Iii bob. Mehnat gigiyenasi asoslari va sanoat toksikologiyasi


Ishlab chiqarishga doir kimyoviy omillarning spetsifik ta’sirlariga gigienik


Download 418.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/22
Sana19.06.2023
Hajmi418.64 Kb.
#1614020
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
CHANG

Ishlab chiqarishga doir kimyoviy omillarning spetsifik ta’sirlariga gigienik 
tasnif 


26 
Ayrim turdagi sanoat zaharlari umumzaharli ta’sir samarasidan tashqari spetsifik 
ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ham egadir - allergenlik, kanserogenlik, mutagenli, 
teratogenli, embriotoksik ta’sir kabilar. 
Sanoat allergenlari - bu shunday moddalar, ular organizmga tushganda, ma’lum 
muddatlardan so‘ng organizmni allergizatsiya holatiga olib keladi. Allergenlik 
xususiyatiga ko‘pincha yuqori molekulali organik birikmalar ega bo‘ladi, ammo ma’lumki 
ko‘pgina quyi molekulali moddalardan tortib, toki ayrim kimyoviy elementlargacha ana 
shunday ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega, masalan, kobalt, nikel birikmalari (Co, Ni). Bu 
moddalar organizmda gaptenlik vazifasini o‘taydi, hujayralardagi oqsil molekulalari bilan 
birikib murakkab komplekslar hosil qiladi, bu moddalar o‘z o‘rnida organizmni 
autoallergizatsiya holatiga olib keladi. Ishchilar organizmida yuzaga keladigan allergik 
holatlar tez sodir bo‘ladigan va sekinlik bilan yuzaga keladigan allergik reaksiyalar 
ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin. Tez sodir bo‘ladigan allergik reaksiyalarga 
bronxial astma, angionevrotik shish, eshakemi va sekinlik bilan yuzaga keladigan allergik 
reaksiyalarga - dermatitlar, ekzemani kiritish mumkin. Bunday reaksiyalarning kelib 
chiqishida nasldan-naslga o‘tuvchi moyillik, neyroendokrin kasalliklar va shaxsiy moyillik 
holatlari katta ahamiyatga egadir. 
Kasbiy allergozlarning profilaktikasi juda murakkabdir, chunki allergiyaning 
shakllanishida yoki ayrim hollarda allergik reaksiyalarni kelib chiqishida juda kichik 
miqdorlardagi allergenlarning ta’siri ham etarli bo‘lib qoladi. Bunday vaziyatlarning oldini 
olish uchun allergik ta’sir ko‘rsatuvchi moddalarning o‘zini yoki guruhini aniqlash va 
organizmni desensibilizatsiyalash juda muhimdir yoki bo‘lmasa shu organizmni 
allergenlar bilan bo‘ladigan aloqasiga umuman barham berish zarur. Birlamchi profilaktik 
tadbirlarni o‘tkazish uchun ishchilarga kimyoviy moddalarning ta’sir etish mumkinligini 
kamaytirishga qaratilgan tadbirlar (umumzaharli ta’sirlarning oldini olishga qaratilgan 
tadbirlar kabi) dan tashqari ishchilarni ishga qabul qilishda ularning allergiyalarga 
moyillik holatlarini tekshirish kerak bo‘ladi. 
Ayrim turdagi kimyoviy ishlab chiqarish omillari uzoq muddatlardan so‘ng yuzaga 
keladigan ta’sir samarasini namoyon qiladi, ya’ni patologik o‘zgarishlar bu moddalarning 
ta’sir etganidan so‘ng tezlikda yuzaga kelmay, balki ta’sir etilgandan ma’lum muddat 


27 
o‘tgandan so‘ng namoyon bo‘lishi mumkin. Ana shunday uzoq muddatdan so‘ng yuzaga 
keladigan samaralar qatoriga kanserogenli, mutagenli, teratogenli ta’sirlarni ko‘rsatish 
mumkin. Ayrim hollarda teratogenli ta’sirni embriotoksik ta’sir deb ham ataladi. 

Download 418.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling