzaga kelishi bir qator gigienik xarakteristikalarga bog‘liq holda bo‘lishi ham mumkin: moddaning suvda yoki yog‘da eruvchanligi, barqarorlik darajasi, kumulyativlik xususiyati, zaharlilik sinfi va dozasi. Kumulatsiya - kimyoviy moddaning organizmda to‘planishi demak. Shunga muvofiq moddiy va funksional kumulatsiyalar farqlanadi. Moddiy kumulatsiya - ma’lum bir moddaning organizmda to‘planishini bildirsa, funksional kumulatsiya — moddaning ta’sir samarasini ko‘rsatadi. Moddiy kumulatsiya ko‘proq kimyoviy moddaning barqarorligiga bog‘liq bo‘lsa, funksional kumulatsiya moddaning zaharlilik darajasiga bog‘liqdir. Organizm uchun xavflilik darajasi bo‘yicha shu moddaning barcha gigienik ta’riflarini inobatga olgan holda barcha sanoat zaharlarini 4 zaharlilik sinfiga bo‘lish qabul qilingan: 25 1-sinf – o‘ta xavfli moddalar; 2-sinf - yuqori xavfli moddalar; 3- sinf - o‘rtacha xavfli moddalar; 4- sinf - kam xavfli moddalar. Xavflilik sinfini aniqlash uchun bir qator toksikologik parametrlardan foydalaniladi: LD 50 , CL 50 (o‘rtacha o‘lim chaqiruvchi doza yoki konsentratsiya), Kkum (kumulyativlik koeffitsienti) hamda REK qiymatlari. Bularning hammasi toksikologik tajribalar asosida hisoblab topilgan qiymatlardir. Masalan, LD 50 - 15 mg/kg va undan kam bo‘lgan kimyoviy moddalar I sinfga doir xavflilik guruhiga, 15-159 mg/kg atrofida bo‘lsa - II sinfga, 151-5000 mg/kg bo‘lsa - III sinfga, 5000 mg/kg dan ortiq bo‘lsa - IV xavflilik sinfiga taalluqli bo‘ladi. O‘ta yuqori kumulyativlik xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar I sinfga, yuqori kumulyativlik xossasiga ega bo‘lgan moddalar II - sinfga, o‘rtacha kumulyativlik xususiyatga ega bo‘lgan moddalar III sinfga va past kumulyativlik xossasiga ega bo‘lgan moddalar IV sinfga taalluqlidir. Sanoat zaharlarining xavflilik darajasini baholanganda ayollar va bolalar organizmining yuqori darajadagi sezgirlik holatlarini hisobga olish zaruriy hisoblanadi. Ayrim moddalar masalan, marganets va bor moddalariga nisbatan erkaklar organizmi yuqori sezgirlikni namoyon qiladi. Zaharli moddalarning ta’sir etish samarasi yuqori harorat va namlik sharoitlarida hamda bir vaqtning o‘zida yuqori darajadagi shovqin va tebranish ta’sir etganda juda yuqori bo‘ladi. SHu bilan birga og‘ir jismoniy mehnat bajarganda ham sanoat zaharlarining ta’sir etish samarasi juda yuqori bo‘lishi tasdiqlangan. Ishlab chiqarish muhitida sanoat zaharlari, odatda, kombinatsiyalashgan (birikkan) holda ta’sir ko‘rsatadi, buning oqibatida turli ko‘rinishdagi ta’sir samaralari namoyon bo‘ladi: qo‘shilgan ta’sir (odditiy samara), ta’sir samarasining kuchayishi (potensirovanie), antogonizm (ta’sir samarasining pasayishi), bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ta’sir kabilar. Download 418.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling