Iii bob. Mehnat gigiyenasi asoslari va sanoat toksikologiyasi
Ishlab chiqarishning zararli va xavfli omillari tasnifi
Download 418.64 Kb. Pdf ko'rish
|
CHANG
Ishlab chiqarishning zararli va xavfli omillari tasnifi.
Zararli va havfli ishlab chiqarish omillari tabiatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: fizikaviy; kimyoviy; biologik; psixofizik Fizikaviy zararli va xavfli ishlash omillari quyidagilarga bo‘linadi: -xarakatlanuvchi mexanizmlar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalarining so‘riluvchi qismlari. - ishchi zonasining yuqori changlangani va gazlangani. - ishchi zonasi havosining haroratining yuqori yoki pastligi. - shovqinning yuqori darajaliligi, vibratsiya, ish joyidagi ultratovush, infratovush. - Havo namligini oshishi yoki pasayishi. - barometrik bosim oshishi yoki pasayishi. - elektrstatik maydonining darajasining oshishi. - elektr magnit nurlanish darajasi oshishi. - tabiiy yorug‘lik kamligi yoki yo‘qligi. - ish zonasining yoritilganligi etishmasligi. -ultrabinafsha, infraqizil radiatsiya darajasining oshishi. Ishlab chiqarishning kimyoviy zararli va xavfli omillari quyidagicha: 1. Inson organizmiga ta’siri quyidagicha xarakterli bo‘ladi:toksik, sensibillovchi, kanserogen, mutagen, reproduktiv faoliyatga ta’sir qiluvchi (teratogen) 2. Inson organizmiga kirish yo‘li bo‘yicha: nafas organlari, oshqozon- ichak yo‘li, teri qoplamlari va shilliq qatlamlar orqali. 3. Ishlab chiqarishning biologik zararli va havfli omillari o‘z ichiga: biologik ob’yekt, patogen mikroorganizm (rikketsiya, bakteriya, virus va zamburug‘lar) va ularning xayot mahsulotlari kiradi. 4. Ishlab chiqarishning psixofiziologik zararli va xavfli omillari quyidagicha: jismoniy zo‘riqish va ruxiy zo‘riqish. Jismoniy zo‘riqish quyidagicha bo‘ladi: statik va dinamik Ruhiy zo‘riqish esa quyidagicha: aqliy zo‘riqish, analizatorlar zo‘riqishi, mehnatning monotonligi, emotsional zo‘riqish. 7 Gigiyenik tasnifga muvofiq mehnat sharoitlarini zararli va xavflilik ish jarayoni og‘irligi va keskinligi ko‘rsatkichlari SanQvaM №0350-17 va SanQ va M № 0183-05 ish sharoiti 4 sinfga bo‘linadi: 1 sinf – optimal ish sharoiti 2 sinf – ruxsat etilgan ish sharoiti 3 sinf – zararli ish sharoiti (gigienik normativ darajasi oshishi va ishchi organizmida o‘zgarishlar) yaqqolligi bo‘yicha 4 darajaga bo‘linadi. 4 sinf – o‘ta xavfli ish sharoiti Download 418.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling