1,2,3-amaliy mashg’ulotlar Bankali go’sht konservalariga tegishli standartlarda xavfsizlik ko’rsatkichlarini aniqlash
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
sertifikat amaliy UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4,5,6-amaliy mashg’ulotlar Kolbasa mahsulotlariga tegishli standartlarda xavfsizlik ko’rsatkichlarini aniqlash (6 soat)
Takrorlash uchun savollar:
1. Go‘sht konservalarining sifat ekspertizasini o‘tkazishda namunalar olish qoidasini tushuntiring. 2. Go‘sht konservalarining sifatini baholashda organoleptik ko‘rsatkichlari qanday aniqlanadi? 3. Nima uchun go‘sht konservalarining sifatini baholashda germetik bekitilganligiga alohida e’tibor beriladi? 4. Go‘sht konservalarining germetik bekitilganligi qanday aniqlanadi? 5. Go‘sht konservalari sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha qanday tovar navlariga bo‘linadi? 6. Go‘sht konservalarining sifatini baholashda organoleptik ko‘rsatkichlariga qanday talablar qo‘yiladi? 7. Go‘sht konservalarining asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga nimalar kiradi? 8. Bombajli bankalarni tashqi ko‘rinishidan qanday aniqlash mumkin? 9. Go‘sht konservalarida uchraydigan bombajlarning qanday turlarini bilasiz? 10. Go‘sht konservalarida bo‘ladigan kimyoviy bombajni qanday tushunasiz? 11. Go‘sht konservalarida bo‘ladigan mikrobiologik bombajni qanday tushunasiz? 12. Fizikaviy bombajli konserva mahsulotlarini ovqatga ishlatish mumkinmi? 4,5,6-amaliy mashg’ulotlar Kolbasa mahsulotlariga tegishli standartlarda xavfsizlik ko’rsatkichlarini aniqlash (6 soat) Kolbasa mahsulotlari va dudlamalar: a) kolbasa mahsulotiga va go‘sht dudlamalariga qayta ishlash uchun, ushbu mahsulotlarning standartlari va texnik shartlarida ko‘zda tutilgan va veterinariya nazorati tomonidan oziq-ovqat maqsadlari uchun ruxsat etilgan go‘sht, shpik, kalla- pocha, ichak-chavaqlar, qon va boshqa hayvonot hamda o‘simlik dunyosiga mansub oziq-ovqat xomashyolari qo‘yiladi; b) go‘shtni qayta ishlash korxonalarida kolbasa mahsulotlari va go‘sht dudlamalarining sifati har bir turdagi mahsulot standarti va texnik shartlari talablariga muvofiq, amaldagi namuna olish bo‘yicha davlat standartida ko‘rsatilgan usullarni, kolbasa mahsulotlari hamda dudlamalarni laboratoriya tekshirishlarini qo‘llagan holda aniqlanadi; v) kolbasa mahsulotlari va go‘sht dudlamalari mahsulot ichida patogen mikroblar, mog‘orlash, irib parchalanish, achib bijg‘ish aniqlansa texnik utilizatsiyaga jo‘natiladi. Kolbasa mahsulotlari va go‘sht dudlamalarida ichak tayoqchalari yoki protey guruhidagi bakteriyalar aniqlanganda, shu bilan bir vaqtda mahsulotning organoleptik holatlari o‘zgarganda ular texnik utilizatsiyaga jo‘natiladi. Normal organoleptik xususiyatlari saqlanganda qaynatilgan va yarim dudlangan kolbasa mahsulotlari kolbasaga qayta ishlash uchun, xom dudlangan kolbasalar esa qo‘shimcha 10 — 12 sutka saqlash uchun, keyinchalik bakteriologik tekshirish sharti bilan jo‘natiladi. Agarda takroriy tekshirishda ichak tayoqchalari yoki protey guruhidagi mikroblar topilmasa, mahsulotlar cheklovlarsiz chiqariladi. Aks holda ular kolbasaga qayta ishlashga jo‘natiladi. Xom dudlangan kolbasada salmonellalar topilganda mahsulotda normal organoleptik xususiyatlar saqlanib qolganda u dastavval qaynatilgandan so‘ng qayta ishlashga jo‘natiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan holatlarda albatta termik ta’sir bilan qayta ishlash amaldagi texnik-me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Kolbasa mahsulotlari va dudlamalarda saprofit aerob bakteriyalar va patogen bo‘lmagan spora hosil qiluvchi anaeroblar aniqlanganda normal organoleptik ko‘rsatkichlar saqlanib qolganda ushbu mahsulotlar cheklovlarsiz chiqariladi; g) dudlangan kolbasalar qobig‘ida mog‘or topilsa, kolbasa mog‘ordan tozalangandan so‘ng chiqariladi. Kolbasa mahsulotlarini saqlash sharoiti va muddatlari Mahsulotlarning nomi Nam saqlashi (foiz) Saqlash sharoiti 70—80% nisbiy namlikda saqlash muddati Harorat (°S) Davomiylik muddati qaynatilgan kolbasalar 1 va 2 sortlar 63—75 Ilingan holatda 0 dan 8 gacha 2-3 sutkagacha Sosiska va sardyelkalar 65—75 Ilingan holatda 0 dan 8 gacha 2-3 sutkagacha O‘pka-jigar kolbasalari oliy va 1 sort 48—50 Ilingan holatda 0 dan 8 gacha 2 sutkagacha O‘pka-jigar kolbasalari 3 sort 70 Ilingan holatda 6 12 soatgacha qon kolbasalari va 70—75 Ilingan holatda 6 12 soatgacha zelslar 3 sort Ilvira 80—85 Tog‘ora yoki konteynerlarda 6 12 soatgacha Yarim dudlangan kolbasalar 37—50 Ilingan holatda 15 dan yuqori emas 10 sutkagacha Yarim dudlangan kolbasalar 37—50 Yashiklarda 9 dan yuqori emas 3 oygacha Qaynatib dudlangan kolbasalar 35—48 Yashiklarda 0 dan 4 gacha 3 oygacha Xom dudlangan kolbasalar 25—35 qalin yashiklarda, qutilarda yoki qipiq solingan bochkalarda 12 dan 9 gacha 12 oygacha Dudlangan son go‘shti (okoroka) 25—35 Yashiklarda 7 dan 9 gacha 6 oygacha Qaynatib dudlangan son go‘shti 25—35 Ilingan holatda 2 dan 4 gacha 10 sutkagacha qaynatilgan son go‘shti 25—35 Ilingan holatda 2 dan 4 gacha 3—6 sutkagacha Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling