Iii bob. Mehnat gigiyenasi asoslari va sanoat toksikologiyasi


Vibratsion kasallikning oldini olish tadbirlari quyidagilarni o‘z ichigaoladi


Download 418.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/22
Sana19.06.2023
Hajmi418.64 Kb.
#1614020
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
CHANG

Vibratsion kasallikning oldini olish tadbirlari quyidagilarni o‘z ichigaoladi: 
texnik jihatdan bajariladigan og‘ir mehnatni avtomatlashtirish, tebranish bilan bog‘liq 
ishlarni ma’lum masofadan turib boshqarish, agregatlarni yaxshilab tuzatish, ruxsat etilgan 
me’yorga rioya qilish, amortizatorlar, ya’ni tebranishni pasaytiruvchi ashyolarni ishlatish, 
tebranish asosida ishlaydigan mashinalarning uzluksiz ish vaqtini 15-20 daqiqadan 
oshmasligi kerak. 


22 
Ishchilar ish boshlangandan 2 soat o‘tgach 20 daqiqa, tushlikdan hamda 2 soatdan 
keyin 30 daqiqa dam olishlari, badantarbiya bilan shug‘ullanishlari, suv muolajalarini 
olishlari zarur. Bundan tashqari, quyidagi profilaktik tadbirlar tavsiya qilinadi: 
-dam olish kunlari tebratuvchi moslamalar bilan ishlamaslik 
-1 yilda 1 marta tibbiyot ko‘rigidan o‘tish 
-dam olish xonalaridagi miqroiqlim qulay sharoitda, ya’ni harorati 18
0
, nisbiy namligi 
40-60%, havoning harakat tezlgi 0,3 m/sek atrofida bo‘lishi; 
-shaxsiy himoya vositalarini ishlatish (qo‘lqoplar, tebranishni kamaytiruvchi 
o‘tirgichlar va h.k.); 
-S, B, RR vitaminlariga boy taomlar iste’mol qilish 
-suv muolajalarini qabul qilish (bunda suvning harorati 38
0
S atrofida bo‘lishi) 
-uqalash muolajalarini qo‘llash. 
3.6. Ultratovush va infratovushlar 
Shovqin va tebranish kabi ta’sir tabiatini ultratovush namoyon qiladi. Ultratovush 
odamning qulog‘i qabul qilmaydigan 20 000Gs yuqori bo‘lgan chastotadagi egiluvchi 
muhitlarning mexanik tebranishidir. Ultratovushlar sanoatda juda ko‘p sohalarda va 
tibbiyotda (davolash, diagnostika) qo‘llanadi. Ultratovush biologik to‘qimalarga ta’sir 
etganda mexanik, termik va fiziko - kimyoviy samaralarni namoyon qiladi. Ultratovush 
bilan uzoq muddat davomida bevosita aloqada bo‘lganda ishchilarda asteno - vegetativ 
reaksiyalar kuzatiladi (toliqish, achchiqlanish, bosh og‘rishi, uyquning buzilishi, 
eshitishning buzilishi), ayrim hollarda polinevrit belgilari kuzatilib, hattoki barmoq va 
bilaklarning parezini keltirib chiqaradi. Ultratovushning nomuvofiiq ta’sirining oldini 
olish tadbirlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- ultratovushni gigienik reglamentlash va ish joylarida uning darajasini nazorat qilish; 
- ultratovushlarni avtomatik holda boshqarish va o‘chirish; 
- masofa orqali boshqarish, generatorlarni izolatsiya qilish; 
- foydalanilmaydigan nurlanishlarni yo‘qotish; 
- ShXVdan foydalanish (rezinali qo‘lqoplar, antifonlar); 
- oqilona ish tartibi (har 1,5 soatda tanaffuslarni tashkil qilish); 
- fizioterapevtik muolajalar (massaj, iliq vannalar); 


23 
- ovqatlarni vitaminlashtirish (B guruhidagi vitaminlar); 
- ishchilarni davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish. 
Zamonaviy korxonalarda yana bir muhim omil uchrab turadi, ya’ni qattiq jismlarning 
mexanik tebranishi - infratovush. Bu chastotasi 20 Gs dan kam bo‘lgan akustik tebranish 
hisoblanadi va qoida bo‘yicha eshitiluvchi tovushlar bilan kuzatiladi. Infratovushning eng 
muhim manbayi katta tebranishga ega bo‘lgan yuzalar hisoblanadi. Infratovushlar odam 
qulog‘i orqali qabul qilinmaydi. Ular katta masofalarga tarqalish xususiyatiga ega bo‘lib, 
har qanday to‘siqlardan ham o‘ta oladi va yirik obektlarning tebranishiga sabab bo‘ladi. 
Infratovush odam organizmiga ta’sir etganda MNS, yurak-tomir sistemasi, nafas 
organlari va eshitish organlarining funksional o‘zga rishlari kelib chiqadi. Infratovushning 
eng diqqatga sazovor ta’siri odamning emotsional holatiga ta’siridir (qo‘rqish sezgisini 
chaqirishi). Infratovushning zararli ta’sirining oldini olish tadbirlari: 
- infratovushlarga gigienik reglamentlar belgilash va uni nazorat qilish; 
- manbalarda infratovushni kamaytirish, kichik gabaritli mexanizmlardan 
foydalanish, transport harakatini cheklash, texnologik jarayonlardagi tezlikni oshirish; 
- katta tebranishga ega bo‘lgan yuzalarni mustahkamlash; 
- ishchilarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazib turish. 

Download 418.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling