Iii bob. Rezervuarlar konstruksiyasi 1 §. Payvandli ulanma va choklar


- §. Devorlari himoyalangan rezervuarlar


Download 366.08 Kb.
bet23/23
Sana03.02.2023
Hajmi366.08 Kb.
#1152010
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
diplom

10 - §. Devorlari himoyalangan rezervuarlar
150. Devorlari himoyalangan rezervuarlarni loyihalab tayyorlash va montaj qilishda mazkur Qoidalarning talablari va ushbu paragrafdagi qo‘shimcha ko‘rsatmalarga amal qilish lozim.
151. Devorlari himoyalangan rezervuarlar mahsulotni saqlash uchun belgilangan, ichki rezervuardan va avariya holatlarida yoki asosiy rezervuarning germetikligi buzilganda, mahsulotni ushlab turish uchun belgilangan himoyali tashqi rezervuardan iborat bo‘ladi.
Asosiy rezervuar turg‘un tomli yoki suzuvchi tomli qilib yasalgan bo‘lishi mumkin.
152. Rezervuardagi himoyalovchi devorning balandligi asosiy rezervuar devori balandligining kamida 80 % ini tashkil qilishi kerak.
Himoyalovchi rezervuarning diametrini tanlashda, quyidagilarga e’tibor berish lozim ichki rezervuar buzilgan (yorilgan) taqdirda va mahsulotning bir qismi himoyalovchi rezervuarga oqib o‘tganda, himoyalovchi rezervuardagi mahsulotning sathi rezervuar devorining eng yuqori nuqtasidan 1 m ga past bo‘lishi, hamda devorlar orasidagi bo‘shliqning kengligi kamida 1,5 m bo‘lishi lozim.
153. Asosiy rezervuarning tubi himoyalovchi rezervuarning tubiga bevosita tayanib turishi yoki sizib (oqib) chiqish holatlarini to‘liq nazorat qilib borish uchun rezervuarlar tubini bir-biridan ajratib turuvchi panjara, armaturali to‘r yoki boshqa qistirmalarga tayanib turishi lozim. Himoyalovchi devorli rezervuarning tubidagi nishablik faqat tashqariga qarab yasalgan bo‘ladi.
154. Devorlari himoyalangan rezervuarni, rezervuar parkiga joylashtirganda, belgilangan tartibda tasdiqlangan qurilish me’yorlari va qoidalari va yong‘inga qarshi talablarga rioya qilish lozim. Ayni paytda himoyalovchi devorli rezervuar diametri uchun asosiy rezervuarning diametrini qabul qilish kerak.
Devori himoyalangan rezervuarlar atrofini marzalash shart emas.
155. Himoyalovchi devorli rezervuarlar 2 etapda sinovdan o‘tkaziladi:
a) birinchi etapda — asosiy rezervuar sinaladi;
b) ikkinchi etapda — himoyalovchi rezervuar sinaladi.
Devori himoyalangan rezervuarni gidravlik sinashni, asosiy rezervuarni himoyalovchi devor balandligigacha suv bilan to‘latilgan holatda, devorlar orasidagi bo‘shliqqa loyihada belgilangan me’yorgacha suv quyib o‘tkaziladi.
Sinov natijalari asosida asosiy va himoyalovchi devorli rezervuarlarni sinashga oid alohida-alohida dalolatnoma tuziladi.
156. Devori himoyalangan rezervuar uchun buyurtma berayotganda, buyurtmachi 1-ilovadagi blanka shaklida, himoya rezervuarining asosiy parametrlari haqida erkin yozuvda berishi kerak.
tibda tasdiqlangan qurilish me’yorlari va qoidalari va yong‘inga qarshi talablarga rioya qilish lozim. Ayni paytda himoyalovchi devorli rezervuar diametri uchun asosiy rezervuarning diametrini qabul qilish kerak.
Devori himoyalangan rezervuarlar atrofini marzalash shart emas.
155. Himoyalovchi devorli rezervuarlar 2 etapda sinovdan o‘tkaziladi:
a) birinchi etapda — asosiy rezervuar sinaladi;
b) ikkinchi etapda — himoyalovchi rezervuar sinaladi.
Devori himoyalangan rezervuarni gidravlik sinashni, asosiy rezervuarni himoyalovchi devor balandligigacha suv bilan to‘latilgan holatda, devorlar orasidagi bo‘shliqqa loyihada belgilangan me’yorgacha suv quyib o‘tkaziladi.
Sinov natijalari asosida asosiy va himoyalovchi devorli rezervuarlarni sinashga oid alohida-alohida dalolatnoma tuziladi.
156. Devori himoyalangan rezervuar uchun buyurtma berayotganda, buyurtmachi 1-ilovadagi blanka shaklida, himoya rezervuarining asosiy parametrlari haqida erkin yozuvda berishi kerak.
Download 366.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling