Iii bob. Mehnat gigiyenasi asoslari va sanoat toksikologiyasi


Download 418.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/22
Sana19.06.2023
Hajmi418.64 Kb.
#1614020
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
CHANG

Mutagenli ta’sir -ayrim ishlab chiqarish omillarining mutagenli ta’sir samarasi 
hujayralarning genetik kodini jarohatlashi bilan bog‘liq bo‘lib, natijada ishlovchilarning 
kelgusi avlodlarida organizmning irsiy belgilarini uzatilishiga doir kuzatiladigan 
kasalliklar qayd qilinadi. Mutagenli ta’sirga ko‘pgina kanserogenli xususiyatga ega 
bo‘lgan moddalar egadir, ammo hamma mutagenlar ham kanserogenli ta’sirga ega emas. 
Profilaktik tadbirlar, xuddi kanserogenlarga bo‘lgan talab va tadbirlarning ko‘rinishi 
kabidir. 
Gonadotrop ta’sir - sanoat zaharlarining gonadotrop ta’sirlari erkak kishilarda 
spermatogenezning, ayollarda esa ovogenezning izdan chiqishi bilan ta’riflanadi. Bunday 
ta’sir ishlovchilarning o‘zlarida ham, ularning kelgusi avlodlarida ham uchrashi mumkin. 
Gonadotrop ta’sir xususiyatiga - benzol va uning gomologlari, xlororganik birikmalar, 
marganets, xlorpren, kaprolaktam, borat kislotasi, fenol, qo‘rg‘oshinlar egadir. Bundan 
tashqari, bir qancha moddalar embriotoksik ta’sirga ega bo‘lib, xomilador ayol 
organizmiga ta’sir etganda xomila organizmida gistomorfologik o‘zgarishlarni keltirib 
chiqaradi (teratogenli samara), ayrim sharoitlarda esa (moddaning zaharlilik sinfi, 
moddaning yuqori dozasi) xomilaning nobud bo‘lishiga ham sabab bo‘ladi. Teratogenli 
ta’sir aniq bo‘lgan moddalar qatoriga - xlorpren, formaldegidli qatron, emallar, laklarni 
kiritish mumkin. Bunday ta’sirga xomilaning 3-7 haftasidagi davri eng sezgir hisoblanadi. 
Embriotoksik ta’sirning oldini olish uchun umumiy profilaktik tadbirlardan tashqari sanoat 
zaharlari bilan bog‘liq bo‘lgan kasblarda ishlash uchun homilador ayollarni umuman 
qo‘ymaslik maqsadga muvofiqdir. 


29 
Sanoat zaharlarining umumzaharli ta’sirlarining oldini olish tadbirlarining 
asosiylari quyidagilardan iborat: 
Texnikaviy usulni qo‘llash mehnat uslubini tubdan o‘zgartirishi mumkin, bunda 
texnologik jarayon zamonaviy moslamalarda (zich yopiq holda) ma’lum masofadan turib 
bajariladi. Texnologik jarayonlarni takomillashtirish (masalan, buyumlarga ishlov berish 
usullarini o‘zgartirish, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, yopiq turkumdagi 
texnologiyalarni qo‘llash). 

Download 418.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling