Iii bob. Mehnat gigiyenasi asoslari va sanoat toksikologiyasi


Sanitariya-texnikaviy tadbirlar


Download 418.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/22
Sana19.06.2023
Hajmi418.64 Kb.
#1614020
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
CHANG

Sanitariya-texnikaviy tadbirlar-bu tabiiy va sun’iy usul bilan ish joylaridagi havoni 
almashtirish (avariya holatida avtomatik ishlaydigan havoning sun’iy usulda 
almashinuvini ta’minlaydigan moslamalar qo‘yish), gaz va yuqori dispersli chang hosil 
qiluvchi moslamalarni umumiy ish joylaridan cheklash, ularning zichligini ta’minlash 
hamda konditsionerlar, avtomatik nazorat qiluvchi o‘lchagichlar o‘rnatish hisoblanadi
ishchi zonasi va ish xonalar havosini oqilona shamollatish (mahalliy, umumiy); 
Sanitariya-gigienik tadbirlar: ish jarayonida zaharli birikmalarni iloji boricha kam
zaharli birikmalar bilan almashtirish (masalan, , bosmoxonalarda qo‘rg‘oshin o‘rniga 
ruxdan foydalanish, benzolni va dixloretanni benzin yoki etil spirti bilan almashtirish va 
h.k.) kiradi. 
Kimyoviy moddalarni gigienik reglamentlash va ish joylaridagi havo tarkibidagi 
zaharli moddaning miqdorini nazorat qilib borish (SanQ va M kitobchasini namoyish 
qilish, ish joyidagi havo muhitida kimyoviy moddalarning REK rioya qilish 
kabilar);shaxsiy himoya vositalardan unumli foydalanish (maxsus kiyimlar, lozim 
bo‘lganda maxsus respiratorlar va protivogazlar); gazdan muhofaza qilish bo‘limining 
asosiy vazifasi falokatlarning oldini olish, ish uslubini ilmiy jihatdan tashkil qilish, 
korxona hisobidan ishchilarni maqsadga muvofiq ovqat bilan ta’minlash, qo‘shimcha ta’til 
berish, ishchilarni bexavotir ishlashga o‘rgatish, ish uslubini hisobga olgan holda 
korjomalar bilan ta’minlashdan iborat. 
Profilaktika va davolash tadbirlari - bu ishchini ishga qabul qilishdan oldin hamda 
ish uslubiga qarab ma’lum vaqtdan keyin tibbiyot ko‘rigidan o‘tkazishdir. O‘smirlar, 
homiladorlik va emiziklik davridagi ayollar kimyoviy birikmalar bilan ishlashga ruxsat 
etilmaydi. 


30 
Kimyoviy birikmalarning ish joylarida ruxsat etish mumkin bo‘lgan miqdoridan 
tashqari, bir kecha-kunduzda uchrashi mumkin bo‘lgan eng yuqori (maksimal) miqdori 
ham aniqlanadi. Kimyoviy birikmalarning ruxsat etsa bo‘ladigan miqdori va ularning 
organizm sistemalariga ta’siri laboratoriya usuli bilan hayvonlarda sinab aniqlanadi. 

Download 418.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling