1,2,3-amaliy mashg’ulotlar Bankali go’sht konservalariga tegishli standartlarda xavfsizlik ko’rsatkichlarini aniqlash


Nonlarda uchraydigan kasalliklar va nuqsonlar


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/27
Sana29.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1137546
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
sertifikat amaliy UMK

Nonlarda uchraydigan kasalliklar va nuqsonlar
Ma’lumki, non tarkibida ko’p miqdorda suv va boshqa 
moddalar borligi tufayli
mikroorganizmlar ta’sirida ba’zi bir kasalliklar kelib chiqishi mumkin. 
Nonda uchraydigan
asosiy kasallik kartoshka kasalligi va mog’orlanish hisoblanadi.
Kartoshka
kasalligi
. Bu kasallikni asosan kartoshka tayoqchalari 
bakteriyasi keltirib
chiqaradi.
Bu bakteriyaning tayoqchalari u yoki bu miqdorda havoda, unda va 
boshqa xom
ashyolarda bo’lishi mumkin. Nonni pishirganda bu bakteriyalarning 
sporalari o’lmasdan qolsa,
qulay sharoit yaratilgan paytda rivojlanib kasallikni vujudga keltiradi.
Bu kasallik bilan kasallangan nonlarning mag’zida yopishqoq,
shilimshiq suyuqlik paydo bo’lib, nonga yoqimsiz ta’m va hid 
beradi.


Nonlarning nordonligi bu kasalliklarning paydo bo’lishi va 
rivojlanishiga ma’lum
darajada ta’sir ko’rsatadi. Yuqori nordonlikka ega bo’lgan nonlar bu 
kasallikka chalinmaydi.
Masalan, 12

nordonlikka ega bo’lgan javdar nonlarida bu kasallik 
uchramaydi. Faqat bu kasallik
bug’doy nonlarida uchraydi. Kartoshka tayoqchalarining rivojlanishi uchun 
qulay sharoit 35-40
0
S harorat hisoblanadi. Shu sababli ham nonda bu kasallik ko’proq yoz 
paytida uchrab turadi. Bu
kasallik bilan kasallangan nonlar iste’molga yaroqsiz hisoblanadi.
Mog’orlanish. Bu kasallik ham nonlarda tez-tez uchrab turadi. 
Mog’orlanishni keltirib
chiqaruvchi bakteriyalarning kartoshka kasalligining 
ko’zg’atuvchilaridan farqi shuki,
mog’orlarning sporalari non pishirishda batamom o’ladi. Shu sababli bu 
kasallik nonda ularni
saqlash jarayonida nonlarda paydo bo’ladigan mikroorganizmlar 
ta’sirida vujudga keladi.
Mog’or bakteriyalari bilan kasallangan nonlarning yuza qismda har xil 
dog’lar paydo bo’ladi.
Silliq non qobiqlari ma’lum darajada nonni mog’orlanishdan 
saqlaydi. Non yuzasida
yoriqlarning paydo bo’lishi esa mog’orlanish jarayonini tezlatadi. 
Nonning mog’orlanishiga
ta’sir qiladigan asosiy omil bu xonalardagi havoning harorati, nisbiy 
namligi va sanitariya-
gigiena holati hisoblanadi. Savdo tarmoqlarida non saqlanayotgan joylarda
yuqori sanitariya
holatini, tozalikni ta’minlash nonlarni mog’orlanishdan saqlaydi.
Nonlarda
uchraydigan
nuqsonlar
. Nonlarda uchraydigan nuqsonlarga 
asosiy va
qo’shimcha xom ashyolarning to’liq standart talablariga javob 
bermasligi va non ishlab
chiqarishda texnologik jarayonlarning buzilishi natijasida mag’zida, hidi 
va ta’mida paydo
bo’ladigan nuqsonlarni kiritish mumkin.
Tashqi ko’rinishda uchraydigan nuqsonlar. Nonlarning tashqi ko’rinishida 
uchraydigan


nuqsonlarga non shaklining buzilishi, non qobig’i yuzasining oqarib 
pishmaganligi, ortiqcha
qo’ng’ir-qora rang hosil bo’lishi, non sirtida katta yoriqlarning paydo 
bo’lishi, non mag’zidan
qobig’ining ajralib qolishi, nonda standartda ko’rsatilgan qalinroq 
qobig’ining hosil bo’lishi va
hokazolarni kiritish mumkin.
Nonning mag’zida uchraydigan nuqsonlar. Nonning mag’zida uchraydigan 
nuqsonlarga
non mag’zida aralashmay qolgan unlarning bo’lishi, begona 
aralashmalarning bo’lishi, pishmay
qolgan xamirlarning bo’lishi, g’ovakliklarning bir xil tarqalmaganligi, non 
mag’zining keragidan
ortiqcha qorayib qolishi va hokazolarni kiritish mumkin. Bu nuqsonlar ham 
non ishlab chiqarish
uchun ishlatiladigan xom ashyolarda bo’ladigan nuqsonlar tufayli va 
texnologik jarayonning
buzilishi natijasida vujudga keladi.
Ta’mi va hidida bo’ladigan nuqsonlar. Nonlarning ta’mi va hidida 
bo’ladigan
nuqsonlarga nonni chaynaganda non mag’zining g’ijirlashi (xrust), achchiq 
ta’mning bo’lishi,
tuz miqdorining ko’p yoki oz bo’lishi, nordon ta’m va hidlar va boshqa
begona ta’m va
hidlarning bo’lishi kiradi. Bu nuqsonlar asosan sifati talabga javob 
bermaydigan xom ashyolar
ishlatish natijasida vujudga keladi. Masalan, nonni chaynaganda non 
mag’zining g’ijirlashi
xamir tayyorlash uchun ishlatilgan un tarkibida begona mineral 
aralashmalari, qumlar borligidan
dalolat beradi. Nonda achchiq ta’m paydo bo’lishiga sabab esa don tarkibida
unga achchiq ta’m
beruvchi begona o’tlarning urug’larining normadan yuqori bo’lishidadir.
Umuman non pishirishda yuqorida keltirilgan nuqsonlarning 
bo’lmasligiga harakat qilish zarur.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling