1,2,3-amaliy mashg’ulotlar Bankali go’sht konservalariga tegishli standartlarda xavfsizlik ko’rsatkichlarini aniqlash


Nonlarni tashish, saqlash va saqlash jarayonida bo’ladigan o’zgarishlar


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/27
Sana29.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1137546
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
sertifikat amaliy UMK

Nonlarni tashish, saqlash va saqlash jarayonida bo’ladigan o’zgarishlar
Non mahsulotlari odatda maxsus jihozlangan transport vositalari 
bilan tashiladi. Bu
avtomashinalarning kuzovi mustahkam, jovonlar o’rnatilgan bo’lishi 
kerak. Transport
vositasining non mahsulotlari tashishga yaroqliligini ko’rsatuvchi sanitariya 
pasporti yoki rayon
sanitariya inspekstiyasining yozma xulosasi bo’lishi talab etiladi. Non 
tashishga mo’ljallangan
transport vositasiga vaqt-vaqti bilan sanitariya ishlovi beriladi. Nonlarni 
tashiganda ularning
sifatining pasayishiga yo’l qo’yilmaydi.
Non mahsulotlarini faqat mustasno ravishda maxsus jihozlanmagan transport
vositalarida
tashishga ruxsat etiladi. Bu erda nonlar lotoklarga, savat va yashiklarga 
joylanishi, ustidan toza material, so’ngra ifloslanish va har xil begona 
hidlardan saqlash uchun brezentlar bilan yopilishi
kerak.
Nonlarni yuklashda va tushirishda mexanik shikastlanishdan saqlash lozim.
Savdo tarmoqlarida aholiga sotilgunga qadar non toza, quruq, 
yaxshi yoritilgan,
shamollatiladigan xonalarda saqlanadi. Non mahsulotlarini saqlash uchun 
eng qulay temperatura
20-25

S hisoblanadi, lekin harorat 6

S dan past bo’lmasligi kerak. 
Nonlar saqlanadigan
xonalardagi havo nisbiy namligining 75-80% bo’lishi tavsiya etiladi.
Agar nonlar assortimenti aralash bo’lgan kundalik ehtiyoj mollari 
magazinlarida sotilsa, u
holda non-bulka mahsulotlarini saqlash uchun max-sus xona ajratiladi. 
Nonlar begona hidlarni
o’ziga singdirish qobiliyatiga ega bo’lganligi uchun, baliq va hokazolar bilan
birga saqlash man
etiladi.
Yangi yopilgan nonlar muloyim, xushbo’y ta’m va hidga ega
mag’izlari elastik,


kesilganda ushalanib ketmaydigan bo’ladi. Ma’lum muddat o’tgandan 
keyin esa nonning
xushbo’y hidi yo’qoladi, mag’zining elastikligi kamayadi. Umuman nonni 
saqlangan paytda bir-
biriga bog’liq bo’lmagan ikki jarayon ketadi. Bularning birinchisi nonda 
suvning bug’lanishi,
ya’ni massasining kamayishi, ikkinchidan esa fizik-kimyoviy jarayonlar 
ta’sirida nonning
qotishidir. Nonni uzoq saqlash uchun mana shu ikki jarayonning 
borishini iloji boricha
kamaytirish kerak. Quyida shu jarayonlarning mohiyatini ochishga harakat 
qilamiz.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling