Iii bob. Mehnat gigiyenasi asoslari va sanoat toksikologiyasi


Download 418.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/22
Sana19.06.2023
Hajmi418.64 Kb.
#1614020
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
CHANG

Kanserogenli ta’sir - bu kimyoviy moddalarning xavfli o‘smalarni keltirib chiqarish 
xususiyatidir. Sanoat kanserogenlari ko‘p va xilma- xildir. Butun dunyo Sog‘liqni Saqlash 
tashkiloti tarkibiga kiruvchi guruhining tasnifiga ko‘ra (1982) barcha kanserogenlik 
xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar ikki guruhga bo‘linadi: 
1-guruh - odam organizmi uchun kanserogenli ta’siri aniqlangan moddalar; 4-
aminodifenil, margumush va uning birikmalari, asbest, benzol, benzidin, xlormetilmetalli 
efir, xrom va uning birikmalari, 2- nafitilamin, qurum qatronlar, mineral yog, vinilxlorid 
va b.q. 
2 guruh - odam organizmi uchun kanserogenli xususiyati bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
moddalar. Bu guruhga kiruvchi moddalar yana 2 guruhga bolinadi: 
a) odam organizmi uchun kanserogenli xususiyati yuqori bo‘lgan moddalar 
(akrilonitril, benz(a)piren, berilliy, dietilsulfat, 0-toluidin, nitrozoaminlar va b.q.); 
b) odam organizmi uchun kanserogenlik xususiyati past bo‘lgan kimyoviy moddalar 
(to‘rtxlorli uglerod, xloroform, xlorfenollar, dibro- metan, formaldegid, ayrim turdagi 
gerbitsidlar va b.q.) 
Kasb kasalliklari ro‘yxatiga yana badan terisida uchraydigan rak kasalliklari 
kiritilgan, bundan tashqari nafas organlari, jigar, oshqozon, siydik pufagi, suyaklarda 
uchraydigan xavfli o‘smalar, 1 guruhga kiruvchi kanserogenli moddalar va 2 guruhdagi 
ayrim kanserogenli ta’sirga ega bo‘lgan moddalar ta’sirida yuzaga keladigan leykozlarni 
aytish mumkin. Xavfli o‘smalarni kelib chiqishida organizmning rakdan oldingi holati 
katta rol o‘ynaydi, masalan, mexanik va termik jarohatlar, zararli odatlar (spirtli ichimlik 
ichuvchilar, chekuvchilar). Xavfli o‘sma kasalliklarining oldini olishda umumiy 
tadbirlardan tashqari shu narsani inobatga olish zarurki, kanserogenli effekt 
kanserogenlarning juda kichik dozalar ta’sirida ham yuzaga kelishi mumkin, buni 
kanserogenlarning bo‘sag‘asiz effekti deb nomlanadi. Shuning uchun eng yaxshisi ishlab 
chiqarish muhitida kanserogenlarning bo‘lmasligiga erishish kerak. 


28 
Bir qator kanserogenlar uchun Butun Dunyo Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining 
tavsiyasiga ko‘ra REK "0" qiymatga ega bo‘lishi kerak, jumladan shunday qiymat - 
benzidin, alfa naftil amin, betta nitrozo- dimctilamin, alfa propiolaktamlar uchun 
belgilangan. 
Boshqa kanserogenlarning havo muhiti uchun REK faqat ishlab chiqarish havosi 
uchun benz(a)pirenga nisbatan ishlab chiqilgan bo‘lib, bu 15mg/m3 qiymatga tengdir. 
Kasbga doir xavfli o‘sma kasalliklari uchun dastlabki va davriytibbiy ko‘riklarni 
sifatli o‘tqazilishi katta ahamiyatga ega bo‘lib, rakdan oldingi holatlarni o‘z vaqtida 
aniqlash maqsadini ko‘zda tutadi. 

Download 418.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling