Iii bob. Rezervuarlar konstruksiyasi 1 §. Payvandli ulanma va choklar


Download 366.08 Kb.
bet11/23
Sana03.02.2023
Hajmi366.08 Kb.
#1152010
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
diplom

9 - §. Pontonlar
133. Pontonlar turg‘un tomli rezervuarlarda qo‘llanilib, undagi mahsulotning bug‘lanib isrof bo‘lishini kamaytirishga mo‘ljallanadi. Pontonli rezervuarlar ichki bosim va vakuumsiz ishlatilishi kerak.
134. Pontonlarning asosiy turlari quyidagilardan iborat:
a) perimetri bo‘ylab joylashtirilgan ochiq yoki yopiq suzgich (koroba) li membranali pontonlar;
b) butun maydoni bo‘ylab qo‘shdekali konstruksiyadagi germetik suzgich (koroba) lari joylashtirilgan pontonlar;
v) germetik qoplamali qalqib turuvchi pontonlar;
g) yuzasi penopoliuretan bilan qoplangan ko‘pqatlamli pontonlar.
135. Pontonning konstruksiyasi uni rezervuarning butun balandligi bo‘yicha qiyshaymay va aylanmay ishlashini ta’minlashi kerak.
136. Pontonning chetki devori (borti) cho‘kib turishini hisobga olganda, mahsulot sathidan kamida 150 mm baland bo‘lishi lozim. Pontonning quvurchalari ham xuddi shunday balandlikda bo‘lishi zarur.
137. Pontonning konstruksiyasi, rezervuarda saqlanayotgan mahsulotning solishtirma og‘irligini hisobga olgan holda, o‘zining suza olish zaxirasini ta’minlashi kerak. Ichi bo‘sh suzgich (koroba) lari bor pontonning suzuvchanligini hisoblash har qanday ikkita suzgich va pontonning markaziy qismida germetiklik yo‘qolgan holat uchun o‘tkaziladi.
138. Pontonning po‘lat yoki alyuminli qotishmalardan yasalgan elementlarining qalinligini belgilashda, ularning mustahkamlik va deformatsiya (shaklini o‘zgartirish) ga doir hisob-kitoblar, hamda muayyan ishlatish sharoitidagi korroziyaga dosh beraolish xossalarini asos qilib olish lozim.
139. Pontonning mahsulot yoki uning bug‘lari bevosita ta’sir qiladigan barcha ulanmalari zichlangan va germetiklikka tekshirilgan bo‘lishi kerak. Zichlovchi materiallar saqlanayotgan mahsulot bilan xossalari jihatidan o‘zaro mos bo‘lishi zarur.
140. Pontonning holati turg‘un (mahkamlangan) yoki sozlanuvchan (o‘zgaruvchan) tayanch (ustun) lar yordamida ushlab turiladi. Uning eng quyi (pastki) ishchi holati ponton konstruksiyasi rezervuar ichidagi devorlaridan yoki tagidagi pontonning pastga tushishiga to‘sqinlik qiladigan turli uskuna va qurilmalardan yuqorida bo‘lishi kerak. Berk profillardan yasalgan tayanch (ustun) larning pastki va yuqori qismida tashlama va tozalash uchun teshikchalari bo‘lishi lozim. Buzilishlar va zichlik yo‘qolishining oldini olish uchun tayanch (ustun) larning ponton elementlariga mahkamlanadigan joylariga alohida e’tibor berish zarur.
141. 134-punktda tarif berilgan a) va b) turidagi pontonlardan rezervuar tubiga tushadigan dinamik zo‘riqishni bir maromda taqsimlash uchun ponton tayanchlarining tagiga po‘lat qistirmalar qo‘yib, ularni rezervuar tubiga yoppa chok usulida payvandlab tashlanadi.
142. Pontonni yasashga doir hisob-kitob qilganda, quyidagilarga e’tibor berish kerak. Ponton suzib turganda yoki tayanch ustunlarda turganda, ponton ustida turli yo‘nalishda harakatlanayotgan eng kamida 2 kishini (2 kN) bemalol ko‘tarib turaolishi, buzilib ketmasligi, hamda rezervuar ichidagi mahsulot ponton ustiga chiqib ketmasligi kerak.
143. Ponton aylanib (buralib) ketishining oldini olish uchun trosli yoki boshqa konstruksiyalardan foydalanish mumkin.
144. Pontonlarning qoplamasiga yuklanish tushishining oldini olish uchun, ventilatsiya qurilmalarini pontonning quvuriga o‘rnatish mumkin. Mazkur qurilma, rezervuarni to‘ldirish yoki bo‘shatish paytida, eng quyi ish holatida, tayanchlarda turgan pontonning tagidagi havo va gazni yetarli darajada harakatlantiradigan bo‘lishi kerak. Har holda (ventilatsiya qurilmasi bor yoki yo‘qligida) ponton tayanchlarda turganda, rezervuarni to‘ldirish yoki bo‘shatish tezligi, muayyan rezervuar uchun iloji boricha eng minimal bo‘lishi zarur.
145. Turg‘un tomda yoki pontonli rezervuarning devorida eng kamida 2 ta ventilatsiya (shamollatish) quvurcha (teshik) lari bo‘lib, ular perimetr bo‘yicha har 10 m ga joylashtiriladi. Bundan tashqari tom markaziga bitta quvurcha o‘rnatiladi. Mazkur quvurchalarning umumiy ochiq maydoni rezervuar diametrining har bir metriga 0,06 m2 ga teng yoki undan ziyod bo‘lishi kerak. Rezervuarni ishlatish paytida ventilatsiya quvurchalarining teshigining kataklari 10x10 mm li zanglamaydigan po‘latdan yasalgan to‘r va yog‘in-sochindan saqlovchi tunuka g‘iloflar bilan to‘silgan bo‘lishi lozim.
146. Pontonning ustiga chiqish uchun rezervuarning devorida eng kamida bitta tuynuk (lyuk) bo‘lishi va u orqali tayanch ustunlarda turgan pontonga chiqish imkoniyati bo‘lishi zarur.
147. Pontonli rezervuarning turg‘un tomiga, pontonning perimetri bo‘ylab zichlashuvini nazorat qilish uchun, eng kamida 2 ta kuzatish lyuklari o‘rnatilishi kerak. Lyuklar orasidagi masofa 20 m dan katta bo‘lmasligi lozim.
148. Pontondagi barcha tok o‘tkazuvchi qismlari o‘zaro va rezervuarning tashqi konstruksiyasiga ulangan bo‘lishi zarur. Mazkur ishni rezervuarning turg‘un tomidan pontonga keladigan (teng taqsimlangan kamida ikkita) egiluvchan kabellar yordamida bajarish mumkin. Kabelni ularning pishiqligiga, korroziyaga bardoshligiga, elektr qarshiligiga ulanishning ishonchliligiga, egiluvchanligiga va ishlash muddatiga qarab tanlanadi.
149. Pontonning tepa qismida turib, nazorat qilinishi kerak bo‘lgan berk suzgich (koroba) lardagi germetiklikni tekshirish uchun ular qopqoqli lyuklar bilan jihozlanishi kerak.

Download 366.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling