Iii bob. Rezervuarlar konstruksiyasi 1 §. Payvandli ulanma va choklar


Download 366.08 Kb.
bet21/23
Sana03.02.2023
Hajmi366.08 Kb.
#1152010
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
diplom

8 - §. Suzuvchi tomlar
118. Suzuvchi tomlar, statsionar (turg‘un) tomsiz, gorizontal yer yuzasining har 1 m2 ga 1,5 kRa massadagi qor qoplamasi hosil bo‘ladigan rayonlarda joylashgan rezervuarlarda qo‘llaniladi.
119. Suzuvchi tomlar quyidagi turlarda bo‘lishi mumkin:
a) perimetri bo‘ylab joylashgan germetik korobalari bor, yakkadeka konstruksiyali suzuvchi tomlar;
b) butun yuzasi germetik korobalar bilan qoplangan qo‘shdeka konstruksiyali suzuvchi tomlar;
v) qalqib turadigan suzuvchi tom.
120. Suzuvchi tomlarni loyihalashda rezervuarlarni to‘ldirganda yoki bo‘shatganda, tomning cho‘kib ketishi yoki uning konstruktiv elementlari, hamda rezervuarning tubidagi va devorlaridagi texnologik elementlar va moslamalar buzilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini rejalashtirish zarur.
121. Rezervuarda saqlanadigan mahsulotning zichligi (solishtirma og‘irligi) qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, suzuvchi tomlar solishtirma og‘irligi 0,7 t/m3 zichlikdagi mahsulot solinganda suza oladigan qilib hisob-kitob qilinadi.
122. Yakkadekali suzuvchi tomlarning markaziy qismidagi va ikkita bir-biriga yaqin suzgich (koroba) laridagi germetiklik yo‘qolganda ham suzib (qalqib) turishi ta’minlanishi kerak.
Qo‘shdekali tomlarning ikkita qo‘shni suzgich (koroba) laridagi germetiklik yo‘qolganda ham suzuvchanligi ta’minlanishi lozim.
Buyurtmachi bilan kelishilgan holda, suzuvchi tomlarda to‘plangan yog‘in suvlarini bevosita saqlanayotgan mahsulot ustiga tushiruvchi avariyali suv tashlagich o‘rnatilishi mumkin.
Suzuvchi tomning konstruksiyasi rezervuar bo‘shatilgan paytda tayanchlarda turganda, taqsimlangan 1,5 kRa yuklama (zo‘riqish) ga dosh beraoladigan, yetarli darajadagi mustahkamlikka ega bo‘lishi lozim.
123. Suzuvchi tom va rezervuardagi mahsulot orasida bug‘-havo aralashmasi hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tom mahsulotga tegib turishi kerak.
124. Suzuvchi tomning markaziy qismi va har bir suzgichi (korobasi) germetik bo‘lib, tegishli usullar bilan (vakuum kamera yoki sizib kiruvchi suyuqlik) sinalishi lozim. Suzgichning yuqori qismiga kuzatish lyuki (tirqishi) o‘rnatilib, o‘sha yerdan germetiklikka tekshirib turiladi. Lyukning konstruksiyasi va gardishi suzgich (koroba) ichiga yog‘in tushmasligini ta’minlashi kerak.

3.8 - rasm. Sharsimon tomni rezervuar devoriga ulash usullari
125. Suzuvchi tomlarning konstruksiyasi yog‘in suvlarini suvyig‘ish punktiga to‘plab, keyinchalik rezervuarlar (park) tashqarisiga chiqarib yuborishga imkon berishini ta’minlashi kerak. Yakkadekali suzuvchi tomning suvyig‘ish qurilmasi, suvtashlagich quvuro‘tkazgichlaridagi germetiklik yo‘qolganda, suzuvchi tomga saqlanayotgan mahsulot tushmasligini kafolatlovchi teskari klapan o‘rnatilishi lozim.
Asosiy suvtashlagichning nominal diametri quyidagicha bo‘lishi kerak:
a) diametri 30 m gacha bo‘lgan rezervuarlar uchun — 75 mm;
b) diametri 30 m dan 60 m gacha bo‘lgan rezervuarlar uchun — 100 mm;
v) diametri 60 m dan ziyod bo‘lgan rezervuarlar uchun — 150 mm.
Suzuvchi tomga, uning balandligiga qarab avtomatik tarzda kerakli holatga moslanuvchi narvon orqali chiqiladi. Ishlatiladigan narvonlardan biri sifatida sirpanuvchi narvonni tavsiya etish mumkin. Ushbu narvonning yuqori qismi rezervuar devoriga sharnir yordamida mahkamlanib, pastki qismidagi rolik (g‘ildirakcha) lar suzuvchi tomga o‘rnatilgan yo‘naltiruvchi yo‘l (relschalar) bo‘ylab harakatlanadi. Sirpanuvchi narvonning ikkala tomonida to‘siqlar, pog‘onalari o‘z-o‘zidan tekis holga keladigan bo‘lib, har qanday holatida ham o‘rta nuqtasiga tushadigan vertikal yuklama (yuk) 5 kN ga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
126. Tomning tashqi cheti bilan rezervuar devorlari orasidagi hamda tomdagi naycha (quvur) lar bilan yo‘naltirgich o‘rtasidagi tirqishlar maxsus qurilma (berkitgich) lar yordamida hosil qilinadi.
127. Berkitgich uchun ishlatilgan material saqlanadigan mahsulotga o‘zining gaz zichligi (solishtirma og‘irligi), eski-yangiligi, eyilishga dosh beraolishi, harorat va boshqa omillar bo‘yicha mos kelishi kerak.
128. Rezervuar devori bilan ponton oralig‘idagi tirqishning o‘lchami ishlatiladigan berkitgichning konstruksiyasiga mos bo‘lishi zarur.
129. Suzuvchi tomlar, rezervuar tagida odam yuraoladigan balandlik (1800 mm) dagi tayanch ustunlar ustida turadigan holatda bo‘lishi kerak. Buyurtmachining talabiga binoan suzuvchi tomlar pastda 2 xil (ishchi va ta’mirlash) holatda to‘xtatib turadigan tayanch ustunli bo‘lishi mumkin.
Quvurlar yoki boshqa yopiq profillardan yasalgan tayanch ustunlarida suyuqlikni chiqaruvchi tashlama teshiklar qoldirilgan bo‘lishi lozim. Suzuvchi tomning rezervuar tagiga, tushadigan nagruzkasini bir maromda taqsimlanishi uchun suzuvchi tomlar turadigan tayanch ustunlari tagiga, rezervuar tubiga yoppa chok hosil qilib payvandlangan po‘lat qistirmalar qo‘yiladi.
130. Suzuvchi tomlarda nominal diametri kamida 600 mm li, rezervuarni shamollatish yoki unda mahsulot yo‘q paytida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar kiraoladigan eng kamida bitta lyuk (yorug‘lik tuynugi) va diametri 800 mm li bitta montaj qilish lyuki bo‘lishi kerak.
131. Suzuvchi tomlar aylanib (buralib) ketishining oldini olish uchun pastki qismi perforatsiyalangan (teshiklari bor) quvurdan yo‘naltiruvchidan (mahkam ushlab turuvchi) sifatida foydalaniladi. Mazkur quvur bir vaqtning o‘zida texnologik vazifalar (ichida namuna olish uchun yoki mahsulot sathini o‘lchash uchun qurilmali) ni bajarishi mumkin.
132. Suzuvchi tomning barcha qismlari, xususan sirpanuvchi narvon ham elektr tokiga nisbatan bir-biri va devor bilan o‘zaro ulangan bo‘lishi lozim.

Download 366.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling