1,2,3-amaliy mashg’ulotlar Bankali go’sht konservalariga tegishli standartlarda xavfsizlik ko’rsatkichlarini aniqlash
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
sertifikat amaliy UMK
1,2,3-amaliy mashg’ulotlar Bankali go’sht konservalariga tegishli standartlarda xavfsizlik ko’rsatkichlarini aniqlash 1. Go‘sht konservalarining sifatini organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari asosida baholash Go‘sht konservalari yuqori haroratda issiqlik ishlovi berib, tunuka yoki shisha bankalarga joylab, germetik bekitib, sterilizatsiya qilingan mahsulotdir. Go‘sht konservalarining ozuqaviy qiymati va energiya berish qobiliyati go‘shtlardan ham yuqoridir, chnki konserva mahsulotlarini tayyorlashda go‘shtdan iste’mol qilinmaydigan qismlar ajratib tashlanadi va unga qo‘shimcha ta’m beruvchi moddalar qo‘shiladi. Go‘sht konservalarining sifati bankalarning tashqi ko‘rinishini nazorat qilish va bankadagi mahsulotning organoleptik, kimyoviy va bakteriologik ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida baholanadi. Tashqi ko‘rinishini aniqlaganda avvalom bor germetik bekitilgan yoki bekitilmaganligi, bombaj bor yoki yo‘qligi, bankaning deformatsiya uchraganligi, choklarida nuqsonlarning mavjudligi yoki mavjud emasligi, zanglaganlik belgilari kabi ko‘ratkichlariga e’tibor beriladi. Konserva sifatini baholaganda hir bir partiyadan o‘rtacha namunalar olinadi. Bir xil partiya deganda bir zavodda, bir kunda va vaqtda bir hil nomdagi va navdagi ishlab chiqarilgan konserva mahsulotlari tushuniladi. Agar mahsulot sig‘imi 1 litrgacha bo‘lgan bankalarga qadoqlangan bo‘lsa, unda har yashikdan jami 10 ta banka olinib, shu bankalardan kichik namunalar olinadi. Namunani laboratoriya tekshiruviga jo‘natishda dalolatnoma tuziladi va albatta konservaning etiketka qog‘ozi bo‘lishi kerak. Unda korxonaning nomi, mahsulotning nomi, navi va ishlab chiqarilgan vaqti, namuna olingan mahsuloti partiyasi hajmi, namuna olingan vaqti, namuna olgan kishining ismi-sharifi, mansabi, konservaning qaysi ko‘rsatkichlari aniqlanishi kerakligi, konserva sifati bo‘yicha javob berishi kerak bo‘lgan me’yoriy-texnik hujjatning nomeri va transport hujjati nomeri kabi axborotlar keltirilishi kerak. Bombaj belgilari bor germetik bo‘lmagan, bankadan mahsulot sizib chiqqanlik belgilari mavjud, juda zanglab ketgan konserva mahsulotlarni sotuvga ruxsat etilmaydi. Konserva bankalarining germetik bekitilganligini tekshirishning eng oddiy usuli bankalarni 90-95 0 C gacha qaynoq suvga 5-7 daqiqa solib qo‘yib kuzatish hisoblanadi. Bankalardan yoki uning choklaridan havo pufakchalarining ajralib chiqa boshlashi konserva bankasining germetik emasligidan dalolat beradi. Agar havo pufakchalarining ajralib chiqishi kuzatilmasa, unda konserva bankalari germetik bekitilgan deb topiladi. Go‘sht konservalaridan faqatgina dimlangan mol, qo‘y, cho‘chqa go‘shti konservalari a’lo va 1-chi navlarga bo‘linadi, qolganlari esa navlarga bo‘linmaydi. Organoleptik baholashda banka ichidagi mahsulotning tashqi ko‘rinishi, rangi, konsistensiyasi, hidi va ta’mi, quymasining sifati kabi ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Masalan, GOST 5284-56 standarti talabi bo‘yicha dimlangan mol go‘shti konservasi organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha quyidagi 26-jadvalda keltirilgan talablarga javob berishi kerak. Go‘sht konservalarining asosiy fizik-kimiyoviy ko‘rsatkichlariga butun konserva massasida go‘sht qismining miqdori, ular tarkibidagi yog‘ va tuz miqdori kiradi. Shuningdek, go‘sht konservalari tarkibida qalay tuzi miqdori ham aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich 1 kg mahsulotda 200 mg dan oshmasligi standartda belgilab qo‘yilgan. 26-jadval Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling