Iii bob. Mehnat gigiyenasi asoslari va sanoat toksikologiyasi


Bartaraf etish yoki almashtirish


Download 418.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/22
Sana19.06.2023
Hajmi418.64 Kb.
#1614020
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
CHANG

1. Bartaraf etish yoki almashtirish. Bunday yondashuv zaharli bir moddaning 
qo‘llanilishini butunlay bartaraf etish yoki boshqa shu moddani o‘rnini bosuvchi kam 
zaharli moddadan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
2. Jarayon yoki uskunalarni o‘zgartirish. Bu holatda ish jarayonida xavfli 
materiallarga duch kelganda uskunalarni o‘zgartirish va texnik vaziyatni xisobga olib, 
unga bog‘liq xavfni kamaytirish muhimdir. Tez-tez professional sog‘liq standartlariga 
javob bermaydigan uskunalarni o‘zgartirib borish zarur. 
3. Izolyasiya yoki to‘siq. Juda zaharli materiallarni o‘z ichiga olgan operatsiyalar 
davomida xavf manbai va uning ta’sir ko‘rsatishidan ishchilarni himoya qilish maqsadida 
to‘siq qo‘yish orqali ob’yektxavfsiz holatga keltiriladi. Ko‘pincha ishchining bu 
jarayondagi izolyasiyasini amalga oshirish uchun robotlardan foydalanish mumkin bo‘ladi. 
4. Mahalliy ventilatsiya va havo tozalash. Havodagi gazlar yoki barcha sanoat 
operatsiyalaridagi zaharli moddalarva zarrachalar shamollatish tizimi orqali yo‘q qilinishi 
mumkin. Uskunalar ikki turda bo‘lishi mumkin: qo‘lqop qutisiva laboratoriya qaytarma 
qalpog‘i. CHiqarish tizimi orqali havo tozalanadi va bu esa faqat havo tozalash 
qurilmalari orqali amalga oshirilishi kerak (masalan, filtr, havo respiratori va havo 
so‘rg‘ich kabi). Ba’zi hollarda, olib tashlangan ifloslantiruvchi moddalar jarayonning
o‘zida qayta ishlanishi mumkin. 
5. Shahsiy himoya vositalari. Ishlab chiqarish jarayonida ishchilar shahsiy ximoya 
vositalaridan foydalanishlari kerak. Og‘ir uskunalar bilan ishlaydigan ishchilar og‘ir
zarblardan ximoyalovchi qaytaruvchi anjom, ko‘zoynak, va xavfsizlik poyafzali bilan 
ta’minlash kerak. O‘yuvchi va zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlaydigan ishchilar esa 
yuzga taquvchi niqob bilan himoyalanishlari kerak. 
6. To‘g‘ri ish tajribasi va ozodalik. Ushbu ikkalatadbirlar nazorat qilish 
strategiyasining muhim samarali tarkibiy qismlaridan biridir. To‘g‘ri ish tajribasi 


34 
operatsion uskunalarning to‘g‘ri dizaynini o‘z ichiga oladi, ular zararli ta’sir va 
chiqindilarni kamaytirish uchun xizmat qiladi. Biron bir xavfli ish jarayonini bajarishdan 
oldin texnika xavfsizligi bo‘limidan ruxsatnoma olinishi talab qilinadi. Ozodalikda shaxsiy 
gigiyena qoidalariga rioya qilish nazarda tutilgan.

Download 418.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling