Iii bob. Rezervuarlar konstruksiyasi 1 §. Payvandli ulanma va choklar


Download 366.08 Kb.
bet1/23
Sana03.02.2023
Hajmi366.08 Kb.
#1152010
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
diplom


III bob. REZERVUARLAR KONSTRUKSIYASI
1 - §. Payvandli ulanma va choklar
39. Payvandli ulamalarga oid atamalar va ularning bayoni, payvand choklarining turlarini payvandlash ishlariga doir me’yoriy hujjatlarga muvofiq quyidagicha qabul qilish zarur:
a) tutash ulanmalar — uchlari (yoq) ining yuzalari bir-biriga tegib turgan elementlarni payvandlab ulash.
b) burchakli ulanmalar — elementlari burchak ostida joylashgan va ularning tegib turgan joylari payvandlangan, ikkita elementlarni payvandlab ulash.
v) bir-birining ustiga chiqarilgan ulanmalar — parallel joylashgan va bir- birining ustiga qisman chiqarib payvandlangan, ikkita elementlarni payvandlab ulash.
g) tavrli ulanmalar — bir elementning uchi ikkinchi elementning yon yuzasiga to‘g‘ri burchak ostida payvandlangan ulanmalar.
d) tutash choklar — elementlarning chetlariga turlicha (to‘g‘ri burchakli, X - simon, K - simon, V - simon) payvand choklardan yasalgan ulanmalar.
e) burchakli choklar — burchakli, bir-birining ustiga chiqarib yoki tavrli ulanma qilingan payvand choklar.
j) uzluksiz chok — uzunligi bo‘yicha oralatmay yasalgan choklar;
i) bo‘laklangan chok — uzunligi bo‘ylab kamida 50 mm uzunlikda alohida-alohida yasalgan choklar.
40. Payvandli ulanib va choklangan konstruktiv elementlar, odatda, quyidagi qo‘llanilgan payvandlash turiga doir standartlar talablariga mos bo‘lishi lozim:
a) qo‘lda bajariladigan yoyli payvandlash — GOST 5264;
b) flyus vositasida avtomatik va yarimavtomatik payvandlash — GOST 8713;
v) himoya gaz muhitida yoyli payvandlash — GOST 1471.
41. Payvandli ulanma choklar zich va mustahkam bo‘lishi, o‘zining oquvchanlik chegarasi, uzilishga vaqtinchalik qarshiligi, nisbiy uzayishi, zarbiy qovushqoqligi, egilish burchagi kabi choklarining standart mexanik xossalarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha asosiy metallga mos bo‘lishi lozim.
42. Korroziyaga qarshi pishiqligini yaxshilash uchun chok metalli va asosiy metall kimyoviy tarkibi bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lishi shart.
43. Payvandlash texnologiyasida payvandlash davomida sezilarli deformatsiya (shaklining o‘zgarishi) va konstruksiya elementlarining bir-biriga nisbatan siljishiga yo‘l qo‘ymaydigan usullarini tanlash lozim.
44. Payvandlashda qo‘llanilgan vaqtinchalik tutqichlar kuch ta’siriga mo‘ljallanmaydi.
45. Qalinliklaridagi farq 3.1-jadvalda ko‘rsatilgan miqdordan oshmaydigan detallarni ulashdagi choklar bir xil qalinlikdagi detallarni payvandlab ulaganday bajariladi. Detallardagi qirg‘oqlariga beriladigan ishlov va payvand choklarining o‘lchami nisbatan qalinroq detalda o‘tkaziladi.





Download 366.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling