Iii bob. Mehnat gigiyenasi asoslari va sanoat toksikologiyasi


Xonalar havosi tarkibidagi chang miqdorini aniqlash


Download 418.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/22
Sana19.06.2023
Hajmi418.64 Kb.
#1614020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
CHANG

Xonalar havosi tarkibidagi chang miqdorini aniqlash 
Diametri 5 nm dan katta va 0,3—0,4 nm dan kichik bo‘lmagan, tarkibida ozod 
kremniy (II)-oksidini tutgan zarrachalar yuqori darajada fibrogen faollikka ega. Shu 
sababli korxonada (ish joylarida) changning disperslik darajasini, miqdorini, chang 


13 
zarrachalarining morfologiyasini va uning tarkibidagi ozod kremniy (II)-oksidining 
miqdorini aniqlab, korxonaning havo muhitiga gigienik baho beriladi. Ish joylaridagi havo 
tarkibidagi chang sifati (chang zarrachalarining soni — konimetrik usul) va miqdori 
(ma’lum bir hajmda changning miqdori — gravimetrik usul) aniqlanadi. Chang miqdori 
aniqlanganda bir yo‘la uning morfologiyasini, kimyoviy tarkibini, organizmning biologik 
birikmalarida erishini va solishtirma og‘irligini ham aniqlash mumkin. 
Korxonalar havosining changlanganini ifodalash uchun xaritalar, respirator, analitik 
tarozi, allonj, AFA — FPP—15 filtrlari, rezina shlanglar, aspirator (chang tortuvchi), 
reometr, eksikator, Ouens-1 apparati, mikroskop, lupa, mikrometr, changdan namuna olish 
uchun oyna va unga qoplama, psixrometr, barometr, ozod kremniy (II) oksidining miqdori 
to‘g‘risida ma’lumot, yuqori konsentratsiyali sulfat kislotasi. 
1. Konimetrik usul. Bu usul bilan ma’lum hajmda chang zarrachalari sonini aniqlash 
bilan bir qatorda uning kattaligini, shaklini, rangini, o‘tkir qirralari borligini aniqlash 
mumkin. Demak, bu usul chang zarra-chalariga sifat jihatdan baho berishga imkon beradi. 
Aksariyat chang zarrachalari mayda bo‘lganligi tufayli, mikroskop, lupa va h. k. lardan 
foydalaniladi. 
Chang zarrachalarining katta-kichikligini aniklashda Ouens-1 asbobi qo‘llanadi. 
Ouens-1 asbobining ishlashi quyidagilarga asoslangan: avvalo tarkibida chang 
zarrachalarini tutgan havo asbobning naysimon qismida suv parlari bilan to‘yintiriladi (1), 
so‘ng nasos (2) yor-damida tor tuynuk orqali (3) katta bo‘lmagan kameraga (4) tortiladi, 
tortilgan havo tor tuynuk qarshisiga o‘rnatilgan shisha plastinkaga (5) uriladi. Kameraga 
nasos orqali tortilib kirgan havo kengayadi, harorati pasayadi, buning natijasida chang 
atrofidagi par bilan qoplanadi (kondensatsiyalanadi), so‘ng tarkibida chang zarrachalarini 
tutgan mayda suv tomchilari oyna sathiga yo‘lchaga o‘xshash shaklda joylashadi, tez 
orada suv zarrachalari parlanib, chang shisha plastinkaga o‘rnashib qoladi. 
Chang zarrachalarini mikroskopda sanash uchun maxsus kesilgan mikroskopik 
oynaga o‘rtasi ochiq halqa shaklida qirqilgan qog‘oz yopishtiriladi, so‘ng halqa ustiga 
asbobdan olingan (chang yo‘li tushgan) qoplagich-yupqa shisha plastinka (chang yo‘lini 
ichkariga qilib) yopishtiriladi. Chang zarrachalarini 100 marta katta qilib ko‘rsatuvchi 
zarrabin (mikroskop) da sanash mumkin. Chang zarrachalari mikroskop okulyariga 


14 
o‘rnatilgan mikrometrik to‘r (setka) orqali sanaladi. Chang zarrachalarining miqdori 
quyidagi formulaga ko‘ra aniqlanadi: 
X = N x S/ S
Bu erda: X- 1 ml havo tarkibidagi chang zarrachalarini soni 
N- 1 satxda chang yo‘li bo‘yicha ko‘ndalang yotgan chang zarrachalari soni 
S-butun chang yo‘li orqali tortilgan havoning hajmi 
S- nasos orqali tortilgan havoning hajmi 

Download 418.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling